Yuklanmoqda...

Xitoyda panda ko'rinishidagi quyosh elektrostansiyasi qurildi.


Xitoyda panda ko'rinishidagi quyosh elektrostansiyasi qurildi. Uning yaratuvchilari g'oyasiga ko'ra, bunday elektrostansiyalar butun dunyo bo'ylab ko'plab barpo etiladi.

Elektrostansiya Xitoy shimolidagi Shansi viloyatida joylashgan, uning quvvati 50 MVt ni tashkil qiladi. Taxmin qilinishicha, Panda Green Energy loyihasi yakunlanganda, uning quvvati 2 marotaba oshadi.

"Panda Green Energy” bosh direktorining aytishicha, elektrostansiya tashqi ko'rinishining noodatiyligi yosh xitoyliklarni ilhomlantirishi va ularni quyosh energiyasini ishlatish masalalariga qiziqtirishi hamda sayyohlarni jalb qilishi mumkin. Elektrostansiyadagi asosan maktab o'quvchilariga mo'ljallangan yoshlar faolligi markazi quyosh energiyasining ustunliklari haqida batafsil ma`lumot beradi.

Loyiha BMTning taraqqiyot dasturi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Kompaniya panda ko'rinishidagi elektrostansiyalarni Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoning boshqa davlatlarida ham barpo etmoqchi. Bundan tashqari, u mahalliy faunaning boshqa vakillari – koala va karkidondan ilhomlanib, ular ko'rinishidagi boshqa loyihalarni ham ishlab chiqdi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar