"Suv! Sen nafaqat hayot uchun zarursan, balki hayotning o`zisan"
A.Sent-Ekzyuperi
Suv
sayyoramizning tabiiy boyliklari orasida alohida o‘rin egallaydi. Barcha
organizmlaming hayot faoliyati ularning tana a’zosi, to‘qima va hujayralaridagi
mavjud suv hamda ulami o’rab turgan suvga bog`liq.
Suvning
о ‘rnini hech narsa bosolmaydi, u jonii
va jonsiz tabiatni biriasntiruvchi muhim bo‘g‘imdir.
Suv
nafaqat atrofimizni qamrab olgan, balki tana a’zomizning 70 foizi suvdan
iboratdir. Butun koinot bo’yicha ham yer o’zidagi mavjid suvi bilan noyobdir.
Yer yuzining 70 foizidan ko'proq qismini suv egallagan. Uning 95 foizi dengiz
va okeanlarga to‘g‘ri keladi, 4 foizi esa Arktika va Antarktida muzliklariga va
faqat 1 foizi daryo va ко‘llar
suvidir. Yer
yuzidagi suvning umumiy miqdori o‘rtacha 2 mlrd. km.kubni tashkil qiladi.
Biz
suvni ichamiz, sepamiz va suvga sho’ng’iy turib uning qanchalik tanqisligini
tasavvur qilmaymiz, to’g’rirog’i, avval tasavvur qilmas edik. Endi bu
sayyoralararo fazoviy uchishlar tufayli aniq isbotlangan. Mars va Zuhroda faqat
suvning izlari topilgan.
Inson
hayoti uchun, ayniqsa issiq iqlim sharoitida yashovchilar uchun suv katta
ahamiyatga ega. Markaziy Osiyoda qadim zamonlardan suv eng katta boylik
hisoblangan. Ajdodlarimiz suvni Olloh tomonidan ato etilgan muqaddas narsa deb
bilishgan. Suvni hurmat qilishgan va avaylashgan. Suvni ifloslantirish katta
gunoh hisoblangan.
Inson
hayoti uchun zarur bo‘lgan chuchuk suv uncha ko‘p emas - u tabiiy suvlar umumiy
hajmining faqat 2,5 foizini tashkil etadi. Qolgan 97,5 foizi okean vadengizlar,
sho’rko‘llar, yer ostidagi tuzli suvlarga to‘g‘ri keladi. Chuchuk suvning
asosiy qismi (24 mln. km.kub) Arktika, Antarktida va Grelandiya muzliklariga
to‘g‘ri keladi.
Inson
o‘ylamay suvni isrof qilishi va ifloslantirishi natijasida uning o‘zi, hayvonot
vao‘simlik olami uchun zarur bo‘lgan tozaichimlik suvi kamayib ketyapti.
Hoziming o‘zida sayyoramizda 2 milliardga yaqin kishi toza ichimlik suvini
iste’mol qilishdan mahmmdir.
Hozirgi
kunda jamiyat ichimlik suvi yetishmasligi muammosiga duch kelmoqda. Ushbu
muammo bizning respublikamizda ham bor.
Bugungi kunda 0‘zbekiston aholisining
faqat 40 foizi toza suv iste’mol qilmoqda. Bu, asosan, katta shaharlar va tog‘
qishloqlari aholisidir. Ichimlik suvi tanqisligini, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston va respublikamizning
shimoliy viloyatlari aholisi boshdan kechirmoqda. Ushbu hududlarda suv juda
sho‘r. Murakkab va qimmatbaho texnologiyalarni qo‘llabgina suvni turli zararli
tuzlardan tozalash mumkin. Respublikamiz olimlari barchamizga toza suv yetkazib
berish, toza suvni kelgusi avlodlarga yetarli darajada qoldirish muammosi
ustida izlanishlar olib borishmoqda. Biz esa ichimlik suvi manbalari
cheklanganligi haqida unutmasligimiz va suvni tejashimiz lozim.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.