Yuklanmoqda...

Olimlar havoni ifloslantiruvchi asosiy manba avtomobillar emas, degan xulosaga keldi. 

294

Olimlar havoni ifloslantiruvchi asosiy manba avtomobillar emas, degan xulosaga keldi.

Milandagi iqtisodiy forum qatnashchilari hisoblashiga qaraganda havoga chiqarilayotgan SO2ning yarmidan ko'prog'i va salomatlik uchun zararli bo'lgan qattiq zarrachalarning 30 foizini ichki yonuv dvigatellari emas, aholi yashash uylarining isitish tizimi chiqarib tashlaydi. Bu xabarni La Repubblica nashri tarqatdi, deb yozadi carzone.uz.
 
Hozirgi vaqtda Italiyadagi imoratlarning 56 foizi eng quyi G ekologik sinfga mansubdir. Uning yarmidan ko'prog'ini esa 40 yil ilgari qurilgan aholi yashash uylari tashkil etadi. Shahardagi uy-joylarning 75 foizi shunday toifaga mansubdir. Bundan tashqari maktablarning o'zini isitishga har yili Italiya 2 mlrd evro sarflaydi.
 
Milan texnika universiteti olimlari mamlakatdagi 20 ta yirik shaharning isitish tizimi yangilansa, havoga chiqariladigan zararli moddalar miqdori ikki barobar qisqarishini hisoblab chiqdi. Agar Milanning o'zidagi eski tizimlarning 10 foizi yangilansa, shaharni avtomobillardan olti hafta to'sib qo'yganchalik ekologik natija beradi.
 
Olimlar nega avtomobillardan ko'ra qozonxonalar chiqargan zararli moddalar miqdori ko'pligini izohladi. Gap shundaki, oxirgi 20 yil ichida avtomobillar avlodi yangilandi, ichki yonuv dvigatellari ekologik jihatdan xavfsizlasha bordi. Natijada ular chiqaradigan zararli moddalar miqdori 60 foizga qisqardi. Biroq uy-joylarni isitish tizimi zamonaviy texnologiyalarga o'tgani yo'q.
 
Eslatib o'tamiz, Yevroittifoq 14 yildan so'ng ichki yonuv dvigatelli avtomobillarni batamom taqiqlaydi.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.

Sharh qoldirish shakli

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив