Dunyoning eng aqlli 10 jonivori 

5 083

Aksariyat odamlar jonivorlarni ongli mavjudot sifatida qabul qilishmaydi. Albatta, ular hisob-kitob qilish yoki inson ongining meta-kognitiv xususiyatlarini namoyon etishga qodir emas. Biroq ba`zi jonivorlar olimlarni intellektual ko'nikmalari bilan hayratga solishmoqda. "Don't Panic" nashri olimlar "aqlli" deb topgan jonivorlar ro'yxatini taqdim etdi. 
 
Dengiz sherlari
Tadqiqotlar dengiz sherlarining mantiqiy fikrlash xususiyatiga ega ekanliklarini ko'rsatdi. Bu ajoyib mavjudotlar ancha murakkab parallellarni amalga oshira oladi. Masalan, a = b va b = s bo'lsa, u holda a = s bo'lishi.
 
Babunlar
Babunlarning kognitiv xususiyatlari shimpanzening xuddi shu xususiyatlariga yaqin keladi. Bundan tashqari, boshqa jonivorlardan farqli o'laroq, babunlar hattoki stressni ham yenga oladi. 
 
Qo'ylar
Qo'ylarni ahmoq deb hisoblaganlar yanglishadi: bu jonivorlar keng qamrovli hissiyotlarni namoyon eta olishadi va atrof-muhitning o'zgarishiga tez moslashishadi. Bundan tashqari, qo'ylar ajoyib xotiraga ega.
 
Yenotlar
Olimlar topqirlik borasida birinchilikni yenotlarga berishdi. Ular murakkab ijtimoiy aloqalarni o'rnata olishadi va muayyan muammolarni hal qilish uchun yangi uskunalarni osonlik bilan o'zlashtirishadi.  
 
Kalamushlar
Ma`lum bir sharoitga moslashish borasida ularga yetadigani yo'q. Bundan tashqari ularning xotirasi yaxshi. Albatta, bu kemiruvchilar biz uchun juda yoqimsiz ko'rinadi, biroq ularning aqliy salohiyatlari yuqori baholanadi. 
 
Mushuklar
Mushuklarni itlardek o'rgatib bo'lmaydi, chunki ular o'z rivojlanish vektorlarini o'zlari tanlashni ma`qul ko'rishadi. Mushuk boquvchilar ularning maqsadga erishish borasida nimalarga qodir ekanliklarini yaxshi bilishadi. 
 
Burunduqlar
Hayron bo'lmang, bu kichik mavjudotlar ham ancha aqlli hisoblanadi. Shunchaki ularning intellekti faqat bir vazifani hal qilishga qaratilgan: yegulikni saqlash. Gap yegulik haqida ketganda, burunduqdan aqllisini topish qiyin. 
 
Fillar
Bu jonivorlar murakkab ijtimoiy vazifalarni bajarish va qayta ishlashda o'z miyalaridan foydalanishadi. Fillar — barcha jonivorlar orasida eng yaxshi xotira egalari hisoblanadi. Ular hattoki ma`lum bir ma`noda hamdardlik bildirishga ham qodir. 
 
Itlar
Itlarning aql salohiyati ularning nasliga bog'liq bo'lsa-da, umuman olganda, ular boshqa jonivorlarga nisbatan aqlliroq. Labrador va border-kolli kabi aksariyat itlar nasli juda qiziquvchan bo'lib, ular atrof-muhitdagi kichik o'zgarishlarni ham ilg'ay olishadi. Bundan tashqari, ularning hissiy intellekt darajasini ham inobatga olish zarur, zero aynan shu jihat ularni insonning eng sodiq do'stiga aylantiradi. 
 
Shimpanze
Ro'yxatimizga shempanze yakun yasaydi. Shimpanze nafaqat butun hamjamiyatga yordam berishda asboblardan foydalana oladi, balki atrofdagilarni manipulyatsiya qilishda ham o'z mahoratini namoyon etadi. Umuman olganda, aynan shempanze sayyoramizdagi eng aqlli jonivor hisoblanadi. 

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.