Nega iqlim o`zgarmoqda?
Sayyoramizdagi iqlimning global miqyosda isib ketishi inson faoliyati bilan bog'liq.
Avtoulov dvigatellari, issiqlik elektr stansiyalari va qozonxonalarda to'xtovsiz yoqilayotgan yonilg' i va yoqilg'i har yili atmosferaga 20 milliard tonna karbonat angidridni chiqaradi. Karbonat angidrid atmosfera tarkibidagi boshqa unsurlarga uncha ko'p ta'sir ko'rsatmasada, biroq u infraqizil nurlarini yutib' yerdagi iqlim muvozanatiga ta"sir qiladi.
Karbonat angidrid atmosferada «issiqxona ta'siri'ni yuzaga keltiradi. Ma'lumki, issiqxona oyna bilan yopilgan bo'lib, u quyosh nurlarini yaxshi o'tkazadi va issiqlikni tashqariga chiqarmaydi. Shuning uchun issiqxona deyiladi. Atmosferada ham xuddi issiqxonadagi kabi vaziyat vujudga kelmoqda.
Global iqlim o' zgarishida karbonat angidridning ulushi 50 foizni tashkil qiladi. Karbonat angidriddan tashqari inson faoliyati natijasida atmosferaga boshqa issiqlik gazlari, masalan, metan, azot oksidi va boshqa bir qator xlorli moddalar chiqmoqda. Ularning ayrimlari, garchand kam miqdorda ishlab chiqarilsada, karbonat angidrididan ancha xavfliroqdir. Iqlimning isib ketishi, asosan, energiya olish uchun haddan ziyod ko'p yoqilg'i yoqish tufayli yuz bermoqda. Ekologik halokatning oldini olish uchun yoqilg'idan kamroq foydalanib, qisman bo'lsa ham noan' anaviy energiya manbalari, masalan, quyosh va shamol energiyalaridan foydalanishga o'tish kerak. 1997 yili Yaponiyaning Kioto shahrida global iqlim o'zgarishiga ba g'ishlangan uchrashuv boiib o'tdi. Unda 160 ta mamlakat vakiUari iqlim o'zgarishi bo'yicha xalqaro konvensiya qabul qildi. Bu hujjat rivojlangan mamlakatlardan atmosferaga karbonad angidrid (S02) chiqarishni kamaytirilishni talab qiladi. Kioto protokoli 38 ta rivojlangan mamlakatdan 2008-2012 yillargaborib S02 chiqarilishini 1990 yildagiga nisbatan 5 foizga kamaytirishini talab qiladi. Yevropa Ittifoqi S02 va boshqa issiqlik gazlari chiqarishni 8 foizga, AQSH - 7', Yaponiya - 6 foizga kamaytirishi kerak. Konvensiya issiqlik gazlarini atmosferaga chiqarish bo'yicha cheklash tizimini nazarda tutadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.