28-yanvar O‘zbekiston milliy universitetiga "Milliy universitet" maqomi berilgan kun 

2 224

2000-yil 28-yanvar - O‘zbekiston milliy universitetiga milliy universitet maqomi berilgan kun. O‘zbekiston milliy universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti (O‘zMU) – 1918-yil 12-mayda ma’rifatparvar Abdurashidxonov tashabbusi bilan Musulmon xalq dorilfununi sifatida Toshkent shahrida ochilgan. 1918-19-yillarda Turkiston xalq universiteti, 1919-yildan Turkiston davlat universiteti, 1923-yildan O‘rta Osiyo davlat universiteti (SAGU), 1960-yildan Toshkent davlat universiteti (ToshDU) deb nomlangan. 1995-yil Mirzo Ulug‘bek nomi berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 28-yanvardagi farmoniga muvofiq, universitetga milliy universitet maqomi berildi va hozirgi nomi bilan ataldi.

28-yavnar "O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tashkil etilgan.
Mustaqillik yillari "O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi tuzilib, "Toshkent” aeroporti bu tuzilmaga kiritilgach, aeroport va uning yaqinidagi infratuzilmalarni modernizatsiyalash bo‘yicha bir qancha loyihalar amalga oshirildi. "Toshkent” aeroporti ikkita – "janubiy” va "shimoliy” uchish- qo‘nish polosasiga ega. Aeroportda uchish-qo‘nish polosalaridan tashqari magistral va kichik yo‘laklar, umumiy maydoni 58 gektar bo‘lgan perron bor. Mazkur perron uzoq va o‘rta magistrallarga parvoz qiluvchi 110 ta samolyot to‘xtash joyiga ega,shu jumladan bevosita aerovokzal oldida 4 ta to‘xtash joyi bor. 2001-yil asosiy yo‘lovchilar terminali to‘liq rekonstruksiya qilindi, bunda markaziy havo yo‘llari aerovokzali zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi va birmuncha qulay holatga keltirildi. Aerovokzaldan har soatda 1000 dan ortiq yo‘lovchi o‘tishi mumkin.Yiliga 2 mln.dan ortiq yo‘lovchi uning xizmatidan foydalanadi. "Toshkent” aeroportidan muntazam ravishda ichki yo‘nalishlar bo‘yicha O‘zbekiston viloyatlari markazlariga, shuningdek, xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha MDH mamlakatlari, Yevropa, Osiyo, Shimoliy Amerika mamlakatlarining 50ga yaqin shahriga samolyotlar parvoz qiladi. "Toshkent” aeroportidan zamonaviy Boing -767-300ER, Boing-757-200, A-310, RJ-85, Il-114-100, Tu-154, An -24, Yak-40 rusumli yo‘lovchilar tashiydigan, shuningdek ,Il-76 va boshqa xil yuk samolyotlari parvoz qiladi.

28-yanvar - Xalqaro shaxsiy ma'lumotlarni muhofazalash kuni.
Ba'zi davlatlarda bu kun «Sir tutiladigan kun» deb yuritiladi. Bu bayramning maqsadi, internet foydalanuvchilari turli tarmoqlardan qoidaga rioya qilgan holda, o'zlarining real va virtual hayotlarini muhofazalashda yordam beradi. Bu sanani nishonlash 2006-yil 26-aprelda Yevropa Kengashi vazirlari qarori asosida joriy qilindi. Bu sana Evropa Kengashining 1981-yil 28-yanvardagi «Shaxsiy ma'lumotlarga qayta ishlov berishni avtomatlashtirish maqsadida shaxslarni muhofazalash to'g'risida»gi Konvensiyasining bir yilligi bilan birga nishonlanadi. «Shaxsiy ma'lumotlarga qayta ishlov berishni avtomatlashtirish maqsadida shaxslarni muhofazalash to'g'risida»gi Konvensiya birinchi xalqaro shaxsiy ma'lumotlarni muhofazalash majburiyatini, inson shaxsi daxlsizligi va haq-xuquqini namoyonligini ta'minladi. Konvensiyada belgilangan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlash va himoyalashning asosiy prinsiplari: halollik va qonuniylikka asoslangan. Shu prinsiplarga amal qilingan holda shaxsiy ma'lumotlarni saqlash ko'zda tutilladi. Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha belgilangan havfsizlik choralarini ularning tasodifiy yoki noqonuniy yo'qolishini oldini oladi, shuningdek, shaxsiy ma'lumotlarga noqonuniy kirishni va ularni tarqalishini himoyalaydi. Axborot va telekommunikasiyaning tezda rivojlanishi bilan yangi texnalogiyalarni kirib kelishi, innovasion, global, integrasion jarayonlarni tarqalishi sababli Konvensiya shaxsiy ma'lumotlarni himoyalash bo'yicha asosiy manba bo'lib kelmoqda. Xalqaro xamkorlik shunday hulosaga keldiki, bu Konvensiya oddiy, qisqa va texnologik neytralь instrument bo'lib qolishi kerak, shu qatorida yangi, zamonaviy va kelajak texnologiyalarini qabul qiladi. Hozirgi kunda ishchi guruhi tomonidan bu Konvensiyaning yangi taxriri ustida shaxsiy ma'lumotlarni saqlash standartlarini malakasini oshirish maqsadida nafaqat Evropada balki butun dunyo bo'yicha ish olib borilmoqda. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.