Populyatsiya 

14 678

  Ekologik nuqtai nazardan populyatsiya deb uzoq muddat davomida muayyan birjoyda yashaydigan va bir turga mansub bo‘lgan individlar yig‘indisiga aytiladi. Populyatsiyaning asosiy xususiyatlari, genetik birligi va o‘zini son jihatdan idora etishidir.
  Individlarning ma’lum hududda tarqalishi jins va yosh nisbatlari, morfologik, fiziologik, xulqiy va genetik xususiyatlari populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi.
  Populyatsiyaning individlari bir-biridan yoshi, jinsi, hayotining turli fazalari beqaror guruhchalarga (poda, koloniya, oila va boshqalar.) mansubligi bilan farqqiladi.
  Populyatsiyaning barcha xususiyatlarini yaxshi o‘rganib olmasak, turlar, guruhlar, turli muhit sharoitida organizmlarning hayot faoliyatini bilish, o‘rganish qiyin bo‘ladi. Tabiiy holda o‘suvchi va yashovchi populyatsiyaning zichligini boshqarish misolini ko‘radigan bo'lsak, o‘simliklarda o‘z yashash joyini hisobga olgan holda o‘z-o‘zini siyraklantirish hamda shox-shabbalarning o‘sishini ortishi kabilarda namoyon bo'ladi: hayvonlarda esa ozuqa etishmay qolgan sharoitda o‘z bolalarini yeb qo‘yish holatlari kuzatiladi.
  Populyatsiyaning o‘sishi, rivojlanishi, zichligi va hokazolarga tashqi muhitning ta’siri nihoyatda kuchli bo‘ladi. Turli tabiiy omillardan tashqari, sun’iy omillar ya’ni, inson tomonidan populyatsiyalarga ta’sir ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Insonning salbiy ta’siri natijasida populyatsiyadagi tabiiy jarayon o‘zgarib, hatto yo‘qolib ketishi ham mumkin. Buning natijasida, ayrim o‘simlik va hayvon turlari qirilib ketishi mumkin. Shuning uchun keyingi yillarda, noyob o‘simlik va hayvon turlarini muhofaza qilish maqsadida «Qizil kitob» tashkil etildi. Bu kitobga ko‘pgina kamayib borayotgan, jiddiy nazorat talab qilinadigan o‘simlik va hayvon turlari kiritildi. Masalan, lola, shirach, yovvoyi chinnigul, tog` piyozi kabi o‘simliklarni hamda oq laylak, ilon, cho‘l burguti, qo‘ng‘ir ayiq, jayron, qoplonlar kabi hayvonlarni ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari o‘simlik va hayvonlarning sonini tiklash uchun ko'pgina ishlar amalga oshirilmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.