Nega kremniyni XXI asrning nefti deb atashadi? 

5 626

 Sizni bu savol hayratlantirgan bo‘lsa kerak. Kimyo darsidan o‘tgan bo‘lsangiz, kremniy yer qatlamida kisloroddan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va u kvars va granitkabi tog‘jinslari tarkibiga kiradi. Ushbu jinslarning xususiyatlari ulardan yoqilg'i sifatida foydalanish imkonini bermaydi.
  Biroq shunga qaramay energitiklar yoqilg‘i manbalaridan foydalanish muammolari bilan bog‘liq ekologiya masalalami yechishda kremniyga katta ishonch bildirishadi.
 Barchamizga yaxshi ma’ lumki, inson hayotining asosini energiya manbasi tashkil qiladi. U xonadonimizni isitadi va yoritadi, choy qaynatish va ovqat pishirish imkonini beradi, turli buyumlar ishlab chiqarishda qo‘l keladi. Bir so’z bilan aytganda, inson turli energiya manbalarini o'zlashtirmay turib to’laqonli hayot kechira olmaydi. Homo Sapiens (ongli inson) dastlab olovdan foydalanishni o’rganishdan to atom elektrostansiyalari qurishgacha bo‘lgan yo'lni bosib o‘tdi. Asosiy an’anaviy energiya manbalari - ko‘mir, neft va gaz qazib olishni o‘zlashtirdi, daryolar quvvatidan foydalanishni o‘rgandi, "tinch atomini” o‘zlashtirdi. Oxir oqibatda yoqilg‘idan foydalanish miqyosi shu darajada kengayib ketdiki, oqibatda ekologik inqiroz yuz berdi.
 Neft, ko‘mir va gaz yoqish payti ajrab chiqqan issiqlik gazlari ozon tuynugi paydo bo’lishiga, iqlim o’zgarishi va kislotali yomg‘ir yog’ishiga sabab bo‘ldi. Atom stansiyalari esa vaqtinchalik elektr quvvatini beruvchi "bomba” deb atashadi.
 Insoniyat XX asr oxiriga issiqlik stansiyalari, zavodlar va avtoulovlardan ko’tarilayotgan zaharli tutunlar bilan etib kelar ekan, ekologik xavfsiz energiya manbalarini izlash to‘g‘risida ham bosh qotira boshladi.
 Shunda insoniyat Quyoshning tuganmas energiya manbasi haqida esladi. Quyosh yerga 80 ming kilovatt energiya beradi, ya’ni jahondagi barcha elektr stansiyalari ishlab chiqargan quvvatdan bir necha ming bor ko‘proq. 22 quyoshli kun davomida olinadigan quyosh energiyasi yer yuzidagi barcha organik yoqilg'ilar zahirasiga tengdir.
 Olimlar quyosh energiyasidan foydalanish uchun allaqachon geliomoslamalar ixtiro qilishgan. Ular quyosh nurlarini bir joyga yig‘ish uchun mo‘ljallangan.
 Geliomoslamalar quyosh energiyasini issiqlik va elektr energiyasiga aylantiruvchi yarimo‘tkazgich materiallardan tayyorlangan maxsus elementlardan - quyosh batareyalaridan iboratdir. Ushbu yarimo‘tkazgich material - kremniydir.
  Fotoelektrstansiyasidagi bir kilogramm kremniy 30 yil davomida ishlab chiqargan elektr quvvatini hosil qilish uchun issiqlik elektr stansiyalarida 75 tonna neft yoqiladi. Mana shuning uchun kremniyni XXI asming nefti deb atashadi.
  Quyosh batareyalari uchun atmosferani bulg’ovchi ko'mir, gaz va yoki neft emas, balki tekin boigan quyosh nurlari kifoya. 
  Quyosh batareyalarining afzalligi - ularning uzoq muddat (30 yil va undan ortiq), ayrim hollarda esa abadiy ishlashidir. Ulami ta’mirlash ham kerak emas, chunki ularda harakadanuvchi mexanik detallar yo‘q va ular germetizatsiyalangan, ekologik jihatdan toza, elektr quvvatini ishlab chiqarish jarayonida shovqin chiqarmaydi.
  Bugungi kunda quyosh batareyalari Yevropa mamlakatlari, Amerika va Avstraliyada minglab kvadrat metr turar-joy va issiqxonalarni isitib bermoqda. Amerikaning Kalifomiya shtatida quyosh quvvati bilan ishlaydigan ulovlar uchun maxsus bekatni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Keyinchalik bu bekat quyoshdan energiya olib yuradigan ulovlar uchun quvvat bilan ta’minlash stansiyasiga aylanadi. Daymond - Bar shahrida joylashgan mazkur stansiya tomidagi quyosh panellari elektroulovlami energiya bilan kun davomida, hatto qish mavsumida ham ta’minlay oladi. Ushbu panellardan olingan ortiqcha quvvat avtostansiyaning o’z ehtiyoji uchun sarflanadi.
  Quyosh energiyasi, ekspertlaming aytishicha, haqiqiy energetika mo‘jizasidir. Chunki fotoelektr moslamalari tabiiy muhitga ta’sir ko‘rsatmaydi, suvga muhtoj emas. Ulardan ovloq va suvsiz hududlarda foydalanish mumkin. Ushbu moslamalaming quvvati bir necha vattdan o’nlab megavattgacha bo’ladi.
  Hozir 0‘zbekistonda quyosh energiyasidan foydalanish davlat dasturi ishlab chiqilgan.
Toshkentda quyosh energiyasi yordamida isitiladigan va issiq suv bilan ta’minlanadigan ikkita turar-joy binosi bor, ulaming tomiga geliomoslamalar o’matilgan.
  Samarqand viloyatining Nurobod tumanida 3 ta mustaqil joylashgan moslamalar ishlamoqda. Ular cho‘ponlami elektr quvvati bilan ta’minlamoqda. Yaqin kunlarda mamlakatimizda quyosh batareyalari chiqarish yo`lga qo`yiladi.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.