Geografik topishmoqlar 

41 566

  Topishmoqlar o`zbek va jahon xalqlarining qadimgi xalq og`zaki ijodlaridan biri hisoblanadi. Ularda asosan tabiatning turli hodisalari, jismlari ishora orqali juda aniq tasvirlanadi. Bu topishmoqlar o`z o`rnida barchani qiziqtiradi va topqirlikka undaydi. Topishmoqlardan darsda samarali foydalanish o`quvchilami fanga bo`lgan qiziqishini, zukko va fikrlar teranligini, topqirligini oshirishga xizmat qiladi. Dars jarayonida ruhiy charchashni oldini oladi. O`qituvchiga esa o`quvchilarai ichki, dunyosini o`rganishga, ularning individual xususiyatlapni aniqlashga yordam beradi.
  Geografik atama, hodisa, joy nomlari va boshqalarni topishmoqlar asosida bayon etilishi o`quvchilarni unga mos javobni topish uchun bilgan barcha ma'lumotlarni eslashga, geografik xaritalarni tasawurqilish, materiklar, davlatlar, rayonlar bo`yicha o`ziga xos xususiyatlarni yodda saqlashga o`rgatadi.
  Bu «Geografik topishmoqlarni» yozishdan maqsad o`quvchilar bilimini baholashda noan'anaviy usullardan foydalanib o`tilgan dars samaradorligini oshirishdan iboratdir.
* * *
1. To`rt tomoning aniqlab berar,
    Darajada joylar aks etar.
    Osmondami, suvda, o`rmonda,
    Sayohating chog` asqotar
 
2. Unga o`simlikla ryuzini burar,
   Qumursqalar inin og`zin qurar,
   «Avstraliya» — so`zi unga taqalar,
   Bu tomonning nomi qanday atalar?

3. Yo`ldan adashib Tolib,
    Rosa qolibdi horib.
    Xarita va plan ham,
    Kompas, gnomonlar ham,
    Qolgan edi yo`qolib,
    Ne qilish endi Tolib?
    Ketsin shaxdam yo'l solib,
    Daraxtlarga qarabmi,
    Tog`-suvlarda yayrabmi?

4. Lotinchadan qilsang tarjima
  «Sharq» so`zini hosil qiladi.
   Yo`llaringni yo`qotsang juda
   Hamrohu hayrixoh bo`ladi.

5. Yer yuzida shunday nuqta bor.
   Kecha-kunduz farqlanmas unda.
   Yulduzi ham so`nmaydi zinhor,
   Charaqlaydi kunda va tunda.

6. Xaritamas miqyosi bor,
   Unda joyning rejasi bor.
   Aniqroqdir globusdan,
   Belglarning o`z o`rni bor.

7. Bor shunday mingtaga kunduz va kecha,
   Teng kelar hattoki minutlargacha.

8. Bir xil baland nuqtani,
   Tutashtirar bir chiziq.
   Unga relyef bo`lsa bas,
   Hech rang ijhlatmas qiziq.

9. Globus va xarita,
   Chizayotib Madina.
   Sariq nuqtalar qo`ydi,
   Ayting, qani bu nima?

10. Harakatsiz barqaror,
     Yerda ikki nuqta bor.

11. Yer sharini qoq ikkiga bo`laman,
     Parallelga men parallel bo`laman.

12. Ekvatordan Arktikaga,
     Yo`l oldi do`sting G`ani.
     Qaysi kenglik tomon borar,
     Shu G`ani ayting qani?

13. Uchburchak shakl chizib,
     Uch xil nom qo`ydi Vali.
     Chunki birin bo`yadi,
     Birisi yarim hali.
     Uchinchisi oq qoldi,
     Nomini top-chi, Ali.

14. Sayohatda asqotar,
     Asbob nomin kim topar.

15. Kurramizni tasvirlab,
     Kattaligin ham o`lchab.
     Darslikni kim nomlagan.
     Xotiralarni jamlagan.

16. Xarita tuzib olim,
     Ko`llarni belgiladi.
     Ko`p ko`lni ko`kka bo`yab,
     Ba'zisin qizg`illadi,
     Bu ranglarda ne sir bor,
     Ko`llarga ne ta'sir bor.

17. To`g`ri rang bersang unga,
     Axborot berar senga.

18. To`rtburchakni chizganlar,
     Qoraga bo`yab qo`ysin.
     Belgilab uning nomin,
     Nima deb yozib qo`ysin?

19. Xaritada yashil rang,
     Qanday joy ekan qarang.

20. Mening shaklim yumaloq,
     Harakatdaman har choq.
     Qish, bahor, yoz va kuzni,
     Kechasi va kunduzni,
     Hadya etaman senga,
     Quyoshga tutib o`zni.

21. U rasmga qarindosh,
     Xaritaga yaqiraoq.
     Yerning shakl modeli,
     Cho`zinchoqmas yumaloq.

22. Yer tinmayin aylanar,
     Daqiqalar shaylanar.
     Kun, oy, fasl, almashib,
     Qanday nomga boylanar?

23. Bir fasl bor issiq, soz,
     Quyosh tig`idamiz....

24. Qizaradi so`nmaydi,
     Usiz giyoh unmaydi.

25. Yerning tabiiy yo`ldoshi,
     Oydindagi so`z boshi.

26. Uning bag`ridadir hatto suv qobiq,
     Yuzin silab turar ham havo qobiq.
     Tabiat bergandir qattiq fazilat,
     Qa'ri boyliklarga limmo-lim qat-qat.

27. Avstraliya, Afrika,
     Janubiy Amerika.
     Birlashganlar bir zamon,
     Ayting, qay materikka?

28. Silkitar u yer po`stin,
     Nima ekan bu do`stim?

29. Uni vulqon otadi,
     Tosh ustida qotadi.

30. Vulqonga o`xshaydi-ku,
     Qaynoq suv puflaydi u.
51.  Ummon osti baland tog`larin, 
      Cho`qqilari suv sathidan tik, 
      U yerlarda inson yasharmi? 
      Yashamasa u nega kerak?
 
52.  Sudralib yuruvchining, 
      Nomin olibdi o`zga. 
      Tinch ummonning bag`rida, 
      Ko`rinib turar ko`zga.
 
53.  Ko`plab qo`shni orollar, 
      O`xshaydi bir-biriga, 
      Nomi ham yashiringan, 
      Bir oila siriga.
 
54.  Tinch ummonda orollar, 
      To`planib bir nom olar.
 
55.  Kichkina bir orolda, 
      Mo`jizali qonun bor. 
      Borgan metall jismlar, 
      Qaytib kelmaslar zinhor.   
   
56.  Qani, ayt-chi, sen Kamol, 
      Eng katta qaysi Orol?
 
57.  O`zgartirsang bosh harfim, 
      Kichik bir bo`g`iz. 
      Kimyoviy bir birikma, 
      Bo`ladi to`kis.
 
58.  U qit'aga o`xshaydi, 
      Orollarni qo`shmaydi.
 
59.  Elkaga osib yukini, 
      Suratga olib ko`kni. 
      Orol yasar, o`rkach tog`, 
      Bog`bonsiz yaratar bog`
 
60.  Bir o`zanli yo'l bo`lar, 
      Oqib-oqib ko'l bo`lar.
 
61.  Daryo boshlanar joydan, 
      Qor, muzlik, jilg`asoydan,        
      Sizga gullar keltirdim, 
      Daryo, ko`llar keltirdim.
 
62.  Nafisa, Ilhom, Lola,
      Ismin bosh harflarin olib, 
      Eng uzun daryo nomin, 
      Topib bo`laqol g`olib.
  
63.  Arman tog`laridan boshlanib, 
      Butun Iroq suvini kutar, 
      Fors qo`ltiqqa yetganda daryo, 
      Suvin yirtqich nomi-la tutar,
 [spoiler]Nu

64.  Mansabi ayni o`z nomida, 
     Manbai «Dunyoning tomi» da.
65.  Balxashga chuchuk suvni, 
      Faqat u eltib borar. 
      Qaysi daryo ekanin, 
      Qani kim aytib berar.
 
66.  Daryoda suv toshsa, 
      «Toshqin» deb nomlanar, 
      Sathi past bo`lsa-chi, 
      U qanday nom olar?
 
67.  Yog`inlardan to`ladi, 
      Yog`och oitsang bo`ladi.
 
68.  Bir nomda sharshara, cho'l, 
      Shahar, orol, daiyo, ko'l.
 
69.  Tuproqdan suv qochsa, 
      Bo`lar sahro, cho'l, 
      Havza quloch ochsa, 
       To`lar moviy.
 
70.  «Hazar» ham uning nomi, 
      U ko`llarning sultoni.
 
71.  Suv degan ma'nosi bor, 
      Ko`lning nomin aksi yor
 
72.  U shunday ko'l, 
       Faunasi mo'l. 
       Bir qism suv, chuchuk, 
       Qolgani-chi, sho`r.
 
73.  Uning sahti sayyoramda keng, 
       Hech qaysi ko'l kelolmaydi teng.
 
74.  U dunyoda eng baland ko'l, 
     «Mis» tog`ida, suvi ham mo'l.
 
75.  Kunduz dengizdan qochar, 
      Bag`ri dilingni ochar. 
      Tunda ortiga shoshar, 
      Xullas qirg`oqdan oshar.
 
76.  Suvlar unga mehmondir, 
      U beshinchi ummondir.
 
77.  U borki bulutlar samoda kezar, 
      Cho`llarda barxanlar o`ynar kim o`zar.
 
78.  Rangi boru, shakli yo`q, 
      Uningsiz hayot ham yo`q.

79.  Ko`zga ko`rinmas qobiq, 
      Yasabdi bug`dan momiq, 
      U quyosh yuzin to`sib, 
      Suv tashir ekan horib.
 
80.  Tog`dan pastga qarab esadi, 
      Qish bahorda vodiy kezadi.
 
81.  Yer yuzasi oy kabi, 
      Qizib kech sovib kelmas, 
      Meteoritlar cho`g` bo`lib, 
      Ne sabab yetib kelmas?
 
82.  Daraxt shoxlarin, 
      Sindirib ketar, 
      Bu shamol tursa, 
      Ko`p ofat yetar.
 
83.  O`xshar musson, fyonga, 
      Esar tog`bag`ir yonga.
 
84.  Nemischadan qilsang tarjima, 
     «Qanot» degan ma'no anglatar, 
      Shamol yo`nalishin ko`rsatib, 
      Gorizontal rumbda aks etar.
 
85.  Tongda shudring, tuman inmadi, 
      Kechga borib, shamol tinmadi, 
      Qushlar pastlab uchib yurdilar, 
      Ob-havodan darak berdilar?
 
86.  Yomg`ir, sertomchi 
       Nomini top-chi? 
       Bulut onasi, U muz donasi.
 
87.  Erta tong tursam, barglar, 
      Tomchi-la bezalibdi. 
      Yomg`ir yog`may turib ham, 
      Billurday namlanibdi. 
      Qanday ekan bu jumboq, 
      Qani, Nodir aytib boq.
 
88.  Yog`in yog`ib, u to`lar, 
      U bo`lmasa ne bo`lar?
 
89.  Yomg`ir yog`sa o`lchayman. 
      Chelakcham bor ko`chmayman.
 
90.  Joyning o`rnida xo`p bog`liq harorat, 
      Bir yerda yuqori, bir yerda-chi, past. 
      Bu chiziq chegara bo`ladi faqat, 
      Havo harorati bir xil bo`lsa bas.
 
91.  Bahorjonga u eshik ochar. 
      Har to`rt yil qish faslida, 
      Bu qanday yil aytchi, Nafisa? 
      Buning nomin aytsam...
 
92.  Yunonchadan qilsang tarjima, 
      «Shimoliy»dir uning ma'nosi. 
      U mintaqa katta bir zona. 
      Juda sovuq, sfiimol sahrosi.
 
93.  U shunday mintaqa, 
      Havosi iliq. 
      To`rt fasl namoyon. 
      Bo`ladi to`liq.
 
94.  Harorati bir xil-issiq, 
      Hududlari bo`lar chiziq.
 
95.  Dashtu cho`llar orasi, 
      Yashnar shuvoq, sho`rasi.
 
96.  Cho`lda o`sadi, 
      Suvda cho`kadi, 
      Shamol to`sadi, 
      Shoxin to`kadi. 
      Toshdek yog`ochin, 
      Arra kesolmas, 
      Deganlarim chin, 
      Zaxda o`solmas.
 
97.  Topchi, senga topishmoq, 
      Unga darkor cho'1, qumoq. 
      Do`stlari juzg`un, iloq, 
      Sanoqsiz, juflmi, yo toq. 
      Qani, ayt nomin...
 
98.  Yomg`ir suvlarin so`rar, 
       Besh ming yil umr ko`rar, 
       Tunda xushbo`y gul ochar, 
       Savannaga nur sochar. 
      «O`simlik fili» derlar, 
       Maymunlar sevib yerlar.
 
99.  U shunday o`t, 
      Asbob nomida. 
      Bargi doim, 
      Quyosh domida. 
      Undan ayon bo`lar, 
      To`rt tomon. 
      Nobud qilma, 
      Uni hech qachon.
 
100.  Finchadan o`girsak, 
       «O'rmonsiz» demak, 
        Namlik xo`p yetarli, 
        Issiqlik kerak.
101. Ko`kish-zang. Unga rang. Zichlik xos, Botqoq mos. 102. Kuchli shamol, yog`indan, Asray deb yerin dehqon. Yaratar katta o`rmon, Bog`-mi bu? Bormi, bog`bon? 103. Xo`jalik uchun zarur, Mablag`, zahira erur. 104. Emishi yantoq, sho`ra, Oziq tanlamas, xo`ra. «Cho'l kemasi» yuk tashir, Mayli, javobing yashir. 105. Savannadir makoni, Hashoratlar sultoni. Qurar qator minora. Tuproq ostin qiroli. 106. Se-se pashshasi chaqib, Ziyon yetkazolmaydi. Terisi yo'1-yo'l chiziq, Hech kim ketkazolmaydi. 107. Qo`pol, beo`xshov jonzot, U «Suvayg`ir», yo «Suv ot». Terisi silliq tuksiz Kishnar, gigant.... 108. Ariqqa qurar to`g`on, Shox kesar yo`g`on-yo`g`on. Hovuzga uy quradi, Qishin-yozin turadi. Issiq, pishiq mo`ynasi, Topmoq bo`lgan o`ylasin. 109. Arktikaning hayvoni, Qorli g`or uy-ayvoni. Sho`ng`ir suvga, goh chopar. Ozig`in ovlab topar. Yemishi tyulen, qushlar, Baliq yeb ko`ngil xushlar. 110. Ta'mni sezar oyog`i, Qo`ling bo`yar bo`yog`i. 111. U bor joyda qo'y, quyon. Xavfda turar begumon. 112. O`zi hayvonlar zo`ri, Nomin bilsangiz...... 113. Lotinchadan qilsang tarjima, «Qora» degan ma'no bildirar. Fan tilida u irqning nomi, Qaysi davlat shunday atalar? 114. U shunday keng shahar, Oq, Ko`k Nil tutashar. Topsangiz gar ismi, Hayvonning ham jismi. Emas quloq, yoki dum. Shaharning nomi... 115.Ikki davlat birlashib, Ko`l va orol sirlashib, Bitta nomga bog`landi, Bosh bo`g`inlar chog`landi. Afrikadan izlangiz, Topib, menga so`zlangiz. 116. Dunyoda u eng issiq shahar, Changlarin der upoli. Nomin top-chi, qani sen Zafar. Nomi uni... 117. U kofening vatani, Qizil dengizdan nari. 118. Yosh burmali tog`lar ko`p, Quruq o`zan «Vodiy» ham. Eng katta cho'l shundadir, Neft, gaz koni-ko`p biram. 119. Bu yerda aloe, yovvoyi tarvuz, Vilvichiya, xunnolar o`sadi yolg`iz. 120. Bu yer eng issiq, sernam. Bo`lmaydi hatto qish ham, Se-se pashshasi uchar, Chuqur uzun ko'l uchrar. 121. Qani, o`ylab ko`r bir pas, Topolsang, nomi... 122. Afrikaning boy tog'i, Yirtqich mahluqdir nomi, 123. Daraxtzorda kunduz ham. Fonar olib yurasan. Lianaga osilgan Shimpanzeni ko`rasan. 124. Chang-to`zon etib o`zin, U buzar cho`lning yuzin. Sahroi Kabir manzili, U qay shamolning xili? 125. Sayyorada chuchuk ko`llardan, Uzunlikda sardori o`zim, Chor tarafim hamon tog`lardan, Eslatadi qayerni so`zim? 126. Afrikada shunday daryo bor, Ekvatorni kesar ikki bor. Materikda eng sersuv o`zi, Mavsum bo'yi bir xil suv oqar. 127. Ikki irmoq, Ko`k va Oq, Nil bo`lar qo`shiliboq. Birin suvi loyqadir, Qaysinisi tiniqroq? 128. Yarim qoqidir tovoq, Uning nomichi... 129. Tapir-tupir etdi-yu, Bir hayvon kirib keldi. Bu ovoz shu hayvonning, Nomini aytib berdi. 130. Na hayvondir-u, na qush, Uzun oyoq, katta to`sh. Tuyadan tez chopar u, Bilsang nomi... 131. Nomidan ma'lum, shira ozig`i. Mitti, sayroqi, Afrika zog`i... 132. Bu davlatda sim-g`ovlar, O`ragan cho'l yaylovlar. Chorvaning yo`q cho`poni, Qo`rasiz, qo`y makoni. 133. Butalar qalin o`sar, Tikanlar yo`lin to`sar. Bolta bilan yurasan, Cho'l dublarin ko`rasan. U Avstraliyada bor, Ayt, qanday chakalakzor? 134. Kam harakat qiladi, Uni hamma biladi Daraxtda oziq-ovi, Avstraliya... 135. U dunyoda eng quruq, Bag`rida vulqon ham yo`q. Haltali hayvonga kon, Bitta davlatga makon. 136. Katta maydon quruq cho'l, Eng yirigi Eyr ko'l. 137. Ulkan haltali hayvon, Qayerni qilgan makon? 138. Tuxum qo`ysa g`aqillab, Chaqiradi xolasin. Go`yo odam misoli, Emizadi bolasin. 139. Shu yerda butilka daraxtlar o`sar, Termitlar in qurib manzara yasar. 140. Tanasi bo`lar arqon, Ildizi sharbatga kon. 141. U ham xaltali hayvon, Suv ichmagay hech qachon. 142. Janubiy materikda, Yetmish foiz hudud cho'l. Asosiy suv krikda, Eng yirigi qaysi ko'l? 143. Sayr qiladi u uchmay, Shu keng samoni quchmay. Pati yengil, mayindir. Topmog`ingiz tayindir. Okeaniyaning chiroyi Qushlarning erkatoyi. 144. Qushlar tinmay kuylaydi, Qora to`ti so`ylaydi. "Hayot daraxti” o`sar, Nafis yelpig`ich yasar . Davlat ramzida uyg`oq, Toshbaqa, palma yong`oq. 145. Orollar marjon-marjon, Daraxtlarda qovun, non. Yashar «Jannat qushlari», Kuylashga yo`q xushlari. Toping, yashirdim joyni, Mo`jizasiga boyni. 146. Topib olingchi meni, Bari do`stim davlatli. Materiklar ichinda, Eng balandmand savlati. 147. Qutbning dugonasi, Aysbergning onasi. O`ragan oppoq choyshab, Yerning «Sovuqxonasi». Arktikaning qarshisi, Siz topingchi, yaxshisi. 148. Ayting, bu qayer bo`lar? Doimiy aholi yo`q, Har tomon muz, daryo yo`q, Pingvin yashar kerak to`q. 149. O`zi qushu, uchmaydi. Hatto in ham qurmaydi. Qishda ochar jo`jasin, Muz materik go`shasin. 150. Yangi materiklar tomonda, Panamadan janubiy yonda Buyuk sayyoh nomida savlat, To`kib turar qaysi bir davlat? 151. Ko`rkam daraxtni, Tuproq undirar. Toping siz nomin, «Bolta sindirar». 152. Selva nima? U tog`mi? O`rmon dashtmi, Yo bog`mi? 153. Suv ustida gul tovoq, U go`yo yonar chiroq. Amazonkaga bezak, Topingchi, qo`ydim so`roq? 154. Dashtu savannada yashar? Bolalarga to`pdir, yo shar. 155. Yirtqich hayvon o`zi, Juda qadimgi. And tog`ida yashar, Bor ko`zoynagi. 156. Yog` in kam tushar, Anddan sharqroqda. Chala cho'l desam, U qanday nomda? 157. «Pampa» derlar ko`p Nandu, Daraxtsiz yer nima bu? 158. Oziq unga gul shirasi, Mitti qushlarning sarasi. 159. Meni o`lkam bilsangiz, Turkistonim mashriqda. Kubadan gap ochsangiz, Qarab boqing... 160. Ko`llar emish zanjir, to`r, Oqmas erur Katta... Sahni keng, buyuk biri, Bilsang g`oyat ko`p siri, Kelsang bo`lar qayiqda, Bu ko'l Katta... 161. Yevrosiyo unga makon, Cho`lning nomi... 162. Qora, Azov dengizi, Istar uni yengisi, Qani, topib ol sirim, Bu Yarimorol... 163. U tog`ning nomin olgan, Suvi Kaspiyga borgan. Ovrupa va Osiyoga. Chegara bo`lib qolgan. 164. U «Kunbotar», "kun chiqar” ham o`zidir, Atamalar qay materik so`zidir. 165. Uning sochlari silliq, Bug`doy rangdir badani, Yanog`i keng, ko`z qisiq. Qaysi irqning odami? 166. Qani, ayt-chi sen Tal`at, Neftga boy qaysi davlat? 167. Xaritaga boq o`rtoq, Sher shaklini top tezroq. Unda qay davlatlar bor? Qaramay aytchi, bundoq. 168. Ikki shahar Adan va Sana, Poytaxt erur-ikki davlatga. Sana shahri-Yamanga poytaxt, Adan poytaxt qay mamlakatga? 169. Qani ayt, sen, Mamlakat, Eng katta qay mamlakat? 170. Jayhun, o`kuz, Oks, qadimgi nomi, Qirg`og`in o`pirar hech yo`q maromi. 171. U bug`doy, paxtaga kon, Siz-u bizgadir makon. 172. Shunday daryoki uzun, Qadimgi nomi Sayhun. 173. Norin va Qoradaryo, Qo`shilgach qaysi daryo? 174. Shakli bodomsimon, «Jannat» makondir. Vatanim chiroyi, Zebi jahondir. 175. Pista, do`lana, lola, Qayda o`sar Kamola? 176. Qizil olma xurmo va chinor, Tog` piyozi behi va anor. Yo`q, qay biri «Qizil kitob»da, Aniqlangchi ayni shu tobda.
Nodirbek YO`LDOSHYEV 
Jizzax viloyati Zomin tumani
36-umumiy o`rta ta`lim maktabi
geografiya fani o`qituvchisi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.