Quyosh - tabiat in`omi 

7 404

  Bizning atrofimizdagi barcha tirik organizmlar (o‘simlik, hayvon, mikroorganizm) oziqlanadi, harakatlanadi va ko‘payadi. Buning uchun ma’lum miqdordagi energiya kerak bo‘ladi. Yerning tirik qobig‘i to‘xtovsiz yangilanib turadi va u bir turdagi organizmdan boshqa turdagi organizmga o‘tib, yana o‘lik tabiiy muhitga qaytadi. Shunday qilib, biosferaga milliard yillar davomida to‘xtovsiz va abadiy energiya oqimi tushib turadi. Sayyoramizga tashqaridan keladigan energiyaning manbai quyosh nurlari hisoblanadi.
  Har yili Yerga quyosh nurining taxminan 1,26x1024 Kkal. energiyasi tushib, uning 42% gina fazoga qaytariladi. Qolgan 58% energiyaning ma’lum qismi ham yo‘qolib, qolgan miqdori asosan tirik avtotrof organizmlar tomonidan foydalaniladi. Fotosintez jarayoni uchun quyosh nuri energiyasining 0,1 foizi sarf bo‘ladi. Ushbu miqdorni tasavvur qilish uchun 1 m Yer yuzasiga qancha energiya tushishini aniqlash lozim. 0‘rtacha iqlim zonalarida quyosh nuri radiatsiyasi, bir daqiqa davomida ochiq havoda kunning o‘rtalarida 10-14 kkal\sm2 ni tashkil etadi, o‘rtacha sayyoramizga 1 m2 yuzaga yiliga 1,7 mln.kkal energiya to‘g‘ri keladi.
  Organizmning tirik qobig'i ana shunday katta miqdordagi energiyani bir tekis qabul qila olmaydi. Buning sababi, quyosh radiatsiyasining notekis taqsimlanganligidir. Shuningdek, o‘simliklar qoplami ham Yer yuzida iqlim, tuproq va boshqa omillarga bog‘liq holda tarqalgan.
  Energetik tanglikning vujudga kelish omillari yangi muqobil energiya manbalarini izlashni vazifa qilib qo‘ydi. Quyosh energiyasini yoqilg‘i hisobidagi yillik miqdori 540ga teng. Quyosh energiyasi tugamaydigan tabiiy resurs hisoblanadi. Olimlar oldiga, quyosh energiyasining issiqlik va elektr energiyalariga aylantirish vazifasi turibdi. Birinchi vazifani hal etish uchun mahalliy quyosh batareyalaridan foydalanish mumkin bo‘lsa, keyingi vazifani hal etish uchun yirik markazlashgan quyosh elektrostantsiyasi qurilishini taqozo etadi.
  Olimlar fazoda yirik orbital quyosh elektrostantsiyalari loyihalarini ham yaratishgan. Ulardan Yer yuzasiga qabul qiluvchi nurlaryordamidayetkazib beradi.
  Ammo buning ekologik oqibatlari va iqtisodiy tomonlarini ham o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi. 0‘zbekistonda yiliga 270 kundan ortiq quyoshli kunlar kuzatiladi. Bizga tabiat in’om etgan ekologik toza energiya manbalaridan xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng foydalanish tugallanadigan tabiiy resurslarni tejashga yordam beradi.
  Kelajak avlod albatta, ushbu tabiat in’omidan to‘g‘ri va oqilona foydalanadi deb ishonamiz.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.