Yuklanmoqda...

11-iyun "Vega 1" avtomatik sayyoralararo stansiyasi Zuhro yulduzining chegarasiga yetgan kun 

126

  1960-yili 4-iyunda Rossiya davlatining  "koinotni o‘zlashtirish loyihalari  to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi, unga ko‘ra  Mirrih va  Zuxroga  uchib boradigan raketa yaratish vazifasi qo‘yildi. 1961-yil fevralidan  1985-yili iyunigacha  Rossiya davlatida  16 ta  "Venera" koinot apparatlari  uchirilgan. 1984-yili dekabrda Zuhro yulduzini va Galleya  kometasini  tadqiqotlari  uchun mo‘ljallangan "Vega-1" va "Vega-2" kosmik apparatlari uchirildi. 1985-yili 11- va 15-iyun kunlarida ular  Zuhro yulduziga yetdilar va uning atmosferasiga  qo‘nuvchi modullar tashlashdi. Apparatlar o‘tkazgan ilmiy tadqiqotlar majmui va tajribalar natijasida sayyora atmosferasi batafsil o‘rganildi. Qaysiki - Yer  guruhidagi sayyoralarning o‘rtasida   zich hisoblanadi. Sayyora satxining katta qismi  tepalikli tekislikdan iborat,  eng baland tog‘lar 11 kilometr balandlikka ega. Ko‘p sonli tog‘ tizmalari,  yuzlab va ming kilometrgacha cho‘zilib, okean ostidagi cho‘qqilarni eslatishadi. Olimlar taxminiga ko‘ra, yaqin o‘tmishda Zuhro yulduzining yuzasi jiddiy o‘zgartirishlarga yo‘liqqan, uning yoshi bir qancha yuzlab million yil baholanadi.

11-iyun Gaz plitasi ixtiro qilingan kun
  Insonni o‘rab turgan buyum va ashyolar qanday paydo bo‘lgan? Ba'zi buyumlarning yaratilish tarixini biz bilamiz va esda saqlaymiz, boshqalarining, ular qadimda sodir bo‘lgan bo‘lsa, rivoyatga aylangan, ya'ni xech kim aniq aytolmaydi - bu voqyea aynan shunday bo‘lgan deb. Kamin (o‘choqsimon uy pechkasi) qanday paydo bo‘lgan? Kim uni o‘ylab topgan? Aytish qiyin,ehtimol, turli odamlar, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda, asta-sekin uy o‘chog‘ini mukammallashtirib, uning unumdorligini hamda xizmat vazifasini oshira borganlar. Buni Yer yuzining turli mamlakatlarida, geografik o‘rniga qarab, bir necha xil tuzilishga ega bo‘lgan kaminlarning borligi tasdiqlaydi. Oshxona plitasini esa bir inson o‘ylab topgan. Uning ismi Benjamin Franklin. Tabiatan nafaqat topqir Benjamin Franklin, tejamkor ham bo‘lgan, u amerika pechkalari yoqilg‘ini ko‘p sarf qilyotganini sezib qoldi. Kaminda hosil bo‘layotgan issiqlikning katta qismi trubadan chiqib ketardi. Franklin yangi pechkani jezdan yasadi, bu metall issiqlikni o‘ziga tortib oladi va keyin plitaga qo‘yilgan choynakni isitadi. Bu ixtiro 1742-yil 11-iyunda sodir bo‘lgan deb hisoblanadi. Franklin o‘z yangiligini patentlashni hoxlamadi. Zamonaviy oshxona plitalari, albatta, o‘sha birinchi modelga o‘xshamaydi, odamlar allaqachon o‘choq, alanga, uy isitish hamda ovqat tayyorlash bog‘liqligidan qutulishgan. Ammo oshxona plitasi qanday paydo bo‘lishi tarixini biz unutmadik.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash