13-oktyabr Xalqaro xatarli ofatlarni kamaytirish kuni 

2 602

Xalqaro xatarli ofatlarni kamaytirish kuni har yili 13-oktyabrda nishonlanadi. Birinchi bor BMTning General Assambleyasining rezolyutsiyasiga asosan qabul qilindi va bu kun xatarli ofatlarni oldini olishga qaratilgan -Xalqaro kun deb tan olingan. 1999-yildan boshlab BMTning General Assambleyasi bu sanani nishonlash to’g’risidagi qarorini qabul qildi. Bu kunni nishonlashdan maqsad, insonlarni, tabiiy ofatlarni oldini olishga, ularga tayyor turishga, iloji boricha ofatlardan aziyat chekuvchilarga tezlikda yordam berishga va asoratlarini imkon qadar aziyatsiz o’tishiga ko’maklashishdan iboratdir. Xatarli ofatlarni kamaytirish kunining yana bir jihati, dunyoning ofatlar tez-tez bo’lib turadigan hududlariga borib, odamlarni ofat paytida o’zlarini tutishlari va harakatlarini o’rgatishdan iboratdir. Dunyoda yer silkinishi, havo o’zgarishi (siklon)da, suv toshqinlarida, suvsizlik natijasida juda ko’pchilik vafot etadi. BMTning ma'lumotlariga ko’ra, 2004-yilda 250 mingga yaqin odam tabiiy ofatlar qurboniga aylanganlar. Bu 2003-yilgi ko’rsatkichga qaraganda 3 marotaba ko’p va 2002-yilga nisbatan 10 marotaba ko’pdir. Agarda davlatlar tabiiy ofatlarni oldini olishni yo’lga qo’ysalar millionlab insonlar hayoti saqlanib qolinar edi. Bundan tashqari, Xalqaro Qizil Yarim Oy jamiyati ma'lumotiga ko’ra, bu ko’rsatkich 1994-2003-yillarga ko’ra 3 barobar oshganini ko’rsatmoqda. Dunyoning turli nuqtalarida bo’lib o’tgan ofatlarning asoratlari hozirgi kunga qadar bartaraf qilinib kelinmoqda. Yer silkinishi natijasida ham turli, ya'ni, Kavkaz, O’rta Osiyo, Xitoy davlati, Yaponiya talofatlar ko’rmoqda. O’rtacha hisoblaganda ofatlar tufayli kuniga 184 ga yaqin odam halok bo’ladi. BMT har yili nishonlanadigan bu kunga nom beradi. Masalan: "Tog’li hududlarni saqlab qolish harakati”, "Avvalgi ofatlarni o’rganish natijasida kelgusilariga tayyor turish”, "Ofatlarni oldini olish harakatlari maktabdan boshlanadi”, "Tabiiy ofatlarda kasalxonalar harakati”, "Tinchlik-hayot uchun” shiorlari ostida bu kun o’tkaziladi. Davlat har bir ishini xalq manfaatini ko’zlagan holda amalga oshirishga harakat qiladi.

13-oktyabr Yer yuzining 6 - milliardinchi fuqarosi dunyoga kelgan kun 
1999-yil 13-oktabrda Yer yuzining 6 milliardinchi fuqarosi dunyoga keldi. U Saraeva tug'ruqxonasida 29 yoshli Fatima Xelach dunyoga keltirgan o'g'il bola hisoblanadi. Er yuzining 6 milliardinchi degan nomni shu paytda Bosniya va Gersogovinnaga rasmiy tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh sekretari Kofi Annan aniqlik kiritdi.10 ming yil oldin dunyo aholisining soni 10 mln.ga yaqin edi, bizning eramiz boshiga kelib ularning soni 200 mln. ga yetdi, 1650-yillarda -500 mln., XIX asrda - 1 mlrd., 1900-yilda aholi soni 1mlrd 660 mln., 1950-yilda 2 ta jahon urushiga qaramay-2,5 mlrdga yetdi, 1993-yilda aholi soni  5,5 mlrd edi. 1999-yil 13-oktyabrda Sarayevodagi tug’ruqxonalardan birida dunyo aholisining 6mlrd chi insoni tug’ilgan. 2006-yil 26-fevralda dunyo aholisining soni 6,5 mlrdga yetdi va bu son yiliga 2% ga ortib bormoqda. 2050-yilga kelib bu son 8,9 mlrd. ga yetishi kutilmoqda. Hozirgi kunda sayyoramizda har daqiqada taxminan 180 ta odam tug’iladi, har bir sekundda 21 ta odam tug’iladi va 19 tasi vafot etadi. Shunday qilib, Dunyo aholisi sekundiga 2 taga, 250 mingga har kuniga ko’payadi. Yiliga bu sonning miqdori taxminan 80 mln.ga teng va bu asosan taraqqiy etayotgan davlatlarga to’g’ri keladi. Dunyo aholisining bunday shiddat bilan ko’payishi ko’proq energiya va oziq-ovqatni, mineral resurslarni talab qiladi va bu holat yer biosferasiga ta'sir ko’rsatadi. 

13-oktyabr Yaponiyada sport va badan - tarbiya kuni
Bu bayram 1964-yilda Tokio shahrida Olimpiada o'yinlari o'tkazilishi sharafiga 1966-yilda ta'sis etildi. 2000-yildan boshlab bayramni sportni sevuvchilar uchun 3 kun dam olish kunini taqdim qilish maqsadida oktyabrning ikkinchi dushanbasida nishonlaydigan bo'ldilar.

1954-yilda Olimpiada o'yinlarining o'tkazilishi mamlakatda badan tarbiya va sportning rivojlanishiga turtki bo'ldi. Badan tarbiyadan farqli ravishda professional sportga Yaponiyada davlat tomonidan katta e'tibor berilmaydi. Professional guruhlar, yirik kompaniyalar va korparatsiyalar tomonidan avvalo reklama maqsadida ta'minlanadi. Sport va badantarbiya kunida butun mamlakat bo'ylab sport musobaqalari o'tkaziladi. "Sportni sevuvchi oila” kabi konkurslar o'tkaziladi. Yaponiyada havaskor sportsmenlar uchun ko'p imkoniyatlar yaratilgan. Hozirda Yaponiyada 200.000 dan ortiq sport komplekslari faoliyat yuritmoqda. Masalan Tokiodan uzoq bo'lmagan Tifa prefekturasida yopiq tog' chang'i trassasi bor bo'lib, qishin-yozin yil davomida ishlaydi va bu yer doimo sportga qiziquvchilar bilan gavjum.

13-oktyabr Belarussiyada madaniyat xodimlari kuni
13-oktabr Belarussiyada madaniyat xodimlari kuni. Oktyabrning ikkinchi yakshanbasi Belorussiyada barcha madaniyat soxasi xodimlari uchun muhim kun. Bu kunda mamlakatda madaniyat xodimlari kuni nishonlanadi. Belarus yozuvchilari va shoirlari, rassomlari va san'atkorlari, musiqachi va qo'shiqchilari, muzey va galereyalar ishchilari, san'at jamoalari rahbarlari – 65 mingdan ortiq belarussiyaliklar ushbu kasb bayramini nishonlaydilar.

 Bu bayram yaqinda – 1998-yilda Belarussiya Respublikasi prezidenti farmoni bilan ta'sis etilgan. Belarussiya davlati yosh bo'lishiga qaramasdan, uning nafaqat belaruslar balki boshqa xalqlar ham hissasini qo'shgan ko'pasrlik madaniy tarixi haqida unutmaslik kerak. Bunga misol qilib mamlakatda umumiy hisobda 15 000 dan ziyod noyob madaniyyodgorlikliklar borligidir. Bu erda biz arxitektura va arxeologiya buyumlar, muzey kolleksiyalari, kitob to'plamlarini topishimiz kerak. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.