7-noyabr Ispaniyada kaytserfing festivali 

1 296


Ispaniyaning Kanarsk orollaridan birida har yili 8-noyabr sanasiga yaqin bo'lgan dam olish kunlarida Xalqaro kaytserfing festivali bo'lib o'tadi. Xalqaro kaytserfing festivali – go'zal, sport bayrami bo'lib, uch kun davom etadi. Ayniqsa oxirgi vaqtlarda u juda mashhur bo'lib ketdi. Sportning bu turiga qiziquvchilarning soni borgan sari ortib bormoqda, festivalning o'zi esa ommabop va tomoshabop bo'lib bormoqda. Aktiv va qiziqarli bo'lgan bu festival nafaqat qatnashchilarga, balki tomoshabinlarga ham huzur bag'ishlaydi. Kaytserfing (kitesurfing) yoki kayting-sportning birmuncha yosh turlaridan bo'lib, atrofida dunyo bo'yicha yuz minglab muxlislarni yig'a oldi. Kite-tarjima qilinganda "havo iloni”, Surfing-" to'lqinda uchish” ma'nosini beradi. Bu sport turining mohiyati shundaki, katta havo ilonli taxtada to'lqinlar aro sirg'anish, tortishish kuchi ta'siridagi harakat esa uning asosini tashkil qiladi. Ayniqsa, sportsmenlarning suv ustida bir necha metrga sakrab, turli akrobatik nomerlar, qiyin elementlar bajarishi juda ham qiziqarli. Klimat sharofati bilan Ispaniyada kaytserfing sporti faol rivojlanib bormoqda. Axir, Ispaniya sportning bu turi bilan shug'ullanish uchun Yevropadagi eng zo'r joy hisoblanadi - O'rtayer dengizi qirg'oqlaridan to Pireney yarim orollarigacha cho'zilgan oq qumloq plyaj, doim esib turadigan kuchli shamol- kaytserfing uchun mukammal joyni yana qaerdan topish mumkin. Bu yerlarda faqat professionallargina emas yangi o'rganayotganlar ham uchishlari mumkin, kaytserfing maktablari, o'rgatuvchi tajribali konstruktorlar yetarli, maxsus magazinlardan kerakli anjomlarni sotib olish mumkin. Festival tanatanali ravishda juma kunida ochiladi, Bu kun "erkin uchish” kuni hisoblanib, qatnashchilar o'zlarining kayt-havo ilonlarini namoyish qilishadi, tomoshabinlar esa bu go'zallikdan, parlanayotgan ilonlar dizaynining originalligidan bahra olishadi. Ikkinchi kun – shanbada kaytserfing ustalarining jiddiy musobaqalari boshlanadi va unda kaytserferlar qiyin tryuklar, bajarilishi shart bo'lgan elementlarni ko'rsatishadi. Tashkilotchilar o'sib kelayotgan yangi avlod, balki bo'lg'usi kaytserfinglarni ham eslaridan chiqarishmaydi. Shuning uchun yakshanba - oilaviy kun, ko'p tadbirlar bolalarga ataladi. Hamma yoshdagi o'g'il va qiz bolalar havo ilonlarini yasashni o'rganishlari mumkin. Bayram oxirida yasagan havo ilonlarini osmonga uchirishadi.

7-noyabr O'zbekistondagi ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki Asakabank tashkil topgan kun
O'zbekistondagi ixtisoslashtirilgan davlat-aksiyadorlik tijorat banki O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra 1995-yil 7-noyabda tashkil etilgan. Boshqaruvi Toshkent shahrida joylashgan. Respublikaning barcha viloyatlari markazlarida va Qoraqalpog'iston (Nukus shahri)da, Asaka, Qo'qon, shuningdek Toshkentda ("Avtotransport”) filiallari bor. Respublikada avtomobil sanoati va unga xizmat ko'rsatadigan infratuzilmalarni rivojlantirishni moliyalash (asosan, "O'zDEUavto” qo'shma korxonasi va unga butlovchi qismlar ishlab chiqarish loyihalari), O'zbekiston fuqarolariga avtomobillar sotib olishda qulayliklar yaratish, yalpi kredit hisob-kitob xizmatlari ko'rsatish, qimmatli qog'ozlar bilan operasiyalar va boshqa xizmatlarni amalga oshiradi.

7-noyabr "Bunyodkor" metro bekati tashkil topgan kun
Bunyodkor – metro bekati. Istiqlol maydonida joylashgan. "Chilonzor” yo'lidagi bekat sifatida 1977-yil 7-noyabrda "Xalqlar do'stligi” nomi bilan ochilgan. 2008-yil avgustdan hozirgi nomda. Me'morlari:M.Galeyev, V.Muratov, U.Rahimov, muhandis G.Oganesov va boshqalar. Bekat ustunli qurilgan. Sakkiz qirrali ko'rinishdagi oq marmar ustunlarning tepasini nilufar g'unchasi shaklidagi murakkab kallak bezagan. Yo'lovchilar zali devorlariga bo'rtma naqshlar tushirilgan. Shiftning har qaysi qanoti o'rtasida yashirin chiroqli ovalsimon o'yiqlar bor. Bekat sahniga an'anaviy milliy naqsh tushirilgan silliq kulrang va qora granit qoplangan. Istiqlol maydoni ostida bekatning yer osti vestibyuli joylashgan. Dumaloq yer ustidagi vestibyul jimjimador tojni eslatadi, uning ichkarisi zal ustuni bilan uyg'un holda bezatilgan.

7-noyabr Minsk Xalqaro "Xazonrezgilik” ("Listopad”) kinofestivali kuni
Belorussiya poytaxti Minskda bo'lib o'tadigan yirik kinoforum – Xalqaro "Xazonrezgilik” ("Listopad”) kinofestivali 7-noyabrda (2014-yil hisobida) boshlanib, hafta bo'ylab davom etadi. Belorussiya festivalida har yili ko'plab mamlakatlarning kinoindustriya mutaxassislari, kinematografiya havaskorlari va taniqli madaniyat arboblari yig'iladi. "Listopad” kinofestivalining asosiy konsert tantanalari Minsk tantanalar saroyida bo'lib o'tadi. Ayni kinoforumning asosiy maqsadi Belorussiya kinosan'atini ommalashtirishdan iborat. Bu esa: kinoning yuqori sosial-madaniy holatini tashkil qilish, Rossiya, SNG mamlakatlari, Yaqin xorijiy davlatlar bilan kinematografiya sohasidagi yagonalikni saqlash, ijodiy munosabatlarni rivojlantirish va xorijiy hamkasabalar bilan tajriba almashish, kinematografiya sohasida yoshlar ijodini qo'llab-quvvatlash va shular jumlasidandir. "Listopad" o'z faoliyatini 1994-yildan boshlagan. Birinchi yili Rossiya, Ukraina, Ozarbayjon, Qozog'iston davlatlari 12 ta filmlari bilan ishtirok etgan. Vaqtlar o'tishi bilan festival yuksak nufuzga erishdi va 2003-yil festivalda SNG mamlakatlari filmlarigina emas, balki Polsha, AQSh, Eron, Serbiya, Bolgariya, Chexiya, Xitoy, Yaponiya davlatlari ham o'z filmlari bilan ishtirok etishdi. Hozirgi vaqtda bu festival jahonda eng zo'r premуeralar to'planadigan va ko'rsatiladigan yirik Yevropa kino festivallaridan biri hisoblanadi. 2013-yil dunyoning 40 dan ortiq davlatlari 145 ta film bilan ishtirok etishdi. Bundan tashqari, tashkilotning yuqori darajaga ko'tarilganligi belgisi sifatida "Listopad” 2013-yil Xalqaro prodyuserlar federasiyasining assosiasiyasiga vakil qilib tayinlandi. "Listopad” dunyodagi eng nufuzli kinoforumlar – Moskva, Berlin, Kann, Venesiya kinofestivallar qatoridan joy oldi. Kinofestival kino konkurslar bilan chegaralanib qolmasdan, unda konkursdan tashqari o'tmishdagi ko'rsatuvlar, taniqli kinoematografistlar bilan uchrashuvlar, press-konferensiyalar, maorifga oid forumlar, seminarlar va har-xil ko'rgazmalar va kechalar ham bo'lib o'tadi.

7-noyabr Sevilyada Yevropa kino festivali
Sevilyada Evropa kino festivali –Yevropa kinoindustriyasidagi muhim voqealardan biri bo'lib, 2001-yildan buyon o'tkazilib kelinmoqda. Festival Ispaniyaning Sevilya shahrida har yili noyabr oyining boshida boshlanib, bir hafta davom etadi. Festivalda o'nlab mamlakatlar kino san'ati ustalarining ishlari namoyish etiladi. Festival kunlarida badiiy, hujjatli va qisqa metrajli filmlar, multfilmlar, konkursdan tashqari ko'rsatuvlar namoyish qilinadi. Festivalning hay'at a'zolari taqdim qilingan filmlarni baholashadi, hay'at a'zolari tarkibiga aktyorlar, rejissyorlar, madaniyat va san'at arboblari kiradi. Festival mukofoti Golden Silver Giraldillo ( asosiy mukofot) va Silver Giraldillo (ikkinchi mukofot), bundan tashqari -maxsus sovrin, Sovrin EURIMAGES, hay'at a'zolari mukofoti PREXY, yosh hay'at a'zolari sovrini va boshqalar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.