Toza havo - tanga davo 

12 836

  «Yashamoq - nafas olmoq».
«Tutunsiz kun - tutunsiz asr»
Gippokrat
«Agar havoda chang va tutun bo'lmasa, odam ming yil yashashi mumkin»
Abu Ali ibn Sino
 Havo nima o‘zi? Havo turli gazlardan tashkil topgan aralashma — azot, kislorod, karbonat angidrid, vodorod, suv bug‘lari va hokazolardir. Fanning aniqlashiga ko‘ra, havoning bunday tarkibi 50 mln. yildan ko‘proq vaqt barqaror bo‘lib keldi. Yer yuzini o‘rab olgan havoning vazni 5000 trillion tonnaga boradi; Yer kurrasidagi har bir jon boshiga 2,5 mln.t. havo to‘g‘ri keladi. Ekologik muvozanat buzilishi natijasida, keyingi 100 yil davomida 245 mln.t. yo‘qotildi, uning o‘rniga esa 360 mlrd.t. karbonat angidrid hosil bo‘ldi. Keyingi yillarda havoning tarkibida karbonat angidrid miqdori ancha ko‘paydi. Bu hoi sayyoramiz uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin, shundan iqlim o‘zgarishi o‘simliklardagi hayotiy jarayonlar, ya’ni ularning hosuldorligi kabilarda ko‘rish mumkin. Havoda ekologik muvozanat buzilishining asosiy sababi uning ifloslanishidir.
  Insonning tabiatga ta’sirining yangi bosqichi ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan bog‘liqdir. XX asrning birinchi yarmida yoqilg‘i yoqish natijasida atmosferaga 3 mlrd.t. kullar ajralib chiqqan bo‘lib, u bilan birga havo, tuproq va suvlarga 1,5 mln.t. mishyak, 1,2 mln.t. surma, rux va boshqa moddalar bilan ifloslandi.
  Bugungi kunda sayyoramiz bo‘yicha olimlarning hisob-kitobiga ko‘ra, har yili atmosferaga 250 mln.t. azot oksidlari (NO2), 300 mln.t. sulfit angidrid (S02) va juda ko‘p miqdorda karbonat angidrid(C02) og‘ir va suyuq havoda muallaq holdagi zarrachalar, shuningdek, million tonnalab boshqa kimyoviy moddalar chiqarilmoqda. Markaziy Osiyo hududlarida keyingi 20 yil ichida Orol dengizi qurishi munosabati bilan atmosfera ifloslanishing yangi manbai, ya’ni chang-tuz to‘zoni kelib chiqdi. Respublikaning shahar va qishloqlaridagi atmosfera havosining tarkibi bir xil emas. Qishloq, cho‘l, adir, tog‘li joylarda uning tarkibi shaharlardagiga nisbatan tabiiy holga yaqin. Shaharlar havosi esa zaharli moddalar bilan ifloslangan.
  Havoning ifloslanishi iqlimni o‘zgartiradi, o‘simliklarning o‘sishini susaytiradi, suvdagi tirik organizmlar hayot faoliyatini buzadi, bular o‘z navbatida Yer shari aholisining salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Havo barcha tabiiy jarayonlardan, zararli kosmik nurlardan tirik organizmlarni saqlaydi. Insonning hayot faoliyati havo muhiti bilan bevosita bog‘liq. Odam - biosferaning, ya’ni Yerdagi hayotni tashkil etuvchi barcha mavjudotlarning bir qismidir.
  Barcha mehnat jamoalari, turar joylarda shunday ahloq normalarini yaratish kerakki, bunda atmosfera havosini saqlash muhim ekanligini har bir kishi his etsin.
  Ana shunda bizning tabiat, havo o‘z tozaligini saqlaydi hamda hozirgi va kelajak avlodlarni quvnoq, farovon yashashi uchun xizmat qiladi.
  Sof, musaffo havo, kislorodning mo‘l-ko‘lligi: hayot, salomatlik, mehnat qilish qobiliyati va uzoq umr ko‘rish qudratli manbaidir. Kislorodsiz moddalar almashinuvi izdan chiqadi, yaxshi hayotni tasavvur etib bo‘lmaydi. Musaffo havo - bu hayot va sogiiq manbaigina emas, balki cheklanmagan miqdorda tabiat yetkazib berayotgan dorivor hamdir. Mana shuning uchun ham istiqomat va xizmat qilinadigan joylarda havo musaffo, toza bo‘lmog‘i kerak.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.