6-fevral Тabiiy geograf va glyatsiolog Korjenevskiy Nikolay Leopoldovich tavallud topgan kun.
Korjenevskiy Nikolay Leopoldovich (1879.6.2, Vitebsk guberniyasi – 1958.31.10, Toshkent) – tabiiy geograf va glyatsiolog. O‘zbekistоn Fanlar Akademiyasi muxbir a’zosi (1947). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939). Geografiya fanlari doktori (1937). O‘rta Osiyo universitetining tabiiy geografiya kafedrasi professori, mudiri (1927-yildan). O‘rta Osiyo Gidrometeorologiya institutida konsultant va glyatsiologiya bo‘limining boshlig’i (1926-58). Ilmiy faoliyati O‘rta osiyo tabiiy geografiyasi va muzliklariga bag’ishlangan. Korjenevskiy O‘rta Osiyo muzliklarining dastlabki katalogini tuzgan (1930), 70 ga yaqin muzlik va cho‘qqilarni o‘rganib ilmiy adabiyotga kiritgan. Ustyurt platosi, Mo‘yinqum, Qirg’iziston tizmasi, Qorako‘l, Yashilko‘l, Sarez, Iskandarko‘l va Balxash ko‘llarini tadqiq qildi. Pomir va Tyanshanda 3 muzlik va Orqa Olay tizmasidagi cho‘qqi Korjenevskiy nomi bilan atalgan.

Foydalanilgan manbalar: