Yuklanmoqda...

7-aprel Butunjahon salomatlik kuni. 

595

  «Xalqaro salomatlik kuni» 1948-yildan buyon Butunjahon Sog`liqni Saqlash Tashkiloti tashkil topgan kun 7-aprelda nishonlanadi. Shu munosabat bilan ushbu tashkilot butun dunyoda sog`liqni saqlash borasidagi eng dolzarb muammoni tanlaydi va shu kuni muammo yuzasidan tahlil ishlarini olib boradi. 2013-yil 7-aprel «Xalqaro salomatlik kuni» gipertoniya, ya’ni qon bosimining ko’tarilishiga bag`ishlandi.
  Hozirgi kunda arterial gipertoniya dunyo aholisi o’rtasida juda keng tarqalgan bo’lib, agar bemor bu kasallikdan yaxshi davolanmasa, u yurak huruji, insult (falaj), qandli diabet kabi asoratlarga olib kelishi mumkin.
  Bugungi kunga kelib katta yoshlilar orasida har uch kishidan bir kishi qon bosimi bilan og`rigan bemorlar hisoblanadi va bu kasallikning yoshdagi proporsiyasi ham oshib bormoqda: 20 va 39 yoshlilar orasida 10% ni, 50 va 59 yoshlilar orasida esa 50% ni tashkil qilayapti.
  Ba’zi rivojlangan davlatlarda kasallikning oldini olish va uni samarali davolash bo’yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar shuni ko’rsatdiki, quyidagilarga amal qilish gipertoniya asoratlarini kamaytirishi mumkin ekan:
• Iste’molda tuzni kamaytirish;
• To’g`ri ovqatlanish;
• Alkogol ichimliklarni ichmaslik;
• Davomiy jismoniy harakat bilan shug`ullanish;
• Vazn muvozanatini saqlab turish;
• Tamaki mahsulotlarini iste’mol qilmaslik kabi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.