O`zbekiston aholisi 33 milliondan oshdi 

2 739

 
O'zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018-yil 1-oktyabr holatiga 33 million 85 ming kishidan ortgan va yil boshiga nisbatan 428,5 ming nafarga yoki 1,3 %ga o'sgan. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi axborot xizmati xabar berdi.
 
Jumladan, shahar aholisi soni 16728,2 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,6 %), qishloq aholisi soni 16357,0 ming kishini (49,4 %) tashkil etdi.
 
Respublika hududlari kesimida tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, 2018 yil 1 oktyabr holatiga eng ko'p aholi soni Samarqand viloyatida 3777,8 ming kishi (respublika aholisi sonidagi ulushi 11,4 %ni) va Farg'ona viloyatida 3665,6 ming kishi (11,1 %), aksincha eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida 825,8 ming kishi (2,5 %) va Navoiy viloyatida 969,7 ming kishiga (2,9 %) etgan.
 
Hududlar kesimida aholining eng yuqori o'sish sur'ati 2017 yilning mos davriga nisbatan Surxondaryo viloyatida 2,2 %ni, Samarqand viloyatida 2,1 %ni, Qashqadaryo viloyatida 2,0 %ni, Jizzax va Namangan viloyatlarida 1,9 %ni va Toshkent shahrida 1,8%ni, aksincha eng kam o'sish sur'ati Toshkent viloyatida 1,2 %ni va Qoraqalpog'iston Respublikasida 1,4%ni tashkil etdi.
 
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2018-yil 1-yanvar holatiga 32,65 mln kishiga etgan edi.
Manba: uza.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.