26-fevral Amerika Qo‘shma Shtatlari aholisi Milliy pista(handon pista) kunini nishonlaydi. 

124


26-fevral Amerika Qo‘shma Shtatlari aholisi  ko‘p sonli norasmiy "gastronomik” bayramlar ichida – Milliy pista (handon pista) kunini nishonlaydilar. Qandolatchilikda pistalarni yong‘oqlilar oilasiga kiritadilar, ammo botanika nuqtai nazaridan kelib chiqqanda pistalar-bu meva urug‘ tanali buta yoki Sumaxovlar oilasiga mansubdirlar. Pistaning vatani- Osiyo, ammo bugungi kunga kelib ular O‘rtayer dengizida, Shimoli-Sharqiy Afrikada, Markaziy va Shimoliy Amerika (Texas, Kaliforniya)da  ham keng tarqalgan. Xandon pistalar kuchli oziq-ovqat qimmatigi ega, uni 2,5 ming yil avval taom tayyorlashda ishlatishgan. Xandon pistani yangi pishgan, qovurilgan va tuzilgan  holda, qandolat maxsulotlari tayyorlash uchun ishlatishadi. Pista mag‘zini miyani juda ko‘p ishlatishda iste’mol qilishni tavsiya etadilar, chunki ular umummustahkamlash va quvvatni oshirish hususiyatiga ega. Amerika Qo‘shma Shtatlari dunyo bo‘yicha xandon pista ishlab chiqaruvchi yirik davlatlarning o‘ntaligiga kiradi. Asosiy plantatsiyalar iliq yarimcho‘l ob-havoga ega  shtatlarda joylashgan, ya’ni Kaliforniyada va janubiy Texasda. AQShda Milliy xandonpista kunidan 10 kun avval  Milliy bodom kunini nishonlashadi, bodomni ham pista kabi,  Kaliforniyada yetishtirishadi. 

26-fevral Germaniyada birinchi "xalq” avtomobili "Folksvagen” ishlab chiqarilgan kun. 
26-fevral (1936-y) Germaniyada birinchi "xalq” avtomobili "Folksvagen” ishlab chiqarilgan. Ishlab chiqaruvchi, avtokonstruktor Ferdinand Porshe, 1931-yilning martida "Porshe konstruktorlik byurosi” tashkil etib, avtomobil, samolyot va kemalar uchun dvigatellar ishlab chiqarish bilan shug‘ullana boshladi. Uning orzusi narxi aholining keng qatlami uchun to‘g‘ri keladigan avtomobil yaratish edi. O‘sha paytda hokimiyat tepasiga kelgan sinf vakillari bergan buyurtma Porshening orzusi amalga oshishiga imkon bo‘ldi. 1936-yilning 26-fevralida Germaniyaning Shtutgart shahrida birinchi xalq avtomobili "Folksvagen” ishlab chiqarildi. 1937-yilda "Folksvagen” seriyali ravishda chiqarila boshladi. Shuningdek, yalpi ishlab chiqarish Germaniyada yirik avtozavod qurishga qaror qabul qilindi. Uning qurilishi 1938-yilda Volfsburg shahrida boshlandi. Bu zavod ilk ko‘rinishida 1944-yilgacha mavjud edi. Urush davrida ba’zi bir ishlab chiqarish binolarini hisoblamaganda bu zavod amerika aviatsiyasi tomonida deyarli  yo‘q qilindi. Urushdan keyingi yillarda 1945-yilda "Folksvagen” kompaniyasiga 20000 avtomobil ishlab chiqarishga buyurtma bergan ingliz hukumati zavodni tiklash ishlarini  o‘z zimmasiga oldi. Ikkinchi jahon urushi tugagandan so‘ng 27 yildan keyin "Folksvagen” eng ko‘p sotiladigan avtomobilga aylandi. Ferdinand Porshe o‘z ixtirosining mag‘rur sohibi sifatida avtomobilning birinchi chizmalaridan tortib jahonshumul darajaga yetguncha shuhrat qozondi. 1955-yilda millioninchi "Folksvagen”ning ishlab chiqarishning tantanali  marosimi bo‘lib o‘tdi.  

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

kodni yangilash