1-fevral - AQShda Milliy ozodlik kuni. 

3 258

Milliy ozodlik kuni har yili AQShda 1-fevral kuni nishonlanadi. 1865-yilning 1-fevralida AQSh Prezident Avraam Linkoln "Qullikni bekor qilish to‘g‘risida”gi AQSh Konstitutsiyasiga 13-o‘zgartirishni kiritish bo‘yicha  Kongress rezolyusiyani imzoladi. "Qullikni bekor qilish to‘g‘risida”gi AQSh Konstitutsiyasiga 13-o‘zgartirishni kiritish bo‘yicha  Kongress rezolyusiyasida shunday deyilgan: " AQShda va ularning hukmronligi yetadigan barcha yerlarda qullik va majburiy mehnat bo‘lishi mumkin emas, bundan tashqari jinoiy ishlar uchun jazolanish,  aybdorga qilgan jinoyati uchun odilona  hukm chiqarilishi kerak”. Bu o‘zgartirish 1865 yil 18 dekkabrda tasdiqlangan, lekin Milliy ozodlik kuni 1942-yilning 1-fevral kunida birinchi marta nishonlangan, garchi shu davrda bu bayram rasmiy joriy qilinmagan bo‘lishiga qaramay. Shu paytdan boshlab AQShdagi ozodlik va mustaqillik ramzi bo‘lmish - Ozodlik qo‘ng‘irog‘iga gulbamchar qo‘yish marosimi boshlandi. 1948-yil 30-iyunda Prezident Garri Trumen Milliy ozodlik kuni bayramini  rasmiy tarzda 1-fevralda nishonlash haqidagi qonunni imzoladi. Milliy ozodlik kuni bayramini  barcha shtatlarda keng nishonlanadi, lekin dam olish kuni deb belgilanmagan Ozodlik qo‘ng‘irog‘iga gulbamchar qo‘yish marosimi doimiy ravishda har yili o‘tkaziladi. Bayramga bag‘ishlangan musiqali chiqishlar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, hujjatli va badiiy filmlar namoyishlari –  bu tadbirlarning barchasi Ozodlik mavzusi ostida tashkil qilinadi.

1-fevral -  Fransiyaning Tuluza  shahrida  Binafshalar festivali bayrami
Tuluzani  "pushti” shahar va binafshalar poytaxti deb atashadi. Shuning uchun ajablanarli emas, har yili fevralning boshida Tuluzada ikki haftalik Binafshalar festivali bayrami o‘tkaziladi. Bu chiroyli gul 1960-yildan Tuluza  shahrining   ramzi bo‘lib, tuluza binafshasining mashhurligi sababli, uni  atir, liker va shirinliklar ishlab chiqarishda xom ashyo sifatida keng qo‘llash boshlandi. Aynan shu sohaning vakillari 2003-yilda Binafshalar festivali bayramining tashabbuskorlari bo‘lishgan, shundan so‘ng bu bayram mashhur bo‘lgan. Binafshalar poytaxti  butun dunyodan kelgan barcha mehmonlar  va ishtirokchilarni  ijod qilingan gullarni tomosha qilishga va turli mavzulardagi konferensiyalarda ishtirok etishga taklif qiladilar.

1-fevral Malayziyada "Federal territoriyalar kuni” bayrami
1-fevralda Malayziyada har yili  davlat bayrami  - "Federal territoriyalar kuni" bayrami nishonlanadi.  Bayram uchta federal territoriyalarda - Kuala Lumpur, Putarajaya va Labuanda nishonlanadi. Federal territoriyalar - bu Malayziya markaziy hukumati tomonidan  bevosita boshqariladigan territoriyalardir. Bu bayram  Kuala Lumpur federal territoriyasi tashkil qilingan   kunida nishonlanadi.  Federal territoriyalar kuni bayrami 1974-yil 1-fevralda e’lon qilingan. 1984-yilning 17-mayida ikkinchi federal territoriya  Labuan bo‘ldi, 2001-yilning 1-fevralida Malayziyaning uchinchi federal territoriyasi Putarajay bo‘ldi. Kuala-Lumpur – Malayziyaning poytaxti, 1972-yil 1-fevralda poytaxt maqomini olgan va 1974-yilda federal territoriya deb e’lon qilingan. Mamlakatning muhim iqtisodiy, savdo-moliya va siyosiy markazi. Federal poytaxthududining ma’muriy markazi. Malakka yarim orolining janubiy-g‘arbiy qismida, tog‘lar bilan o‘ralgan xushmanzara vodiyda, Klang va Gombak daryolarining qo‘shilish yerida joylashgan. Iqlimi tropik mussonli, nam iqlim (nisbiy namlik 96% gacha), yog‘in ko‘p yog‘adi (yiliga o‘rtacha 2440 mm) va yil davomida temperatura yuqori bo‘ladi (o‘rtacha yillik temperatura 28,20). Kuala-Lumpur muhim transport yo‘llari tuguni. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Temir yo‘l va shosse yo‘l orqali Malakka bo‘g‘ozi sohilidagi Port-Suettenem shahri bilan bog‘langan. Muhim savdo-taqsimot punkti, kon sanoati va qishloq xo‘jaligi rayonining markazi. To‘qimachilik, elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat, kimyo, sement, yog‘ochsozlik, metallsozlik sanoati, temir yo‘l jihozlari ishlab chiqarish, avtomobil yig‘ish korxonalari mavjud. Texnologiya universiteti, Malayziya universiteti, milliy muzey, kutubxonalar bor. Shaharning markaziy qismida hukumat ma’muriy binolari, savdo firmalari, yirik banklar joylashgan. Me’moriy yodgorliklardan masjid, Mariammam ibodatxonasi va boshqalar saqlangan.


1-fevral Geograf olim Dolimov No'mon Dolimovich tavallud topgan kun
Dolimov No'mon Dolimovich 1906-yil 1-fevralda Toshkentda tavallud topgan. Geograf olim, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1970), Toshkent kechki pedagogika institutini tugatgan (1940). Geografiya fanlari nomzodi (1944), dosent (1945). O'rta Osiyo davlat universiteti ( keyinroq ToshDU deb atalgan) geografiya fakulteti dekani (1945-68). Ilmiy faoliyati O'zbekiston tabiatini o'rganishga, lug'atlar, tabiiy geografiyadan darsliklar, o'quv geografik xaritalari, atlaslar yaratishga bag'ishlagan. O'quv adabiyotlarini o'zbek tiliga tarjima qilishda qatnashgan. 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.