Chiqindi ham uvol
Atrof-muhitning turli chiqindilar bilan ifloslanishi 0‘zbekistonda ekologik
vaziyatlarning jiddiy tus olishiga ta’sir ko‘rsatmoqda. Har yili turli sanoat
ob’ektlarining qurilayotganligi, kimyo, oziq - ovqat sanoat korxonalari,
issiqlik elektr stantsiyalarining betinim ishlashi va boshqa jarayonlar
munosabati bilan juda ko‘p miqdorda sanoat chiqindilari vujudga keladi. Agarda
maishiy chiqindilarni ham qo‘shilsa, u holda chiqindilar sayyoramizda katta
muammoga aylangan. 0‘zbekistonda yiliga 100 mln. tonna turli chiqindilar vujudga
keladi. Ularning yarmidan ko‘pi zaharlidir. Ma’lumotlarga ko‘ra zaharli
chiqindilarning hajmi 2 mlrd. t. ni tashkil etadi.
Endilikda
maishiy chiqindilarning miqdor jihatdan borgan sari ko‘payib barayotganligi
insoniyatni tashvishga solmoqda. Gap shundaki, jon boshiga o‘rtacha har kuni 0,7-1,0
kg chiqindi to‘planadi. Toshkentdek azim shaharda 2,3 mln. kishi istiqomat
qilishi ehtiborga olinsa, u holda kuniga o‘rtacha 1,60-2,3 mln.kg chiqindi
yig‘iladi. Asosiy muammo shuncha miqdordagi chiqindini chetga o‘z vaqtida
chiqarish va ulardan oqilona foydalanishdan iborat.
Hozir
O‘zbekistonimizda 230dan ortiq shahar va qishloq maishiy chiqindilari
tashlanadigan maydonlar mavjud, ularda har yili 30 mln.m3 chiqindi
yig‘iladi.
Maishiy
chiqindilarturlarga ajratilmagani sababli, axlatxonalarda hamma narsa aralash
yonadi. Shuning uchun chiqindilar yoqilganda tutab yonadi. Bundan tashqari,
hozirgi vaqtda turli plastmassa, shisha, alyuminiy idishlar, elim xaltalar ham
chiqindilarning hajmini ortishiga sabab bo‘lmoqda.
Shahar
chiqindilari ichida qog‘oz materiallar ko‘proq uchraydi. Qog‘oz bizda ancha
tanqis bo‘lgani holda, ulardan oqilona foydalanish yo‘llarini izlash dolzarb
masala. Makulatura deb ataladigan qog‘oz chiqindisining ahamiyati juda katta.
Masalan, 1 t. makulaturadan 700 kg gacha qog‘oz ishlab chiqarish mumkin, bu
qog‘oz 25 ming o‘quvchilar daftarini tayyorlashga etadi. Shuni ham bilib
qo‘yish kerakki, bir tonna qog‘oz hom ashyosi 4 m3 yog'och, 1000
kvt/soat elektr energiyasini va 200 m3 suvni tejaydi. Eng muhimi
atmosfera havosi va suvni zararli chiqindilar bilan ifloslanishning oldi
olinadi. Qog‘oz chiqindilarini qayta ishlash katta maydonlardagi o‘rmonni
kesishdan saqlab beradi. Chiqindilardan qayta foydalanish ekologik nuqtai
nazardan juda o‘rinlidir.
Bundan tashqari chiqindiiarni qayta ishlash
atmosferaga chiqayotgan (yoqib yuborish tufayli) qog‘oz va kartonlar hajmi 85
foiz, suv havzalarining ifloslanishi esa 40 foizga kamayadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.