Cho`l va sahro - qo`rqinchli so`zlar 

7 186

  Bundan ham qo’rqinchlisi shuki, yaqin-yaqinda ham gullab turgan vohalar inson aybi bilan hayotdan nishona yo’q quruq cho‘lga aylanishi mumkin.
  Orol dengizining qurishi va sho’rlanishi inson faoliyati natijasidir. Sug‘oriladigan yerlaming ko‘payishi, sug‘orishda suvni tejamaslik, juda ko’plab suv omborlari va kanallarning qurilishi oqibatida Amudaryo va Sirdaryoning suvi Orol dengiziga etib bormaydigan bo‘ldi. Dengiz quriy boshladi. Ushbu jarayon asnosida dengiz atrofidagi yerlar sahroga aylandi.
 Qoraqalpog‘istonning butun hududi, 0‘zbekistonning Xorazm viloyati va Turkmanistonning Toshhovuz viloyatlarida havo quruq kelib, yozdagi o‘rtacha harorat ko‘tarilib ketdi. Qishning sovuq kunlari kamaydi - buning natijasida qishloq xo‘jaligi hosildorligi keskin kamaydi. Xorazm viloyatida suvni ko‘p iste’mol qiladigan sholi va paxta kabi ekinlarni yetishtirish qiyin bo‘lib qoldi.
  Orol dengizining qurigan tubida 3 million 600 ming gektar qum va tuzdan iborat cho‘l paydo bo‘ldi. Bu yangi sahroning Qizilqum va Qoraqumdan farqi shundaki uning sho’rligi tufayli bu yerda giyoh ham unmaydi.
  Bundan tashqari kuchli shamol va bo’ron quruq dengiz tubidagi million tonnalab tuzli changlami osmonga ko‘tarib yuzlab kilometr masofaga eltmoqda. Dengiz tubida shakllangan tuz va qumli moddalar janubga yo‘l olmoqda.
 Ushbu jarayon va chuchuk suv yetishmasligi hududdagi tabiiy ekologiya tizimini inqirozga yuzlantirmoqda.
  Tabiiy o‘simliklar o‘sadigan maydonlar qisqarib, yaylovlar kamayib ketmoqda. 800 ming gektar qamishzor qurib ketdi, daryolar o‘zanidagi to‘qayzorlar xafv ostida qoldi va 50 dan ziyod ko‘l butunlay quridi. Bu hudud tobora hayotsiz sahroga aylanmoqda. Ushbu jarayonni to‘xtatish zarur, buning yagona yo‘li - Orolni qutqarishdir.

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.