Yuklanmoqda...

Dunyodagi eng iflos daryolar


Tabiatning ifloslanishi dunyodagi eng dolzarb muammoga aylanmoqda. Ayrim odamlar shaffof suv, toza havo va foydali oziq-ovqat haqida qayg'urmay qo'yishgan. Ayni damda yagona ahamiyatga ega narsa — pullar. Afsuski, kimyoviy chiqindilarni tejash maqsadida ayrim sanoat korxonalari dunyodagi asosiy daryolarni tobora halokat yoqasiga olib kelmoqda. Ana shunday daryolarning o'ntaligi bilan sizlarni tanishtiramiz.
 
Sintarum, Indoneziya
 
Tanishing, dunyodagi eng iflos daryo. Mahalliy aholi (Sintarum qirg'og'ida taxminan 5 million kishi yashaydi) barcha maishiy chiqindilarni suvga tashlaydi. Ifloslangan hovuz har yili 50 ming kishining umriga zomin bo'ladi. Daryoda esa olti million tonnaga yaqin chiqindilar suzib yuradi.
 
Xan, Xitoy
 
Sanoat korxonalari Xan daryosi suvlarini haqiqiy balchiqqa aylantirishdi. Daryoning butun yuzasi qalin suvo'tlari bilan qoplangan.
 
Yamuna, Hindiston
 
Nyu-Delidagi katta megapolis Yamuna daryosidan asosiy ichimlik suvi manbayi sifatida foydalanadi. Shuningdek, kanalizatsiya quvurlari ham shu daryoga ulangan ekan: bundan ko'rinib turibdiki, hindlar kir va tozalik mantig'iga yaxshi tushunishmaydi.
 
Missisipi, AQSh
 
Buyuk Missisipi har doim AQShning eng asosiy daryosi hisoblangan. Bu esa inson kimyo bilan shug'ullanmasidan avval mamlakatdagi eng toza suv hisoblangan. Hozirda daryo suviga tushish hayot uchun juda xavfli: birgina 2015-yilning o'zida Amerikaning bir necha yirik kompaniyalari bu erga 13 million tonnaga zaharli chiqindilarni oqizib yuborgan.
 
Xuanpu, Xitoy
 
2013-yilda shanxaylik fermerlar Xuanpuga 16 mingdan ortiq cho'chqa jasadlarini tashlab yuborishadi va bu katta mojaroga sabab bo'ladi. Daryo Shanxay uchun asosiy ichimlik suvi manbayiga aylanib qolmoqda, biroq zavodlar va fabrikalar baribir ham unga toksik kimyoviy moddalarni tashlashadi.
 
Niger, Nigeriya
 
Nigeriya neftining katta qismi Niger daryosiga kelib qo'shiladi. Har yili mamlakat hukumatining to'liq tasdig'i bilan daryoga 250 ming barrel neft quyiladi. Bu esa bir necha bora chinakam ekologik halokatga olib keldi.
 
Pasig, Filippin
 
Pasig sohili atrofida turuvchi filippinliklar ko'priklar va suvdan kechib o'tish haqida qayg'urishmasa ham bo'ladi: daryo o'rniga u erda haqiqiy axlat oqadi. Tasavvur qiling, bu yerga har kuni 1500 maishiy chiqindilar tashlanadi.
 
Ganga, Hindiston
 
Ilohiy Ganganing suvi shu qadar ifloski, bu erda hattoki, sigirlar ham cho'milishga qo'rqishadi. Diniy marosimlar, kimyoviy chiqindilar, dafn marosimlari — Ganga uchun ayni muddao. Hindlarni esa daryoning kirligi sira xavotirga solmaydi: sigirlardan farqli ravishda odamlar hech qanday qo'rquvsiz daryoda tahorat qilishadi va ichimlik suvini olishadi.
 
Szinxe, Xitoy

Mahalliy aholidan hech kim endilikda daryoning rasmiy nomini jiddiy qabul qilmaydi. Qachonlardir shahardagi fabrikasi bu erga barcha bo'yoq moddalaridan iborat zaharli chiqindilarni tashlay boshlagan va xitoyliklar uchun u qonli daryoga aylangan.
 
Matansa-Riachuelo, Argentina

Butunjahon sog'liqni saqlash vazirligining ma'lumotiga ko'ra, Argentinaning Matansa-Riachuelo daryosi qirg'og'ida yashovchi aholisi boshqa insonlarga nisbatan saratonga ikki karra ko'proq chalinadi. Albatta, bunga baxtsizlikni asosiy sababchi qilib ko'rsatish mumkin, biroq daryoga to'rtta eng yirik kompaniya chiqindilari oqib kelishi ham kasallikni keltirib chiqaradi.

Внимание! Если Вы нашли ошибку в тексте, выделите её и нажмите Ctrl+Enter для уведомления администрации.

Комментарии