Avstraliyada "yuzi yo`q" baliq ushlandi 

2 336

 

Olimlar Avstraliya sohillari yaqinida "yuzi yo'q" bo'lgan antiqa baliqni tutib olishdi, deb xabar bermoqda Phys.org portali.


Typhlonus nasus deb nomlanuvchi, chuqur suv ostida yashovchi baliq ko'zga ega emas, uning og'zi esa tanasining pastki qismida joylashgan. Baliqning burun teshiklarini topish juda mushkul, suzgichlarini esa ko'rishning imkoni yo'q.


Ushbu tur ilk marotaba 1870-yilning o'rtalarida Challenger kemasi ilmiy ekspeditsiyasi tomondan ta`riflangan edi. Bu baliq 1873-yilda Papua-Yangi Gvineya sohillari yaqinida ushlangan, shundan keyin tadqiqotchilar bunday jonzotni boshqa uchratishmagan.


Olimlar baliqni 4 km. chuqurlikda tutib olishgan. Tutilgan antiqa suv jonzotining uzunligi 40 sm. ni tashkil qilgan. "Bu Yerning eng kam o'rganilgan sohalaridir. Baliqda go'yoki ikkita dum qismi borga o'xshaydi", deb aytgan Investigator kemasidagi ilmiy ekspeditsiya boshlig'i Tim O'Xara. Ekspeditsiya davomida Avstraliyaning sharqiy sohilbo'yida olimlar minglab dengiz jonzotlarini tutishga muvaffaq bo'lishgan. Ulardan aksariyati avval fanga ma`lum bo'lmagan antiqa jonzotlar bo'lib chiqqan. Jumladan, ular orasida bosh qismida yorug'likka ta`sirchan plastinalar bor bo'lgan baliq, uchta suzgichi bilan suv tubida turuvchi baliq aniqlangan. 

manba: kun.uz

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.