Hududiy ekologik muammolar va ularning yechimi 

16 202

  Sanoat va qishloq xo‘jaligi yuqori darajada rivojlangan hududlarda tabiat va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning keskinlashuvi oqibatida mintaqaviy ekologik muammolar kelib chiqmoqda. Bu ekologik muammolar tabiiy muhitni keskin o‘zgartirib, aholi salo­matligiga ta’sir etmoqda.
  Hozirgi paytda hududiy ekologik muammolar O‘rta, Qora, Azov, Boltiq, Shimoliy, Karib dengizlari havzasi, Fors qo‘ltig‘i, Kaspiy va Orol dengizlari, Baykal, Balxash, Ladoga, Onega, Chad, Buyuk ko‘llar va boshqa hududlarda mavjud.
  O‘rta Osiyo va O‘zbekistonda vujudga kelgan hududiy ekologik muammo - bu Orol dengizi muammosidir. 1911-1960-yillar davomida Orol dengiziga har yili o‘rtacha 52 kub m mutlaq balandlikda, akvatoriyasi 66 ming kv.km, suvning o‘rtacha sho‘rlanganlik darajasi 9,5-10 foiz (9,5-10 g/l) bo‘lib, o‘rtacha chuqurli­gi 16 m ni tashkil qilgan.

 

  O‘rta Osiyo va Janubiy Qozog‘istondagi qo‘riq yerlaming o‘zlashtirilishi, qator yirik suv omborlarining bunyod etilishi, kanallar, kollektor-zovurlar tizimlarini qurib, ishga tushirilishi natijasida 1961-yildan boshlab Amudaryo va Sirdaryodan Orol dengiziga tushadigan suvlar miqdori kamaya boshladi. Buning oqibatida Orol dengizining sathi pasayib, maydoni qisqara boshla­di, suvning sho‘rlanganlik darajasi esa orta boshladi.
 Orol dengizi sathi 1960-1970-yillari 21 sm, 1971-1980-yillarda 68 sm, 1981-1985-yillarda 80 sm ni tashkil qildi.
 Orol dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan 1941-1960-yillari 55,2 kub km; 1961-1970-yillari 41,5; 1971-1985-yillari 15,0; 1986-1996-yillari 12,6 kub km suv kelgan.
   Hozirgi paytda Orol dengizining qurib qolgan qismi maydoni 3 mln ga ni tashkil qiladi. Dengizning qurigan qismi yalang tekislikdan iborat bo‘lganligi uchun yerosti suvlarining gorizontal harakati qiyin, shuning uchun ularning asosiy qismi bug‘lanib, tuproqda tuz miqdorining ortib ketishiga olib keldi.
  Amudaryo va Sirdaryo quyi qismiga oqib kelayotgan suvning kamayishi oqibatida bu yerlardagi botqoq va to‘qaylar maydoni qisqarib, cho‘llashish jarayoni rivojlandi.
  Hozirgi vaqtda Orol dengizi muammosi yechimi ikki narsaga - dengiz sathini ma’lum darajada ushlab turishga va Orolbo‘yi ekologik sharoitini yaxshilashga qaratilgan.
  Orol dengizi sathini ma’lum bir balandlikda, ya’ni 33 m mutlaq balandlikda ushlab turish uchun Orolga har yili Amudaryo va Sirdaryodan 20 kub km suv tushib turishi lozim.
Orolbo‘yi hududida ekologik sharoitni yaxshilashning asosiy yo‘li aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, qurib qolgan o‘zanlar, ko‘llarga muntazam ravishda suv yuborish, dengizning qurigan qismida shamol harakatini to‘sish uchun qumlarni o‘simliklar bilan mustahkamlash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, yaylovlar, pichanzorlar maydonini kengaytirishdan iborat.  

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.