Biz sayyoramizga kerakmiz 

3 759

 Butunjahon atrof muhit kunini nishonlash to’g`risida 1972-yilda Stokgolm shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining atrof muhitga bag`ishlangan Konferensiyasida qaror qabul qilingan edi.  Ushbu qarorning maqsadi – xalqaro hamjamiyatning e’tiborini atrof muhitni muhofaza qilish muammolariga hamda global ekologik inqirozning oldini olish bo’yicha chora-tadbirlarni qabul qilishga qaratilgan. Bayramona tadbirlar o’tkazilishga Butunjahon atrof muhit kunining yo’nalishini belgilab beradigan tadbirlar  mavzusi, shiori va logotipi tayyorlanadi. 
  Har yili Butunjahon atrof muhit kuni "Siz sayyorangizga keraksiz – iqlim o’zgarishiga qarshi kurash uchun birlashaylik» shiori ostida o’tkaziladi va iqlim o’zgarishiga qarshi kurashda birlashib keskin chora-tadbirlar lozimligini bildiradi. Hususan, iqlim o’zgarishi va uning aholi hayotiga ta’siri bo’yicha davlatlar kelishib olishlari darkor.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining barcha dune aholiga "Iqlim o’zgarishiga qarshi kurashga birlashinglar” shiori ostidagi murojaati, insoniyatni global issiqlikga qarshi va atrof muhit muhofazasiga karatilgan sayi-harakatlarni birlashtirishga, sayyoramizni qutkarishga barcha imkoniyatlardan foydalanishga qatarilgandir. Ushbu ishlarni bajarilishini ta’minlash uchun Atrof muhit bo’yicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dasturi (YuNEP) har bir insonning qo’lidan keladigan aniq tadbirlar ro`yxatini tarqatgan:
– ko’proq daraxt va ko’chatlarni ekish;
– dam olish maskanlarni tozalash;
– elektroquvvatni tejash;
– energiya tejash lampochka va asbob-uskunalardan kengrok foydalanish;
– jamoa avtovositalardan shaxsiy avtovositalarga nisbatan ko’proq foydalanish;
– suvdan oqilona foydalanish;
– qog`oz ishlatishni kamaytirish;
– plastik xaltalarni (paketlarni) kamroq ishlatish va hokazo.
  Shunday qilib, Butunjahon atrof muhit kunini nishonlash dunyo xalqariga barqaror rivojlanishga faol qatnashish, atrof muhitga bo’lgan munosabatni o’zartish jamoaga  bog`lig`i to’g`risida tushuncha berishga kumaklashadi.
  Birlashgan Millatlar Tashkilotining O’zbekistondagi vakolatxonasi malakatimizda atrof muhitni muhofaza qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlaydi. Hususan, BMTning Rivojlanish Dasturi tomonidan O’zbekistondagi noyyob o’simlik va hayvonot dunyosini saqlab qolinishga qaratilgan, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va hayotga joriy etish, yer va suvdan oqilona foydalanish, hamda umuman olganda atrof muhitga inson ta’sirini kamayrish bo’yicha qator loyihalarni amalga oshirmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.