Chirmovuq bilan sakrash
Alpinizm,
chang‘ida uchish, chang‘ida tramplindan sakrash, parashutda tashlash jasur
odamlar shug‘ullanadigan sport turlari ekanligi ko‘pchilikka ma’lum. Lekin
Yangi Gebrid orollarining o‘zidagina mashhur bo‘lgan sport o‘yinlari ham bor.
Har yili Yangi
Gebrid orollarida o‘ziga xos sport bayramlari o‘tkaziladi. Bayramdan oldin
tepaliklardan birining yonbag‘ridan baland daraxt tanlanadi. Tepalikning
yonbag‘ri haydaladi, tosh va ildizlardan tozalanadi. Dapaxt bir necha bosqich
(sahndan)dan iborat minora yasash uchun asos boiadi. Minoraning har bir
bosqichiga uchida sirtmogl boigan ikkitadan chirmovuq (liana) boglab qo‘yiladi.
Eng yuqori bosqichning yerdan balandligi 30 metrgacha boradigan joyida oxirgi minora
yasaladi.
Bayram kuni
orol aholisi mazkur tepalikka yiglladi. Qabila boshliglning ishorasiga muvoflq
odamlar davra quradi. Nog‘oralar chalinib, hamma raqsga tushadi va ashula
aytib, o‘ynab mazkur minora ostiga yetib borishadi. Keyin bayramning ikkinchi
qismi — chirmovuq bilan sakrash boshlanadi.
Minoraning
yerdan yetti metr balandlikdagi eng quyi bosqichiga sakkiz yashar bola
epchillik bilan chiqib oladi. Qarindoshlardan biri bola bilan birga chiqadi,
chirmovuq sirtmog`ini bolaning oyoglga kiygizib (bog‘lab) qo‘yadi. Bola ana shu
birinchi bosqichdan o‘zini yerga otadi (sho‘ng‘iydi). Ku- zatuvchiga u boshi
bilan go‘yo yerga sanchiladigandek tuyuladi, ammo bolaning boshi yerga
tegar-tegmas chirmovuqlar tarang tortilib, bolani yana yuqoriga itqitadi.
Shundan keyin
dovyurak sportchilar birin-ketin minoraga chiqa boshlaydi. Chirmovuq bilan
sakrovchilar orasida ayollar ham bo‘ladi. Chirmovuq bilan sakrashni ayollar
boshlab bergan, degan rivoyat ham bor.
Sportchilar
ikkinchi bosqichdan, so'ngra uchinchi bosqichdan sakraydi. Eng yuqori
bosqichdan sakrash bayramning eng qiziqarli qismi hisoblanadi.
Eng baland
bosqichdan sakraydigan kishi chirmovuq sirtmog‘ini oyog‘iga kiygach,
minoraning eng chekkasiga kelib pastga bir tutam qizil gul tashlaydi. Bu «Hozir
sakrayman», degani. Shu onning o‘zidayoq u o‘zini pastga otadi — boshi bilan
sho‘ng‘ib, shiddat bilan g‘izillab yerga yaqinlasha boshlaydi. Boshi yerga
tegar-tegmas chirmovuqlar uni yana yuqoriga itqitadi, yigit qaddini rostlab
olib yerga sakrab tushadi. Yigitning do'stlari zudlik bilan yugurib kelib
oyog‘idagi chirmovuqni yechib oladilar. Dovyurakka qizlar guldasta taqdim
qiladi. Shu bilan bayram tugaydi.
Sportning bu turida jasurlik va
dovyuraklik talab qilinishi bilan birga amortizator vazifasini o‘tovchi
chirmovuqning uzunligini aniq hisoblab chiqish ham hal qiluvchi ahamiyatga ega.
Sakrovchining hayot-mamoti, taqdiri chirmovuq uzunligining aniqligiga bog‘liq.
Minoraning eng yuqori bosqichidan sakragan shaxs Yangi Gebrid bo‘yicha eng
dovyurak kishi hisoblanadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.