2-yanvarda Xitoy Xalq Respublikasi bilan diplomatik aloqa o‘rnatildi. 

2 163

1991-yil Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston mustaqilligini tan olib, 1992-yil diplomatiya munosabatlari o‘rnatila boshladi. O‘zbekiston bilan Xitoy o‘rtasida sheriklik munosabatlari, do‘stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiya, shuningdek, narkotik vositalarning, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi va suiiste’mol etilishiga qarshi kurashda hamkorlik qilishga, texnikaviy-iqtisodiy hamkorlikka oid bitimlar imzolandi. Xitoydan O‘zbekistonga texnika, elektronika, elektr jihozlari, kofe, xalq iste’mol mollari, choy va ziravor, optika priborlari va apparatlari, transport vositalari, to‘qimachilik mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal va boshqalar keltiriladi. O‘zbekiston Xitoyga rangli metallar va ulardan tayyorlangan buyumlar, mineral yonilg‘i, neft va neft mahsulotlari, paxta va ipak tolasi, plastmassa va boshqalar yuboriladi.

Ikki mamlakat o‘rtasida madaniyat, fan, texnika va ta’lim sohasida ham hamkorlik rivojlanmoqda. Xitoy vakillari Samarqandda o‘tkaziladigan "Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalida, O‘zbekiston folklor jamoalari Pekinda har yili o‘tadigan xalqaro madaniyat va turizm festivalida muntazam ishtirok etadi. 2000-yilda ilmiy-texnika hamkorligi bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil etilgan. 2001-yil Toshkentda Xitoy madaniy markazi tashkil topdi.

 
2001-yilda O‘zbekiston Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgandan beri ushbu tashkilot doirasidagi munosabatlar rivojlanmoqda. Ayniqsa, terrorizmga qarshi kurash va O‘rta Osiyoda xavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik kengaymoqda. Mazkur tashkilotning yuridik asoslarini ishlab chiqish va uning amaliy vazifalarini belgilashda O‘zbekiston faol ishtirok etdi. 2004-yildan O‘zbekiston va Xitoy Xalk Respublikasining Sinszyan-Uyg‘ur muxtor rayoni televideniya kompaniyalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

 
2-yanvar Yerning birinchi avtomatik sayyoralararo stansiyasi "Luna-1” uchirilgan kun.
"Luna-1” stansiyasi joylashgan uchish apparatining ko‘tarilishi va raketa uchishini ta’minlaydigan uchchala qismining parvozi yaxshi o‘tdi. 1959-yilning 3-yanvaridan raketaning uchinchi qismidan maxsus qurilma orqali og‘irligi 1 kilogramm chiqadigan natriy buluti chiqarildi. Bu bulutni bir necha minut mobaynida oltinchi samoviy kattalikdagi kometadek Yerdan kuzatishdi.Biroq "Luna-1” radioboshqaruvi Avtomatik Sayyoralararo Stansiya  uchun lozim bo‘lgan orbitaga chiqa olmadi. Natijada Oy sathiga qo‘nish rejasi amalga oshmadi. Raketa uchganidan 62 soat keyin akkumulyatorlar o‘tirib qolgani bois stansiya bilan aloqa yo‘qoldi. "Luna-1” stansiyasi Yerdan 500000 kilometr uzoqlikdagi geliotsentrik orbitagan chiqdi va taxminan 450 sutka bir marta aylanadigan Quyoshning birinchi sun’iy yo‘ldoshiga aylandi. 1959-yilning sentyabrida Boyqo‘ng‘ir kosmodromidan o‘zida "Luna-2” avtomatik stansiyasi bo‘lgan "Vostok-L”raketasi uchirildi. Aynan shu "Luna-2” birinchi marta Oy yuzasiga qo‘ndi.

 
2-yanvar Lui Dager Oyning birinchi fotosuratini olgan kun
Oy - boshqalariga  nisbatan ko‘p qadim zamonlardan buyon Yer atrofida aylanishiga hech kimda ikkilanishga shubha qoldirmagan yagona osmon jismi hisoblanadi. Oy Yerning yagona yo‘ldoshi hisoblanadi va undan o‘rtacha 384 400 km masofa uzoqlikda joylashgan. Oy quyosh yorug‘ligining aksi bilan yorishib ko‘rinadi. quyoshning kuchli faolligidan so‘ng Oy sirti ba’zi qatlamlari lyuminessensiya ta’sirida xira yorishib ko‘rinishi mumkin. Oy librasion ta’sirni hisobga olmaganda o‘z ko‘tarilish kuchi sharofati bilan Yer sathiga doim bir tomonlama ko‘rinib turadi. Shunga ko‘ra, Oy bir oy mobaynida Yer atrofida aylanadi, hammaga ma’lum bo‘lgan almashinish fazasi hodisasi yuz beradi. Yerdan faqat Oyning yorishgan tomoni ko‘rinadi. Shu davr mobaynida Yer, Oy va Quyoshning tashqi ko‘rinishidagi nisbiy o‘zgarish sababli Oyning aylanishi uzluksiz  o‘zgarib turadi. Oy yuzasi bo‘yicha tadqiqotlar Yerdan va kosmik apparatlar yodamida o‘tkazilgan. Oyning birinchi fotosuratini 1839-yilning 2-yanvarida Lui Dager amalga oshirgan. Va 1839-yilning avgust oyidagina keng jamoatchilikka suratga olish jarayoni tanishtirilgan. Bir yildan so‘ng, 1840-yilda AQShlik olim J.U.Dreyper Oyning teleskop orqali suratini olishga erishdi. Yupiter, Saturn va Uranga bo‘lgan kosmik apparatlar parvozlardan olingan ilmiy ma’lumotlar Oy Quyosh sistemasidagi boshqalardan ajralib turadigan tabiiy yo‘ldosh  ekanligini tasdiqladi. Uning o‘nqir-cho‘nqir kraterlardan tashkil topgan sathi - suv va atmosferasi yo‘q unumsiz kenglik hisoblanadi.  Bunga 1969-1972-yillarda "Apollon”dasturini Oyga sirtida olib borgan astranavtlar amin bo‘ldilar.  1969-yilning 21-iyulida inson Oyga birinchi bor qadam qo‘ydi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.