Suv bor joyda hayot bor! 

8 452

 Tabiatda eng ko‘p tarqalgan moddalardan biri suvdir. U kislorod va vodorod elementlaridan tashkil topgan. Suv yerdagi hayotning manbai, uni odamlar, hayvonlar, o‘simliklar ehtiyojlari uchun iste’mol qiladilar. Bundan tashqari odam undan turli maqsadlarda, ya’ni qishloq xo‘jaligi, sanoat ishlab chiqarishi, maishiy turmushda va boshqalarda ishlatadi.
 Inson ovqatsiz bir oygacha yashashi mumkin, lekin suvsiz bir necha kundan ortiq yashay olmaydi.
 Insonning keyingi davrlarda chuchuk suvga bo‘lgan talabi ortib bormoqda. Hozirgi vaqtda o‘rtacha yillik suv sarfi dunyo bo‘yicha 3,5 ming km.kubni tashkil etadi. Yer yuzidagi daryolarning yillik oqimi 50 ming km.kub. Ichimlik uchun yaroqli suv nihoyatda oz. Ular ham asosan doimiy qutb muzliklari hisoblanadi.
 Bizning Vatanimizda aholi jon boshiga o‘rtacha suv bilan ta’minlanishi 350-350 litr tashkil etadi. Toshkent shahri aholisi taxminan 700-800 litr sutkasiga suv ishlatadi. Yoz oylari ushbu ko‘rsatkich 1000 litrgacha etadi.
 Ichimlik suviga yildan-yilga talabning ortib borishi bilan birgalikda uning ifloslanishi ham ortib bormoqda. Sanoat va maishiy turmush chiqindilari, zaharli moddalar bilan daryolar ifloslanmoqda. Sanoat ishlab chiqarishi har yili 60 km.kub yaxshi tozalanmagan oqova suvlarni daryolarga chiqaradi. Natijada daryolarning 10% hatto rivojlangan davlatlarda 30% ortiq qismini ifloslanishiga sababchi bo‘ladi.
 0‘zbekistonda foydalaniladigan suvning 85% qishloq xo‘jalik maqsadlari uchun sarflanadi. Sug‘oriladigan yerlardan chiqadigan (mineral o‘g‘itlar, pestitsidlar bilan ifloslanadi) suvlarning daryolarga qo‘shilishi ularni ichishga yaroqsiz holga keltirib qo‘ymoqda.
 Chorvachilik fermalari, maishiy xizmat korxonalari, keyingi yillarda yer osti va yer usti suvlarini ifloslanishiga katta ta’sir etmoqda.
 O‘zbekistonda hozirda ifloslangan oqova suvlarni tozalovchi 600 dan ortiq turli inshootlar ishlab turibdi. Daryo suvlarining awalgidek, musaffo va chuchuk bo‘lishini ta’minlashning muqobil yo‘li ularga tushayotgan oqova suvlarni kamaytirish va butunlay to‘xtatish kerak. Shuningdek, chuchuk suvdan tejab-tergab, oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish lozim.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.