Yuklanmoqda...

Chirmovuq bilan sakrash


Alpinizm, chang‘ida uchish, chang‘ida tramplindan sakrash, parashutda tashlash jasur odamlar shug‘ullanadigan sport turlari ekanligi ko‘pchilikka ma’lum. Lekin Yangi Gebrid orollarining o‘zidagina mashhur bo‘lgan sport o‘yinlari ham bor.

Har yili Yangi Gebrid orollarida o‘ziga xos sport bayramlari o‘tkaziladi. Bayramdan oldin tepaliklardan birining yonbag‘ridan baland daraxt tanlanadi. Tepalikning yonbag‘ri haydaladi, tosh va ildizlardan tozalanadi. Dapaxt bir necha bosqich (sahndan)dan iborat minora yasash uchun asos boia­di. Minoraning har bir bosqichiga uchida sirtmogl boigan ikkitadan chirmovuq (liana) boglab qo‘yiladi. Eng yuqori bosqichning yerdan balandligi 30 metrgacha boradigan joyida oxirgi minora yasaladi.

Bayram kuni orol aholisi mazkur tepalikka yiglladi. Qabila boshliglning ishorasiga muvoflq odamlar davra quradi. Nog‘oralar chalinib, hamma raqsga tushadi va ashula aytib, o‘ynab mazkur minora ostiga yetib borishadi. Keyin bayram­ning ikkinchi qismi — chirmovuq bilan sakrash boshlanadi.

Minoraning yerdan yetti metr balandlikdagi eng quyi bosqichiga sakkiz yashar bola epchillik bilan chiqib oladi. Qarindoshlardan biri bola bilan birga chiqadi, chirmovuq sirtmog`ini bolaning oyoglga kiygizib (bog‘lab) qo‘yadi. Bola ana shu birinchi bosqichdan o‘zini yerga otadi (sho‘ng‘iydi). Ku- zatuvchiga u boshi bilan go‘yo yerga sanchiladigandek tuyula­di, ammo bolaning boshi yerga tegar-tegmas chirmovuqlar tarang tortilib, bolani yana yuqoriga itqitadi.

Shundan keyin dovyurak sportchilar birin-ketin minoraga chiqa boshlaydi. Chirmovuq bilan sakrovchilar orasida ayollar ham bo‘ladi. Chirmovuq bilan sakrashni ayollar boshlab bergan, degan rivoyat ham bor.

Sportchilar ikkinchi bosqichdan, so'ngra uchinchi bosqich­dan sakraydi. Eng yuqori bosqichdan sakrash bayramning eng qiziqarli qismi hisoblanadi.

Eng baland bosqichdan sakraydigan kishi chirmovuq sirtmog‘ini oyog‘iga kiygach, minoraning eng chekkasiga kelib pastga bir tutam qizil gul tashlaydi. Bu «Hozir sakrayman», degani. Shu onning o‘zidayoq u o‘zini pastga otadi — boshi bilan sho‘ng‘ib, shiddat bilan g‘izillab yerga yaqinlasha bosh­laydi. Boshi yerga tegar-tegmas chirmovuqlar uni yana yuqori­ga itqitadi, yigit qaddini rostlab olib yerga sakrab tushadi. Yigitning do'stlari zudlik bilan yugurib kelib oyog‘idagi chirmovuqni yechib oladilar. Dovyurakka qizlar guldasta taqdim qiladi. Shu bilan bayram tugaydi.

Sportning bu turida jasurlik va dovyuraklik talab qilinishi bilan birga amortizator vazifasini o‘tovchi chirmovuqning uzunligini aniq hisoblab chiqish ham hal qiluvchi ahamiyatga ega. Sakrovchining hayot-mamoti, taqdiri chirmovuq uzunligining aniqligiga bog‘liq. Minoraning eng yuqori bosqichidan sakragan shaxs Yangi Gebrid bo‘yicha eng dovyurak kishi hisoblanadi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar