Padana tekisligi 

1 745

 
Padana-Venesiya  tekisligi - Italiyaning  shimoliy  qismidagi tekislik. Alp va Apennin tog’lari bilan Adriatika dengizi oralig’ida joylashgan. Padana  tekisligi usti qalin dengiz va daryo jinslari bilan to’lgan tektonik bukilma. Uzunligi 500 km chamasida, eni 200 km gacha. Yer yuzasi, asosan, tekis, balandligi g’arbida 300-400 metr. Tekislikning markaziy qismidan Po daryosi va uning irmoqlari oqib o’tadi. Iqlimi subtropik, ayrim joylarida mo`tadil iqlim.
 
Yanvarning o’rtacha harorati 0-4°, iyulniki 22-24°. Yillik yog’in 600-1000 mm. Toshqinlar bo’lib turadi. O’rmonlar qirqilib o’rni ekinzorga aylantirilgan. Padana  tekisligi - Italiyaning asosiy sanoat va qishloq xo`jaligi rayoni. Bug’doy, makkajo’xori, sholi ekiladi. Tokzorlar va mevali bog’lar bor. Padana  tekisligida Milan, Turin, Venesiya, Bolonya shahalari joylashgan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.