Populyatsiya
Ekologik
nuqtai nazardan populyatsiya
deb uzoq muddat davomida muayyan
birjoyda yashaydigan va bir turga mansub bo‘lgan individlar yig‘indisiga
aytiladi. Populyatsiyaning asosiy xususiyatlari, genetik birligi va o‘zini son
jihatdan idora etishidir.
Individlarning ma’lum
hududda tarqalishi jins va yosh nisbatlari, morfologik, fiziologik, xulqiy va
genetik xususiyatlari populyatsiyaning tuzilmasini ifodalaydi.
Populyatsiyaning
individlari bir-biridan yoshi, jinsi, hayotining turli fazalari beqaror
guruhchalarga (poda, koloniya, oila va boshqalar.) mansubligi bilan farqqiladi.
Populyatsiyaning
barcha xususiyatlarini yaxshi o‘rganib olmasak, turlar, guruhlar, turli muhit
sharoitida organizmlarning hayot faoliyatini bilish, o‘rganish qiyin bo‘ladi.
Tabiiy holda o‘suvchi va yashovchi populyatsiyaning zichligini boshqarish
misolini ko‘radigan bo'lsak, o‘simliklarda o‘z yashash joyini hisobga olgan
holda o‘z-o‘zini siyraklantirish hamda shox-shabbalarning o‘sishini ortishi
kabilarda namoyon bo'ladi: hayvonlarda esa ozuqa etishmay qolgan sharoitda o‘z
bolalarini yeb qo‘yish holatlari kuzatiladi.
Populyatsiyaning o‘sishi, rivojlanishi, zichligi va
hokazolarga tashqi muhitning ta’siri nihoyatda kuchli bo‘ladi. Turli tabiiy
omillardan tashqari, sun’iy omillar ya’ni, inson tomonidan populyatsiyalarga
ta’sir ijobiy yoki salbiy bo‘lishi mumkin. Insonning salbiy ta’siri natijasida
populyatsiyadagi tabiiy jarayon o‘zgarib, hatto yo‘qolib ketishi ham mumkin.
Buning natijasida, ayrim o‘simlik va hayvon turlari qirilib ketishi mumkin.
Shuning uchun keyingi yillarda, noyob o‘simlik va hayvon turlarini muhofaza
qilish maqsadida «Qizil kitob» tashkil etildi. Bu kitobga ko‘pgina kamayib
borayotgan, jiddiy nazorat talab qilinadigan o‘simlik va hayvon turlari
kiritildi. Masalan, lola, shirach, yovvoyi chinnigul, tog` piyozi
kabi o‘simliklarni hamda oq laylak, ilon, cho‘l burguti, qo‘ng‘ir ayiq, jayron,
qoplonlar kabi hayvonlarni ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari o‘simlik va
hayvonlarning sonini tiklash uchun ko'pgina ishlar amalga
oshirilmoqda.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.