5-mart Filamand kartografi Merkator Gerard tavallud topgan kun. 

2 212


 Merkator (Kremning lotinlashtirilgan familyasi) Gerard (05.03.1512 – 12.02.1594) – Filamand kartografi.  Aniq optik asboblar tayyorlash va xaritalar nashr qilishi bilan shug’ullangan. 1552-yil Duysurg shahri (Germaniya)ga ko’chib o’tgan. Muvjid haritagrafik materiallarini tanqidiy qarab chiqib,   Merkator xaritalar tuzishning yangi, matematik asoslangan prinnsiplarini, xususan,  bir nechta xaritagrafik proeksiyalarni taklif etadi; bularning eng mashhuri teng burchakli silindrik proeksiya asosida tuzilgan dunyo xaritasi (1569) (q.Merkator proeksiyasi). Bu proeksiya jahonda eng ko’p tarqalgan va o’sha vaqtdan hoz.qadar bu proeksiyada burchaklrni aniq tasvirlovchi dengiz navigatsiya xaritalari, aeronavigatsiya va b. xaritalar tuziladi. M.Yer magnetizmini tadqiq qilib, magnit qutbi koordinatini hisoblab chiqdi. Asosiy ilmiy ishi - Yevropa mamlakatlarining "Atlas” deb atalgan xaritalari to’plami (1595, vafotidan keyin nashr qilingan). "Atlas” so’zboshisida geografiya predmeti va vazifalari bayon qilingan.


 5-mart Belgiyada onalar bayrami
5-mart kuni Belgiyada nishonlanadigan Onalar kuni bayrami yilning eng muhim bayramlaridan biridir. Mazkur bayram Belgiyada ham o’zining qadimiy an’analariga ega bo’lib u 1832-yildan boshlab milliy bayram statusiga ega bo’ldi. Xuddi XX-asrda bo’lgani kabi bugun ham Onalar bayramiga  Belgiyaliklar onalariga sovg’alar sotib olishadilar. Ushbu bayram munasabati bilan ko’p insonlar o’zlarining ish o’rinlarida bo’lmasdan balki uyda-oila davrasida bo’ladilar hamda ular Onalarga xaqiqiy bayram tuxfasini hozirlaydi. Ushbu kun onalar atrofida bo’lishga harakat qiladi. Ammo bu bayramni nishonlash an’anasi xar bir muayyan oilaning o’ziga xos jixatlariga bog’liq bo’ladi. Bir narsa o’zgarmasdan qoladiki ushbu kun barchada xushchaqchaqlik kayfiyati xukum suradi, chunki bu bayramning eng asosiy maqsadi: Bosh inson bo’lgan onaga xurmat ko’rsatishdan iborat bo’ladi. Onalar kuni ko’pchilikni bu bayramning qanday va kim tufayli paydo bo’lganligi savoli qiziqtiradi. Ammo ushbu masala bo’yicha bir xil fakir mavjud emas balki ushbu kun birinchi marta qanday nishonganligi haqida ko’plab farazlar mavjud. Boshqa mamlakatlarda Onalar kuni turli vaqtlarda nishonlanadi. Xamda mamlakatning madaniyati va u mamlakatlarda yashaydigan xalqlarning odatlariga bog’liq bo’ladi. Onalar kuni bayramining ildizi qadimgi Gretsiyaga borib taqalishi haqida yetarlicha fikrlar mavjud, chunki qadimiy Gretsiyada onalarga xudo sifatida tazim qilish odati bo’lgan. Agar ular onalari bilan birga bo’lmasalar qo’ng’iroq qilishadi, telegramma jo’natishadi. Agar onalari vafot etgan bo’lsalar ularning qabrlariga borib xotirlaydilar. Shuningdek ko’pchilik o’zlarining onalariga bayram tushligi yoki kechki ovqatlar tashkil etadilar yoki onalari bilan konsertlarga hamda sayru-sayoxatlarga chiqishadi. Belgiyaning ayrim shaharlarida yana bitta qiziq an’ana mavjudki Onalar kuniga bag’shlab mo’dalar ko’rgazmasi tashkil etiladiki u ko’rgazmalarda madellar sifatida onalar ishtirok etadilar. Onalar yangi kiyimlarni, aksesuarlarni va taqinchoqlarni namoyish etadi. Albatta onalar bayramida buvilarini hamda tutingan onalarini ham tabriklashadi. Chunki ular ham onalaridir. Yevropa mamlakatlarida hamda Amerika Qo’shma Shtatlari, Kanada, Avstriya, Belorussiya, Daniya, Estoniya, Filyandiya, Germaniya, Drezden, Gretsiya, Islandiya, Ispaniyada  esa mart oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.