O‘zbekistonda nechta shahar bor?
|
Hududi (ming kv.km) |
Tumanlar soni |
Jami shaharlar soni |
Shu jumladan, respublika va viloyat bo‘ysinuvidagi shaharlar |
Shaharchalar soni |
Qishloq aholi punktlari |
Qoraqalpog‘iston Respublikasi |
166,6 |
15 |
12 |
1 |
26 |
1128 |
Andijon |
4,3 |
14 |
11 |
2 |
79 |
455 |
Buxoro |
40,3 |
11 |
11 |
2 |
69 |
1469 |
Jizzax |
21,2 |
12 |
6 |
1 |
42 |
519 |
Qashqadaryo |
28,6 |
13 |
12 |
2 |
117 |
1041 |
Navoiy |
111,0 |
8 |
6 |
2 |
47 |
585 |
Namangan |
7,4 |
11 |
8 |
1 |
115 |
391 |
Samarqand |
16,8 |
14 |
11 |
2 |
88 |
1849 |
Surxondaryo |
20,1 |
13 |
8 |
1 |
114 |
865 |
Sirdaryo |
4,3 |
8 |
5 |
3 |
25 |
257 |
Toshkent vil |
15,3 |
15 |
16 |
7 |
95 |
878 |
Farg‘ona |
6,8 |
15 |
9 |
4 |
197 |
1021 |
Xorazm |
6,1 |
10 |
3 |
2 |
56 |
548 |
Toshkent sh. |
0,3 |
11 |
1 |
1 |
1 |
- |
O‘zbekiston Respublikasi |
448,9 |
170 |
119 |
31 |
1071 |
11006 |
Shaharchalarni, aholi punktlarini tuman bo‘ysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish, ularni qayta tuzish tegishli viloyat hokimlarining iltimosnomasiga asosan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifiga muvofiq Oliy Majlis tomonidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa – tegishli tuman hokimlarining iltimosnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hukumatining taklifiga muvofiq Jo‘qorg‘i Kenges tomonidan amalga oshiriladi.
SHaharchalar turkumiga sanoat korxonalari, qurilishlar, temir yo‘l stansiyalari va boshqa muhim ob’ektlar yaqinida joylashgan hamda qoida tariqasida kamida 2 ming aholisi bo‘lgan aholi punktlari kiritilishi mumkin.
Jadvaldan ko‘rishimiz mumkinki, mamlakatimizda shahar va shaharcha tipidagi aholi punktlaridan tashqari qishloq aholi punktlari ham mavjud. Ularning umumiy soni 11 mingdan ortadi.
Aholisining asosiy faoliyat turi qishloq xo‘jaligini yuritish, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa qishloq joylarga xos bo‘lgan faoliyatni yuritish hisoblanadigan joylar qishloq aholi punktlari deb yuritiladi.
Qishloq aholi punktlari ham aholisi soniga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
Yirik aholi punktlari – aholisi soni 5 ming kishidan ko‘p;
Katta aholi punktlari – aholisi soni 3 ming kishidan 5 ming kishigacha;
O‘rta aholi punktlari – aholisi soni 1 ming kishidan 3 ming kishigacha;
Mamlakatimizda aholining o‘sish sur’atlari qishloq aholi punktlarini soni va maydonini kengayishiga olib kelmoqda. Katta qishloqlarda zamonaviy binolarga ega ta’lim muassasalari, madaniy-maishiy muassasalar, shifoxonalar jadal qurilmoqda. Ular tabiiy gaz, ichimlik suvi, elektr energiya bilan uzluksiz ta’minlanmoqda. SHu tariqa qishloq aholisining turmush sharoiti shaharliklarning turmush tarziga yaqinlashmoqda.
SHuningdek, qishloq joylarda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi tufayli ko‘plab sanoat korxonalari barpo etilmoqda. Yuqoridagi omillar tufayli mustaqillik yillari ko‘pgina qishloq aholi punktlariga shaharcha maqomi berildi natijada mustaqillikkacha 60 foiz aholisi qishloqda istiqomat qilgan agrar respublikada urbanizatsiya darajasi ko‘tarilib aholisining yarmidan ortig‘i shaharlarda yashamoqda.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.
Sharhlar - 1