5-oktyabr Butunjahon ustoz va murabbiylar kuni 

4 201

Bugungi kunda 5-oktabr 100 dan ortiq mamlakatlarda Butunjahon ijtimoiy muallimlar kuni nishonlanadi. Ushbu bayram 1994-yil 5-oktabr kuni ta'sis qilingan. Shunday bayram kunida o'qituvchilarninig ta'lim berishdagi beqiyos o'rni, jamiyatning rivojlanishidagi ulkan hissasi qadrlanadi. 1966-yil Parijda bo'lib o'tgan muallimlarning maxsus o'rni haqidagi xalqaro hukumatlar konferensiyasi bo'lib o'tdi. Konferensiyaga binoan Yunesko va Xalqaro Mehnat tashkiloti tomonidan muhim hujjat "Ustozlarga tegishli tavsiyalar” imzolangan. Ustoz - bu zotga qancha tarif bersak oz, ustozga bo’lgan hurmat, muhabbatning cheki yo’q. U zot o’ziga nisbatan mehrni odobi, ta’lim-tarbiyasi orqali yurakka yo’llaydi. O’qituvchi bo’lish oson emas. Har bir bola turfa xil dunyo. Ularning ko’ngliga yo’l topish, yuragiga ezgulik urug’ini qadash kishidan katta matonat talab qiladi. Shunday bo’lsa-da, muallim bo’lishni orzu qiladigan, hayotini, kuch-quvvatini shu yo’lga bag’ishlaganlar har doim ham ko’plab topiladi. Ustoz – endi maktabga qadam qo’ygan o’quvchilarni darslarga moslashtirish usullari haqida saboqlar beradi. Bolani o’yin olamidan birdaniga ajratib olib, o’qishga jalb etish o’g’il qizlar xayolida mashg’ulotlar juda zerikarli va qiyin degan tushuncha shakllanib qolishiga olib keladi. Ularni ta’lim jarayoniga asta-sekin moslashtirish, dastlabki darslarni ko’proq o’yin tarzida  o’tish, bolalarga savollar berib, javobini topganlarni rag’batlantirib borish orqali yaxshi natijaga erishadi. "Donishmandlar fikriga ko’ra, bolani o’yinga to’g’ri o’rgata bilish mahorati unga olam sirlarini mutolaaga qaraganda kengroq va ishonchliroq namoyon etadi”.

5-oktabr – Germaniyada hosil bayrami
Germaniyada hosil bayramini odamlar quvonch bilan nishonlaydilar. Ularning keng tarqalgan bayramlaridan biri bu – minnatdorchilik bildirish bayramidir. Hosil bayrami Germaniyaning Katolik cherkovida oktyabrning birinchi yakshanbasida nishonlanadi. Bu bayram negizida rimning udumlari yotadi. Bayram kunlari odamlar mo’l hosil uchun shukronalar aytib, bayramni zavqu-shavq bilan nishonlashadi. Hosil bayrami xristian davridan oldin paydo bo’lgan. Katolik cherkovida 3 asrdan beri nishonlanib kelmoqda. 1972-yil oktabrining birinchi yakshanbasi bayram sifatida Germaniyaning katolik cherkovida tasdiqlangan. Qadimgi qishloq aholisi hosilni ruh qo’riqlaydi, o’stiradi deb fikr yuritishgan. Ruh dehqondan xursand bo’lsa mo’l hosil beradi, agar xafa qilsa, hosilni badnom qiladi deb o’ylashgan. Shunga asosan qadimda ruh ustidan g’alaba deb nishonlangan. Hozirda bayram munosabati bilan cherkovda oldindan tayyorlab qo’yilgan bug’doy o’rami eng chiroyli hosil bilan bezatiladi.

1910-yil 5-oktybr – Portugaliya Respublika deb e’lon qilindi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.