Yuklanmoqda...

2-iyun Avstraliyaga asos solingan kun va Italiya Respublika bo’lgan kun


2-iyun Avstraliyaga  asos solingan  kun 
 2-iyun (sana 2014-yil uchun) Avstraliya hududining uchdan bir qismida- g’arbiy Avstraliya shtatida  har yili o’tkaziladigan rasmiy bayram - Avstraliyaga  asos solingan  kun (Foundation Day). Shtat yozgi va qishki vaqtlarga o’tmasligi bilan mashhur. Rasmiy ravishda asos kuni shu yerda 1-iyunda nishonlanadi, lekin, urf-odatga ko’ra, bayram chora-tadbirlari iyunning birinchiga dushanbasiga to’gri keladi. Garbiy Avstraliya aholisi o’zining tarixiga juda ham jiddiy qarashadi va  o’z ildizlarini juda yaxshi bilishadi. Shuning uchunki, ularda asos kuni bor. 1829-yili 1-iyunda  g’arbiy sohildagi  birinchi kuchib kelganlar o’zlarining Britaniyadan Yashil kontinentga,  Svan  daryosidagi koloniyaga,  sayohatlarini  tugatishdi. Ular kapitan Jeyms Stirling boshkaruvidagi "Parmeliya" (Barque Parmelia) kemasida yetib kelishdi. Kuchli shamol bir qancha kun sayohatchilarni qirg’oqqa oyoq qo’yishga bermadi va ular o’zining yangi yerini  suvdan turib o’rganishgan. Garchi ular qirg’oqqa rasmiy ravishda keyinroq tushgan bo’lsalarda, 1 iyun mamlakat  g’arbiy qismi aholisi uchun asos solingan kun bo’ldi. G’arbiy Avstraliya bugun - bu 200 xil millat, 170 tilda gapiradigan  va deyarli 100 xil dinga e’tiqod qiladigan 2 million kishi. Eslatamiz, 26 yanvar Yashil kontinentda yana bir muhim bayram -  Avstraliya kuni nishonlanadi.

 
2-iyun Italiya Respublika bo’lgan kun
  1946-yili 2-iyunda Italiya Respublika bo’ldi. 2-iyunda italiyaliklar 1946-yilda sodir bo’lgan muhim voqyealarni xotirlaydilar va Respublika kunini (Republic Day inItaly) nishonlaydilar. Bu kun davlat boshqaruvida yangi sistemalar tug’ilgan kuni hisoblanadi - shu kuni Italiyada monarhiya barxam topdi va jumhuriyatga oid boshqaruvga o’tdi. Ikkinchi jahon urushi tugab, fashizm yiqilgandan keyin Italiyada konstitutsiyaviy referendum bo’lib o’tdi, unda fuqarolarga davlat tuzilishini tanlash taqdim etildi: monarhiya yoki respublika. Va mana 1946-yili 2-iyunda Italiyada aholi hammasi (hatto birinchi marta ayollarni qo’shib hisoblaganda!) saylovga keldi. Deyarli 55% qatnashganlar respublika uchun ovoz berishdi. Shuning uchun Italiyada 2-iyun respublika tug’ilgan kuni deb hisoblanadi. Bayram 2000-yili 20-noyabrda Prezident tomonidan tasdiqlangan Milliy bayram haqidagi qonunga mos ravishda davlat bayrami hisoblanadi.

 2-iyun Tailandda Ananaslar festevali
  Ananas - allaqachon stolimizda kamyob narsa emas. Boshida barglar sultoni bilan bu ekzotik meva endilikda an'anaviy  mandarin va apelsinlarning  qatoridan joy oldi. Tailandning Lampang viloyatida, har yili shu sevimli mevaga bag‘ishlangan bayram o‘tkaziladi. Bu bayramning nomi "Ananas  festivali”dir. Bayram iyunning birinchi dam olish kunlarida boshlanib uch kun davom etadi. Bu o‘ziga xos Hosil bayrami, chunki aynan shu kunlarda butun mamlakat bo‘yicha ananas hosilini yig‘ishadi. Lampangga boshqa viloyatlardan mehmonlar, fermerlar, ishbilarmonlar, xalq ijodiy jamoalari va,albatta, ko‘plab turistlar kelishadi. Yillar o‘tib bayram o‘z an'analariga ega bo‘ldi. Festival ishlab-chiqaruvchilarning, qayta ishlovchilarning va yetkazib beruvchilarning amaliy tadbirlaridan boshlanadi. Tajriba almashish seminarlari va uchrashuvlari o‘tkaziladi, yetkazib beruvchilar va qayta ishlovchilar o‘rtasida shartnomalar tuziladi,  ananaslarning turli navlarini mahsus ko‘rgazmalari  uyushtiriladi, u yerda ananaslardan tayyorlangan har xil shirinliklar va ovqatlardan totib ko‘rish va turli yodgorliklar xarid qilib olish mumkin. Amaliy tadbirlardan so‘ng ananaslar bilan to‘ldirilgan va bayramona yasatilagan aravalarning an'anaviy tantanali yurishi bo‘ladi,aravalarni qo‘shiq aytib o‘yin tushayotgan qatnashuvchilar kuzatib borishadi. Bayram mushakbozliklari, meva sharbatlari - hammasi xursandchilikni oshiradi,  milliy kolorit, iliq dengiz, yam-yashil o‘simliklar va yorqin bayram mehmonlarda unutilmas taasurot qoldiradi, ular raqs, qo‘shiq aytish, sport konkurslarida ham qatnashishlari mumkin. Ananaslardan nafaqat  noz-ne'mat tayyorlanadi, hozirgi vaqtda ularni haykaltaroshlikda ham xom ashyo sifatida ishlatilyapti. Festivalning so‘nggi kunida go‘zallik konkursi o‘tkaziladi, unda  "Miss Ananas” saylanadi. Ananaslar Festivali ko‘plab turistlarni chaqiradi,  ular uchun festival tay go‘zalliklarini to‘ldiradi. Lekin, Tayland - ananas festivali o‘tkazadigan yagona mamlakat emas. Boshqa mamlakatlarda ham bu ajoyib mevaning dong‘i chiqqan. Masalan, Xindiston, Florida va Gavay  (AQSH),  San-Migel (Azor orollari),  Bagam orollarida, Malayziya, Mozambiklarda ham ananas festivali o‘tkaziladi.

 2-iyun Ozarbayjonda fuqaro aviatsiyasi kuni
  Har yili 2-iyunda Ozarbayjonda aviatsiya sohasida xizmat qiluvchilarning professional bayrami grajdan aviatsiyasi kuni nishonlanadi. Bu bayramni nishonlash 2006 yil 18 mayda Ozarbayjon prezidentining farmoni bo‘yicha ta'sis etilgan. Bu sanani belgilanishi tarixi 2-iyun 1938-yilda Ozarbayjonda birinchi aviatsiya guruhi tashkil qilingan kun bilan bog‘langan. 9-oktyabr 1992-yil Ozarbayjon Respublikasi Xalqaro Grajdan  Aviyatsiyasi tashkilotiga  a'zo bo‘lish  huquqiga ega bo‘ldi. 2002-yilda Yevropa Grajdan Aviatsiyasi Konferensiyasiga a'zo bo‘ldi va har yili хalqaro grajdan aviatsiyasi tashkilotlari bilan hamkorlikda ish olib bordi. Hozirgi kunda Ozarbayjon  bilan 29 ta  davlat havo yo‘li bilan  shartnomalar tuzgan. Ozarbayjon aviatsiyasi samalyotlari jahonning 32 mamlakatlariga qatnaydi. Yo‘lovchilarni  va yuklarni tashish "Boeing-757”, "Boeing-767”, "Airbus-319”, "Airbus-320”   va   "Airbus-340-500” samalyotlarida amalga oshiriladi.

Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma'muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing! Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!

Sharhlar