26-sentyabr Yevropa til bayrami kuni 

2 432

2001-yil 26-sentabrdan boshlab har yili Yevropa til bayrami nishonlanadi. Bundan maqsad tillarning rang – barangligi, ta'lim berishni va o'rgatishni rivojlantirishdir. Darhaqiqat hozirda kamida bitta xorijiy tilni biluvchi odamlar kundan kunga oshib bormoqda. Chet tillarni bilish qobiliyati anchadan buyon o'rganib kelinmoqda. Ba'zi insonlar o'z ona tilini bilish qiyin bo'lsa, boshqalar esa bir nechta xorijiy tilni osongina o'rganishadi. Bu mehnat samarasiligi yoki qobiliyatdir. XXI asrda YUNESKO tomonidan "Butun umr tillarni o'rganamiz” shiori qabul qilingan. Evropa institutlarida rasman ingliz, bolgar, venger, nemis, fransuz va boshqa tillarda ta'lim olib boriladi.Evropa ittifoqi tomonidan qabul qilinadigan barcha qarorlar barcha rasmiy tillarga tarjima qilinadi. Har bir Yevropa fuqarosi Evropa ittifoqi tashkilotlariga qilgan murojatlariga javobni rasmiy tillarning birida olish huquqiga ega. Yevropa ittifoqidagi tillarning teng huquqliligiga qaramasdan, ko'pincha ingliz, fransuz va nemis tillaridan foydalaniladi. Yevropa til bayramida turli konferensiya, seminarlar, ma'ruzalar va ta'lim muassalarida ochiq darslar, konsertlar, ko'rgazmalar bo'lib o'tadi.

26-sentabr – Ekvador milliy bayrog'i kuni 
Ekvador milliy bayrog'i kuni har yili 26-sentabrda nishonlanadi. Fuqarolarning o'zi milliy bayroqni Ekvadorning shon-shuhrati tarixi va porloq kelajagi ramzi deb bilishadi. 

Ekvador bayrog'i sariq, ko'k va qizil rangli gorizontal chiziqlardan iborat bo'lib, 1860-yil 26-sentyabrda qabul qilingan. Bayroqdagi sariq rang quyosh nuri, yerning unumdorligi, tabiat boyliklari, mamlakat farovonligini, ko'k rang – osmon , daryolar va Tinch okeanni qizil rang esa ozodlik uchun kurashda vatanparvarlarning to'kilgan qonini ifodalaydi.

26-sentabr Yangi Zelandiya mustaqillikka erishgan kun

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.