Tajovuzga uchrayotgan tabiat 

6 605

- Odamlar atrof-muhitdan "tortib oladigan” chuchuk suvning yetmish foizi qishloq xo‘jaligiga sarflanadi.
- 1 kilogramm shokolad ishlab chiqarish uchun 24 000 litr, shuncha shakar uchun 1500 litr suv kerak bo‘ladi.
- Yer yuzasining 38 foizi cho‘lga aylanish xavfi ostida.
- Oxirgi ellik yil ichida Kanadadagi doimiy muzliklar shimol tomonga 130 km siljigan, ya’ni qisqargan.
- 1980 yildan boshlab elektr energiyasining butun dunyo bo‘ylab iste’moli 7 300 dan 17 400 milliard kVt/soat ga o‘sdi.
- O‘n yildan so‘ng zaharli elektron chiqindilar hajmi 500 baravarga ortishi mumkin.
- Gavayi orollariga inson qadami yetgandan buyon bu yerda 71 turdagi qush yo‘q bo‘lib ketdi.
- Hozir Yer yuzida 17 turdagi pingvin yashaydi, ularning 12 xili tobora kamayib bormoqda.
- Moviy tunets balig‘ini ovlashdan tushadigan yillik foyda 7,2 milliard dollarni tashkil etadi. 1980 yildan buyon bu turdagi baliqlar 70 foizga kamayib ketgan. 2004 yili jonli organizmlarning yo‘qolib ketish darajasi hali inson tabiat ustidan hukmronlik qilmagan davrlarga nisbatan 100-1000 barobarga tezlashgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, bu ko‘rsatkich kelasi yigirma yil ichida 10 000 barobarga yetishi mumkin.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.