Biosfera - bu bizning uyimiz va o'zimiz 

6 114

 Atmosferaning quyi qismi bilan yer qatlamining ustki qismi orasidagi bo'shliq biosfera deb ataladi.
 Biosfera - bu doimiy o'zaro harakatda bo'lgan jonli va jonsiz organizmlarning murakkab tizimidir. Ushbu o'zaro uzviylikni ta'riflab berishni mutaxassislarga qo'yib b'erib, biz biosferaning uch asosiy qismi bilan tanishamiz.
 Tanishuvni atmosferadan boshlaymiz. Atmosfera yerning tashqi gazsimon qobig'i   bo'lib u Ozon qatlamigacha yoyilgan. Shunday qilib, atmosfera barcha jonli mavjudotlarni fazoviy nurlarning zararli va hatto halokatli ta'siridan hamda meteoritlar zarbasidan himoya qiladi, nafas olishning fiziologik jarayonlarini ta'minlaydi, quyosh radiatsiyasi darajasini me'yorga soladi, namlikni saqlab turadi.  Atmosfera mavsumiy harorat o'zgarishini izga soladi, kundalik urishni esa muvozanat qiladi. Agarda atmosfera bo'lmaganda edi sutka davomidagi harorat o'zgarish 200 daraja Seltsiyni tashkil qilgan bo'lar edi.
 Atmosfera issiqlik va namlik tashuvchi hisoblanadi, lining yordamida biosferaning eng asosiy jarayoni - fotosintez va quvvat almashuvi ro'y beradi.
 Gidrosferaning rivojlanishi atmosfera bilan bog'liq, chunki yer osti va yer usti suvlarining muvozanati yog'ingarchilik hamda bug'lanish ta'sirida shakllanadi. Sayyoramizning suv sferasi -gidrosferaning o'zi to'rtta muhim ekologik vazifani bajaradi. U barcha jonli mavjudotlaming asosiy tarkibiy qismi. muhim mineral xom ashyo hamda asosiy tabiiy manba hisoblanadi.
 Biosfera rivojlanishining boshlang'ich davrida suv juda ko'plab jonli organizmlarning yashsah muhiti bo'lgan.
 Yer yuzi va landshafti shakllanishida suv katta o'rin tutadi. Atmosferadagi suv bug'lari quyosh radiatsiyasini filtrlaydi, yerda esa iqlimni muvozanatga solish vazifasini bajaradi. Iqlim va boshqa ekologik omillarning shakllanishida okean suvlari katta ahamiyatga ega. Ular sayyoramizdagi suvning aylanib yurishida asosiy rol o'ynaydi.
Olimlarning hisobiga ko'ra. qariyb 2 million yil davomida sayyoramizdagi mavjud barcha suv jonli organizmlardan o'tadi. Taxminan bir yilda 37 marta, ya'ni har 10 kunda atmosferadagi namlik  almashadi.
 Biosferadagi ekologik jarayonlar uchun barcha mineral manbalarning muhiti hisoblangan yerning tashqi qattiq qobig'i -litosferaning ahamiyati kattadir.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.