15-oktabr Braziliyada o'qituvchilar bayrami 

1 896

 O'qituvchilar kuni bayram sifatida Braziliyada 15-oktyabr kuni nishonlanadi. Bayram tarixi shunday: 1827-yil 15-oktabr kuni imperator Pedro I hukmdorligida avliyo Tereza kuni birinchi marta boshlang'ich ta'lim haqidagi farmonga asosan, shahar, qishloq, aholi punktlari, maktablarida boshlang'ich ta'lim tashkil qilingan. Lekin 120 yil davomida ko'pgina qilinadigan ishlar qog'ozda qolib ketavergan. Ilk bor o'qituvchilar bayrami 1947-yil kichik maktabda San-Pauloda nishonlangan. Ilgari o'qish uzoq davom etgan, 1 iyundan to 15-dekabrgacha, oralig'ida 10 kun ta'til bo'lgan. Uzoq vaqt ta'tilsiz o'qish o'quvchilarni charchatib qo'ygan va bir necha o'qituvchilar fikri va takliflari bilan 1 kun dam olish kuniga ajratilgan. Professor Salomao Bekser 15-oktabr kunini bayram qilishni taklif qilgan va o'qituvchi va o'quvchilar uylarida pishiriqlar pishirib, bayram kuni dasturxoni uyushtirishgan. 1963-yil davlat miqyosida 15-oktabr bayram kuni deb e'lon qilingan. Dam olish kuni bo'lishiga qaramay, maktablarda o'quvchilar va ularning ota-onalari tomonidan ustozlarni qutlaydilar. Zamonaviy o'qituvchilar bilan do'stona aloqada bo'lib, aqliy va jismoniy rivojlanishda muhim ahamiyat kasb etadilar.

 15 oktabr – Butunjahon qishloq ayollari bayrami.
Bayram 1995-yil Xitoyda  BMTning to’rtinchi  ayollar konferinsiyasida tasdiqlangan. Qishloqda yashovchi ayollar  dunyodagi aholining to’rtinchi qismini tashkil etadi va qishloq tumanlarini rivojlanishida faol ishtirok etadi. Lekin ular sifatli tibbiy ko’rik, bank xizmati, informatsion texnologiyalardan unumli foydalana olmaydilar. Ushbu bayram tashkil topishidan maqsad, qishloq ayollari muammolarini hal etish, ular mehnatini qadrlash, ularni qo’llab-quvvatlashdan iborat.

Qishloqdagi ayollar  oziq-ovqatni ishlab chiqarish, hosillarni rivojlantirishda muhim rol o’ynaydilar. Nafaqat rivojlangan balki rivojlanmagan mamlakatlarda ham qishloq ayollari bundan tashqari, bola tarbiyasi bilan shug’ullanish , qariyalar va bemorlarga qarash ham ularning zimmasidadir. Ko’pgina yurtlarda ularning jamiyatga qo’shgan hissalari qadrlanmaydi. Yuqoridagilarni hisobga olib 15-oktyabr "Butunjahon Qishloq ayollari kuni" deb e’lon qilingan. Har yili ushbu bayram keng nishonlanib, qishloq ayollarini dolzarb muammolari hal qilinadi.  

15-oktabr Butunjahon qo'llarni yuvish kuni
BMT Bolalar fondi 15-oktabr kunini Butunjahon qo'llarni yuvish kuni deb rasmiy e'lon qildi. Ilk bor BMT tomonidan 2008-yil sanitariya yilida ushbu kun bayram sifatida nishonlandi. E'tirof etish kerakki, qo'lni yuvish har bir insonning shaxsiy ishi, boshqa tarafdan qaraganda, BMT hamda Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti belgilaganidek qo'lni yuvmaslik og'ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Qo'lni yuvmaslik oqibatida inson organizmiga turli mikroblarning kirishi, ular orqali gepatit, virusli pnevmoniya, ORVI, xolera kasalliklariga duch kelishi mumkin. "Kir qo'llar” Osiyo va Afrika mamlakatlarida bolalar o'limiga sabab bo'luvchi asosiy omillardan hisoblanadi. YuNISEF ning ma'lumotlariga qaraganda har kuni "kir qo'llar kasalligi”- diareya bilan 5000 mingga yaqin bolalar vafot etadi. Ushbu kasallikning yarmini qo'llarni yuvish bilan oldini olish mumkin edi. Oddiy gigienik yo'l bilan, ya'ni qo'llarni yuvish bilan ko'pgina bolalar hayotini saqlab qolish mumkin. Butunjahon qo'llarni yuvish kunini nishonlash orqali ko'pgina kasalliklarni oldini olishga asos bo'ladi deb umid qilamiz. Xozirgi kunda ko'pgina mamlakatlarda maktab o'quvchilariga gigiena to'g'risida chop etilgan broshyuralar tarqatiladi.

O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya kartografiya va davlat qo’mitasi tashkil qilingan kun
15-oktabrda  O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo’mitasi hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Geodeziya, kartografiya va davlat kadastri Bosh boshqarmasi tugatilib, ularning negizida O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi (O’zdavergeodezkadastr) tashkil qilingan. Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda viloyatlar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmalari tegishli ravishda Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda viloyatlar yer resurslari boshqarmalari, yer, binolar va inshootlar davlat kadastri bosh boshqarmalari, texnik xatlovdan o’tkazish kadastr byurolari negizida; Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi Toshkent shahar yer munosabatlarini tartibga solish va ko’chmas mulk kadastri bosh boshqarmasi hamda yakka tartibdagi uy-joylarni hisobga olish va nazorat qilish boshqarmasi negizida; tumanlar (shaharlar) yer resurslari va davlat kadastri bo’limlari tegishli ravishda tumanlar (shaharlar) yer resurslari xizmatlari, ko’chmas mulk kadastri xizmatlari va texnik xatlovdan o’tkazish kadastr byurolari negizida tashkil etilishi belgilab qo’yilgan. "Kartografiya” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi negizida "Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilgan, tegishli ravishda "O’zdaverloyiha” ilmiy-loyihalash instituti hamda Geodeziya nazorati davlat inspektsiyasi tarkibidan chiqariladigan "Agroxarita” kartografiya fabrikasi va Davlat kartografiya-geodeziya fondi uning tarkibiga berilgan. 
O’zbekiston Respublikasi Geodeziya nazorati davlat inspektsiyasi O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi hhuzuridagi Davlat geodeziya nazorati inspektsiyasiga aylantirilgan.

15-oktabr Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi ochilgan kun.
1991-yil Xitoy Xalq Respublikasi O’zbekiston mustaqilligini tan olib 1992-yil diplomatiya munosabatlari o’rnatilgach, ikki mamlakat o’rtasida teng huquqli aloqalar o’rnatila boshladi. O’tgan 13 yil davomida ikki davlat o’rtasida 100 dan ortiq rasmiy hujjatlar imzolandi. 1992-yil 15-oktabrda Toshkentda Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi, 1995-yil 6-mayda Pekinda O’zbekiston elchixonasi ochildi. O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasida sheriklik munosabatlari, do’stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash to’g’risida qo’shma deklaratsiya, shuningdek, narkotik vositalarning, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi va suiiste’mol etilishiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga, texnikaviy-iqtisodiy hamkorlikka oid bitimlar imzolandi. So’nggi yillarda O’zbekiston bozorlarida Xitoy mollarining ko’payganligini kuzatish mumkin. Xitoydan O’zbekistonga texnika, elektronika, elektr jihozlari, kofe, xalq iste’mol mollari, choy va ziravor, optika priborlari va apparatlari, transport vositalari, to’qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal va boshqalar keltiriladi. O’zbekiston Xitoyga rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, mineral yonilg’i, neft va neft mahsulotlari, paxta va ipak tolasi, plastmassa va boshqalarni yuboradi. Ikki mamlakat o’rtasida madaniyat, fan, texnika va ta’lim sohasida ham hamkorlik rivojlangan. Xitoy vakillari Samarqandda o’tkaziladigan "Sharq taronalari”  xalqaro musiqa festivalida, O’zbekiston folklor jamoalari Pekinda har yili o’tadigan xalqaro madaniyat va turizm festivalida muntazam ishtirok etadilar. 2000-yilda ilmiy-texnika hamkorligi bo’yicha maxsus qo’mita tashkil etilgan 2001-yil Toshkentda Xitoy madaniy markazi tashkil topdi. 2001-yilda O’zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo’lgandan beri ushbu tashkilot doirasidagi munosabatlar rivojlanmoqda. Ayniqsa, terrorizmga qarshi kurash va O’rta Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash sohasida ikki tomonlama hamkorlik kengaymoqda. Mazkur tashkilotning yuridik asoslarini ishlab chiqish va uning amaliy vazifalarini belgilashda O’zbekiston faol ishtirok etdi. 2004-yildan O’zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasining Sinszyan-Uyg’ur muxtor rayoni televideniya kompaniyalari o’rtasida hamkorlik yo’lga qo’yildi. 1998-yil 1-dekabrda tuzilgan "O’zbekiston-Xitoy” do’stlik jamiyati munosib hissa qo’shib kelmoqda.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.