Yuklanmoqda...

Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi 

958

  "Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi" ko`rik-tanlovi umumta’lim muassasalarining eng ilg’or, izlanuvchan, tashabbuskor o’qituvchilarini aniqlash, ularning qobiliyati va mahoratini yuzaga chiqarish, samarali metodlarni ommalashtirish maqsadida tashkil etilgan. Bu haqida Respublika Xalq ta’limi vazirligining "Xalq ta`limi tizimidagi ko`rik-tanlovlarni o`tkazish dasturi” tanlov.uzedu.uz rasmiy veb-saytida bayon qilingan.
 Yillar davomida o‘qituvchilar orasidan iqtidorlarini tanlash, ularni rag‘batlantirish maqsadida "Yil o‘qituvchisi” ko`rik-tanlovi o‘tkazib kelingan. 2005-yildan buyon mazkur ko`rik-tanlovni fanlar kesimida o‘tkazilish g‘oyasi ilgari surildi.
 Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi doirasida yaratilayotgan sharoitlardan  samarali foydalanib fanlar kesimida eng mohir, eng yaxshi o‘qituvchini tanlash, o‘qitish, ta’lim berish uslublarini takomillashtirish orqali ta’lim-tarbiya sifati va mazmuni samaradorligini oshishiga va mahoratli o‘qituvchilarning  o‘z maktablarini yaratilishiga erishish maqsadida «Yilning eng yaxshi fan  o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risidagi Nizom qabul qilingan.
 2016-yil 12-14-may kunlari Multimediya umumta`lim dasturlarini rivojlantirish markazi va Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi Profilli mehnat ta`limiga ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabida o`tkazilgan «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovi Respublika bosqichida geografiya fani bo`yicha g‘oliblar aniqlandi. 

  1-o`rin Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanidagi 11-ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabi geografiya fani o`qituvchisi Qo`ziyeva Dilfuza Qurbonovna (o`rtada)
  2-o`rin Jizzax shahar 8-umumiy o`rta ta`lim maktabi geografiya fani o`qituvchisi Baratova Sevara O`ralovna (chapda)
  3-o`rin Farg`ona shahar 4-ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabi geografiya fani o`qituvchisi Izbayeva Dilfuza Raxmatovna (o`ngda)
   G`OLIBLIK MUBORAK BO`LSIN, AZIZ HAMKASBLAR!

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash