7-aprel Butunjahon salomatlik kuni. 

5 726

  «Xalqaro salomatlik kuni» 1948-yildan buyon Butunjahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti tashkil topgan kun 7-aprelda nishonlanadi. Shu munosabat bilan ushbu tashkilot butun dunyoda sog`liqni saqlash borasidagi eng dolzarb muammoni tanlaydi va shu kuni muammo yuzasidan tahlil ishlarini olib boradi. 2013-yil 7-aprel «Xalqaro salomatlik kuni» gipertoniya, ya’ni qon bosimining ko’tarilishiga bag`ishlandi.

  Hozirgi kunda arterial gipertoniya dunyo aholisi o’rtasida juda keng tarqalgan bo’lib, agar bemor bu kasallikdan yaxshi davolanmasa, u yurak huruji, insult (falaj), qandli diabet kabi asoratlarga olib kelishi mumkin.

  Bugungi kunga kelib katta yoshlilar orasida har uch kishidan bir kishi qon bosimi bilan og`rigan bemorlar hisoblanadi va bu kasallikning yoshdagi proporsiyasi ham oshib bormoqda: 20 va 39 yoshlilar orasida 10% ni, 50 va 59 yoshlilar orasida esa 50% ni tashkil qilayapti.

  Ba’zi rivojlangan davlatlarda kasallikning oldini olish va uni samarali davolash bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar shuni ko’rsatdiki, quyidagilarga amal qilish gipertoniya asoratlarini kamaytirishi mumkin ekan:
• Iste’molda tuzni kamaytirish;
• To’g`ri ovqatlanish;
• Alkogol ichimliklarni ichmaslik;
• Davomiy jismoniy harakat bilan shug`ullanish;
• Vazn muvozanatini saqlab turish;
• Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmaslik kabi.

7-aprel Koreya Respublikasida ustoz va murabiylar bayrami
Koreyada ustoz va murabiylar bayrami 1989-yildan beri har yili 10-sentyabrda nishonlanadi. Bayram esa rasman 1985-yil 7-aprelda ta’sis etilgan va ushbu kuni "Ustoz va murabiylar” bayrami nishonlanadi. Bu kun Kareyada ta’lim sohasi vakillari sharaflanadi. Bayramni nishonlashdan maqsad madaniy inqilob yillarida yo’qotilgan aqliy mehnat nufuzini ko’tarishdir. Bugungi kunda Kareyada zamonaviy ta’lim tizimi Yevropa nusxasiga asosan qurilgan majburiy ta’lim olti yoshdan boshlab, 9 yil davom etadi. Shundan 6 yili boshlang’ich maktabda  ta’lim bo’lib, o’rta ta’limni 1-bosqichi 3 yil davom etadi. Oliy ta’lim muassasasiga kirishni xohlaganlar oliy "Oliy maktabda” yana 3 yil o’qishlari kerak bo’ladi.  Kareya o’rta ta’lim tizimida  maktablarning o’rni alohida. Ularda o’quvchi xorijiy talabalarning foizi yuqori, ta’lim esa bir necha tilda olib boriladi. Koreyada ustoz va murabiylar kunida o’quvchilar hurmat tariqasida o’z ustozlariga gullar va sovg’alar beradilar.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.