Orol - bizning aybimiz va kulfatimizdir 

6 123

 Balki kimlargadir Orol dengizi olisdagi bepoyon sahro o‘rtasida joylashgan, qaqragan va sho’rlagan suv havzasi, xaritadagi ko‘k dog‘dir.
 Qoraqalpoq xalqi uchun esa bu dengiz, ularning hayot manbai va taqdiridir. Orol dengizi Markaziy Osiyoning boshqa xalqlari - turkman, o‘zbek va qozoqlaming tarixi va kundalik hayoti bilan uzviy bog'liqdir.
  Bugungi kunda Orolni suv bilan ta’ minlab kelgan daryolar - Amudaryo va Sirdaryodan dengizga bir kubometr ham suv tushmaydi. Suv dalalarni sug‘orishga, tom ma’noda, qumga ketadi. Chorak asr davomida dengiz sathining balandligi 18 metrga pasaydi, hajmi esa yarmidan ham kam qoldi.
  Bir avlod hayoti davomida yer yuzidagi eng yirik ekologik falokatlardan biri yuzaga keldi. Butun mintaqa murakkab ekologik vaziyatga duch keldi. Tabiat va odamlar uch tomondan zarbaga uchramoqdalar: iqlim quruq va kontinental bo'lmoqda, yerning hosildorligi pasayib sho‘rlanmoqda, ichimlik suvining sifati keskin yomonlashmoqda. 
  60-yillargacha Oral mamlakatimizning yirik baliqchilik sohasini ta’ minlab turardi. Bugun Orol o'zining baliqchilik xo‘jaligini umuman yo‘qotdi, dengizning avvalgi qudratini qumga botgan, zanglab yotgan kemalar eslatib turadi. Hayvonlar hamda qushlar soni va turlari keskin qisqarib ketmoqda. Eng noyob sanalgan turon yo‘lbarsi yo‘q bo‘lib ketdi, oq qushlar, qizil g‘ozlar va qarqaralar yo‘qolib ketmoqda.
  Daraxtlar qurib ketmoqda, bog‘lar nobud bo‘lmoqda. Orol tubidan ko‘tarilayotgan tuzlar insonning nafas olish yo‘llariga tushib, bo’g’ma kasalligini keltirib chiqaruapti.
Orolbo‘yidagi odamlar va hayvonlar tez-tez og‘ir kasalliklarga chalinmoqda, chunki ular ichayotgan suvda minerallari ko‘payib ketgan. Ular chang va turli tuzlar bilan bulg’angan havodan nafas olishadi.
  Bunday baloning sababi nimada?
  Buning sababi Orol dengizida suv muvozanati buzilganidandir: suvning to’planishidan sarflanishi oshib ketgan. XX asrning ikkinchi yarmida sug‘oriladigan yerlar maydoni qariyb 2 barobarga oshdi, ko‘plab sug‘orish kanallari va suv omborlari baipo etildi, Orolga esa Amudaryo va Sirdaryodan umuman suv yetib kelmaydigan bo‘ldi.
  Yaqin kelajakda Orolning avvalgi hajmini tiklab bo'ladimi?
  Yo‘q, albatta, ammo insoniyat barcha imkoniyatlarini ishga solib dengizning qurish jarayonini to‘xtatib qolishi kerak. 
  Buning uchun nima qilish kerak?
  Kimdir Sibir daryolari suvini qisman Orolga burish kerak, deb hisoblaydi. Boshqalar esa Xorazm viloyati hududida sho’r yuvish uchun ishlatilgan suvni dengizga qaytarish va sug‘orishga mo‘ljallangan suvni qat’iy tejashning o‘zi kifoya, deb hisoblaydi.
 Ishonamizki, hali Orolni qutqarsa bo‘ladi va Orolbo‘yi xalqlari ona zaminlarida osoyishta hayot kechirishadi. 

plus  Foydalanilgan manbalar:

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.