Biosfera
Tirik
organizmlar juda xilma-xil sharoitda tarqalgan. Hayot quruqlikdagi barcha
qit’alarda, okean va dengizlarda, hatto atmosferada ham tarqalgan. Biosfera
bizning sayyoramizdagi hayot qobig‘idir.
Yerdagi
hayot qobig‘i atmosferaning quyi qatlamlari, barcha suv havzalari (gidrosfera)
hamda yerning ustki qattiq qobig‘ini, ya’ni litosferani egallaydi.
Agarda
bizning sayyoramizni nokdek o‘lchamda tasawur qilsak, nokni ustidagi o‘ralgan
yupqa qog‘oz qalinligida barcha biosferani tushunish mumkin. Ana shunday yupqa
hayot qobig‘i kosmik jismni o‘rab turar ekan. Hayotning yuqori chegarasi Yer
yuzasidan 20-25 km,
quyi chegarasini esa litosfera 5-6
km dan oshmaydi.
Biosferaning
massasi 3x1024g. Undagi tirik organizmlarning umumiy og‘irligi
1,8-2,5x1018g. Biosferadagi tirik organizmlar sayyoramiz yuzasi
bo‘yicha bir tekisda yoyib chiqilsa ular atigi 2 sm qalinlikda qoplashi mumkin
ekan.
Biosfera
milliard yillar davomida rivojlanib kelmoqda, undagi ichki bog‘lanishlar o‘ziga
xos jarayonlarni vujudga keltiradi. Biosferaning eng muhim xususiyatlaridan
biri, qandaydir sabablarga ko‘ra o‘zgarish kuzatilsa, uni tiklashdan iborat
bo‘lgan. Bular suv yoki havoni tozalash, tuproqning tiklanishi va hokazolar.
XX
asrga kelib, vaziyat keskin o‘zgarib ketdi. Keyingi yillarda biosfera bizni
tashvishlantiruvchi ma’lumotlarni bermoqda. U endi suv, havo va tuproqlarga,
inson faoliyati ta’siri tufayli kelib chiqqan noxush hodisalardan o‘zini
o‘nglay olmayapti.
Biosfera
biz uchun yaxshi tomonga o‘zgarayotgani yo‘q. U shunday darajaga keldiki, endi
uning o‘zi insondan najot kutmoqda.
Tabiat
bilan jamiyatning o‘zaro munosabati murakkab jarayon bo‘lib, u tez
o‘zgaruvchandir. Inson tabiat boyliklaridan qancha ko‘p foydalansa, tabiat ham
unga shuncha «tashvish» keltiradi
Shunday ekan, tabiat boyliklaridan ehtiyojga yarasha
foydalanish va ularning o‘rnini muntazam to‘ldirib, tabiatni doimo boyitib
borish, asosiy vazifamiz bo‘lishi hamda unga so‘zsiz amal qilishimiz lozim. Ana
shundagina tabiat bilan jamiyatning o‘zaro munosabati uyg‘unlashib, tabiat
insondan o‘z saxovati va mehrini ayamaydi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.