Surxondaryo tabiiy geografik okrugi 

6 005



1. Surxondaryo o’lkasining chegaralari, geologik tuzulishi, relyefi 

Tomon


Chegaralari


Shimol, shimoli-sharq


Hisor, Bobotog’ tog’lari, Tojikiston



G’arb


Ko’hitang tog’ining suvayrig’ichi, Turkmaniston



Shimoli-g’arb



Chaqchar va Boysun tog’lari, Qashqadaryo


Janubi




Amudaryo, Afg’onsiton




  • O’lkani shimoldan Hisor tizmasi (Hazrat Sulton 4643 m), balandligi 4500-4600 metrga yetadi.
  • Hisor tizmasi janubi-g’arbda Chaqchar, Boysun, Surxon tog’lari gersin tog’ burmalanishisida bo`lgan.
  • Chaqchar tog’ining eng baland qismi – Xuroson (3774 m) ga yetadi.
  • Boysuntog’ ham ancha baland bo’lib, ayrim cho’qqiliari shimoli-sharqda 3700 metrga yetadi.
  • Boysun tog’ning Janubi-g’arbida Ko’hitang tog’i joylashgan.
  • Ko’hitang tog’i janubi-g’arbiga 50 km cho’zilgan va balandligi 3139 metrga yetadi.
  • Boysuntog’ sharqida yonma-yon holda Surxontog’ joylashgan.
  • Surxontog’ janubida Sherobod-Sariqamish (1126 m) past tog’lari joylashgan.
  • Sherobod-Sariqamish (1126 m) past tog’lari janubi-g’arbida Kilf-Sherobod past tog’lari joylashgan.
  • O’lkaning sharqida Bobotog’ (Zarkosa 2289 m) joylashgan.
  • O’lkaning tog’lari orasida botiqlar joylashib, neogen, antropogen davrning yotqiziqlari bilan qoplangan.
  • Surxondaryo vodiysi shimoli-sharqdan janubi-g’arbga qarab taxminan 170 km ga cho’zilgan, vodiyning janubi-g’arbiy qismi keng, 110-115 km ga, shimoli-sharqqa tor bo’lib, 15-30 kmga cho’zilgan. Shakliga ko‘ra vodiy uchburchakka o‘xshash.
  • O’lkada qazilma boyliklardan neft va gaz, ko’mir, polimetall, alumin rudasi, gips, tuz, har xil qurulish materiallari konlari mavjud.
  • Surxondaryo janubida tarkibida har xil erigan moddalar saqlovchi bir necha mineral suvlar topilgan. Ularning eng muhimi Jayronxona mineral suvi hisoblanadi. Relyefida ichki suvi berilyapdi. Bunga biz shunday ta’rif beramiz; “Bir narsasi bo`lmasa, shudgor quyruq na qilur”

Foydali qazilmalari 

Neft, gaz
Toshko’mir
Polimetall, aluminiy, gips, ohak
Lalmikor, Ko’kaydi, Xovdog’
Sharg’un
Sariosiyo

O’zbekiston eng katta tuz koni – Xo’jaikon 

2. Surxondaryo o’lkasining ichki suvlari, iqlimi  

  • Surxondaryo vodiysining iqlimi quruq subtropik iqlim.
  • Iyulning o’rtacha harorati  Denovda +28,2, Sherobodda +32,1 ga teng.  
  • 1914-yil 21-iyulida O’zbekistonda eng yuqori harorat kuzatilgan.
  • Yanvarning  o’rtacha harorati Denovda, Sherobodda +2,8 ga teng.  
  • O’lkada tog’larning 2500-3000 m balandliklarida yanvarning o’rtacha harorati -6 ga teng. 
  • Arktika va Sibir havo massalarining kirib kelishi va turib qolishi natijasida qish sovib ketadi, havo
    harorati –20, -25 ga teng.
  • O’lkaning janubiy qismida yillik yog’in 133-230 mm,tog’ yonbag’irlarida  500-600 mm, Hisor
    tog’larining janubiy yonbag’irlarida  800-900 mm yog’in tushadi.
  • O’lkaning yillik yog’in qishda 46-48%, bahorda 43-44 %, kuzda 8-10%, yozda 1-2% to’g’ri keladi.
  • O’lkada uzunligi 20 km dan ortiq 35 ta daryo mavjud.
  • Surxondaryo To’polondaryo va Qoratog’ daryolarining qo’shilishidan vujudga keladi.
  • O’lkaning paleogen, neogen davr yotqiziqlari orasidagi suv 140-150 m chuqurlikdan chiqadi, chuchuk.
  • O’lkaning bo’r davri yotqiziqlari orasidan 1-2 km chuqurlikdan chiquvchi mineral shifobaxsh suvlar harorati 60-70   ga yetadi.
  • Surxondaryo Janubiy Surxon suv ombori suv sig’imi 800 mln.kub.m  
  • Zang kanali Uchqizil suv ombori suv sig’imi 16 mln.kub.m
SIRLI JADVAL

3. Surxondaryo o’lkasining tuproqlari, o’simliklari, hayvonot dunyosi
  • O’lkaning yerosti suvlari yer betiga yaqin bo’lfgan joylarda sho’rlashgan bo’z tuproqlar uchraydi.
  • Surxondaryo, Sheroboddaryo daryolarining qayirlarida alluvial-o’tloq, botqoq tuproqlar, janubiy qismidagi qum massivlarida qumli, qumloq tuproqlar uchraydi.
SIRLI JADVAL 
Tuproqlari
Balandligi , m
Chirindi , %
Och bo’z
0-500

Oddiy, to’q tusli bo’z
500-1200

Tog’-jigarrang
1500-2500
4-6
Tog’-o’tloq, o’tloq, o’tloq-botqoq
2500  dan yuqori


  • O’lkaning 500 m balandlikgacha bo’lgan qismida o’sadigan o’simliklar – rang, iloq, qo’ng’irbosh, no’xatak, shuvoq
  • Yerosti suvlari yer betiga yaqin bo’lgan joylarda shuvoq o’sadi.
  • O’lkaning janubiy qismida qumloqlarida o’sadigan o’simliklar – qum ilog’i, quyonsuyak, juzg’un
  • O’lkaning adir qismida efemer o’simliklar shuvoq, kavrak, qo’ziquloq, 1 yillik astragal, javdar, bug’doyiq, butasimon o’sadigan o’simliklar - itburun, bodom, zirk o’sadi.
  • O’lkaning tog’li qismida (1500-2500 m) javdar, bug’doyiq, tipchoq, yovvoyi arpa, shirach, qurg’oqchil, toshloq yerlarda astragal, butalardan bodom, irg’ay, itburun, zirk, daraxtlardan archa, zarang, xandonpista, yong’oq, do’lana, terak o’sadi.
  • Xandonpistalar Bobotog’da o’sadi
  • O’lkaning 2500 metrdan baland qismida yaylov mintaqasi joylashib, subalp, alp o’loqlari uchraydi.
  • Vodiyda quruq subtropik iqlimi tufayli anor, anjir, xurmo, shakarqamish sitrus mevalar yetishrtiriladi
  • Denovda subtropik o’simliklar maskanida issiq mamlakatlarda o’suvchi daraxt, mevalar yetishtirilmoqda.
  • O’lkada bo’rsiq, bo’ri, tulki, kiyik, tog’ takasi, tog’ qo’yi, Hindiston maynasi, qaldirg’och, kemiruvchilardan kalamush, qo’shoyoq, yumronqoziq yashaydi.
  • O’lkaning to’qaylarida to’qay mushugi, qirg’ovul, yovvoyi cho’chqa, chiyabo’ri, tulki, g’oz, o’rdak uchraydi.
  • O’lkada sudralib yuruvchilardan o’qilon, Turkiston kapcha iloni, gekkon kaltakesagi, jayra, tasqara, chil, kakliklar uchraydi.
  • Amudaryo to’qayzorlarini, Ko’hitang tog’ landshaftini himoya ostiga olish uchun Surxondaryo qo’riqxonasi tashkil etilgan. Bu qo’riqxona 2 qismdan iborat.
  • 1-qismi Payg’ambarorol qo’riqxonasi o’z ichiga oladi. U yerda to’qay landshafti, u yerdagi o’simliklar (baland bo’yli qamishzorlar, ilonpechak, yovvoyi jiyda, tol, teraklar), hayvonlar (xongul, to’ng’iz, tulki, to’qay mushugi, chiyabo’ri, quyon, tojdor tustovuq, ilonlar) himoya qilinadi.
  • 2-qismi sobiq Ko’hitang buyurtmasining hududini o’z ichiga oladi. U yerda tog’ landshafti, mo’rxo’r, Buxoro tog’ qo’yi, burgut himoya qilinadi. Qo’riqxona hududida Zarutkamar arxeologik yodgorligi joylashgan.
Tuzuvchi: Nozimjon Azimov
Toshkent viloyati Oqqo`rg`on tumani
30-umumiy o`rta ta`lim maktabi 
geografiya fani o`qituvchisi

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.