Chiqindi ham uvol 

6 409

  Atrof-muhitning turli chiqindilar bilan ifloslanishi 0‘zbekistonda ekologik vaziyatlarning jiddiy tus olishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Har yili turli sanoat ob’ektlarining qurilayotganligi, kimyo, oziq - ovqat sanoat korxonalari, issiqlik elektr stantsiyalarining betinim ishlashi va boshqa jarayonlar munosabati bilan juda ko‘p miqdorda sanoat chiqindilari vujudga keladi. Agarda maishiy chiqindilarni ham qo‘shilsa, u holda chiqindilar sayyoramizda katta muammoga aylangan. 0‘zbekistonda yiliga 100 mln. tonna turli chiqindilar vujudga keladi. Ularning yarmidan ko‘pi zaharlidir. Ma’lumotlarga ko‘ra zaharli chiqindilarning hajmi 2 mlrd. t. ni tashkil etadi.
  Endilikda maishiy chiqindilarning miqdor jihatdan borgan sari ko‘payib barayotganligi insoniyatni tashvishga solmoqda. Gap shundaki, jon boshiga o‘rtacha har kuni 0,7-1,0 kg chiqindi to‘planadi. Toshkentdek azim shaharda 2,3 mln. kishi istiqomat qilishi ehtiborga olinsa, u holda kuniga o‘rtacha 1,60-2,3 mln.kg chiqindi yig‘iladi. Asosiy muammo shuncha miqdordagi chiqindini chetga o‘z vaqtida chiqarish va ulardan oqilona foydalanishdan iborat.
 Hozir O‘zbekistonimizda 230dan ortiq shahar va qishloq maishiy chiqindilari tashlanadigan maydonlar mavjud, ularda har yili 30 mln.m3 chiqindi yig‘iladi.
Maishiy chiqindilarturlarga ajratilmagani sababli, axlatxonalarda hamma narsa aralash yonadi. Shuning uchun chiqindilar yoqilganda tutab yonadi. Bundan tashqari, hozirgi vaqtda turli plastmassa, shisha, alyuminiy idishlar, elim xaltalar ham chiqindilarning hajmini ortishiga sabab bo‘lmoqda.
  Shahar chiqindilari ichida qog‘oz materiallar ko‘proq uchraydi. Qog‘oz bizda ancha tanqis bo‘lgani holda, ulardan oqilona foydalanish yo‘llarini izlash dolzarb masala. Makulatura deb ataladigan qog‘oz chiqindisining ahamiyati juda katta. Masalan, 1 t. makulaturadan 700 kg gacha qog‘oz ishlab chiqarish mumkin, bu qog‘oz 25 ming o‘quvchilar daftarini tayyorlashga etadi. Shuni ham bilib qo‘yish kerakki, bir tonna qog‘oz hom ashyosi 4 m3 yog'och, 1000 kvt/soat elektr energiyasini va 200 m3 suvni tejaydi. Eng muhimi atmosfera havosi va suvni zararli chiqindilar bilan ifloslanishning oldi olinadi. Qog‘oz chiqindilarini qayta ishlash katta maydonlardagi o‘rmonni kesishdan saqlab beradi. Chiqindilardan qayta foydalanish ekologik nuqtai nazardan juda o‘rinlidir.
Bundan tashqari chiqindiiarni qayta ishlash atmosferaga chiqayotgan (yoqib yuborish tufayli) qog‘oz va kartonlar hajmi 85 foiz, suv havzalarining ifloslanishi esa 40 foizga kamayadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.