Ma`lumot qo`shish imkoniyati 

2 828

http://geografiya.uz veb-sayti orqali Internet tarmog`ida geografiya fanini o`qitish samaradorligini kuchaytirish, Internet foydalanuvchilarning mazkur fanga qiziqishlarini yanada oshirishdek mas`uliyatli vazifalarni ado etishga har birimiz hissa qo`shishimiz lozim. Veb-sayt ko`plab foydalanuvchilarining eng yaqin maslakdoshi va ko`makdoshiga aylana oldi. Endi foydalanuvchilar tomonidan saytga maqola, ma`lumotlar kiritish orqali geografiya fanini Internet orqali o`qitishni mazmunan boyitishga yordamlashuvchi ilmiy, pedagogik, psixologik, qiziqarli va dolzarb mavzularni qamrab oluvchi ma`lumotlarga alohida e`tibor qaratamiz. Siz bilan hamkorligimizni yanada mustahkamlash, veb-saytning o`qishliligini oshirish uchun ma`lumot qo`shish imkoniyatiga ega bo`ldingiz. Sizning tajribangiz, taklif va mulohazalaringiz, ilmiy, amaliy izlanishlaringiz bilan barcha foydalanuvchilarga (o`qituvchilar, o`quvchilar, talabalar va barcha qiziquvchillar) yaqindan yordam berishingiz mumkin. 
Qo`llanmani yuklab oling! QOLLANMA.pdf [441.7 Kb] (yuklab olingan: 50)
 
Eslatma: Veb-saytning maqsadi Internet tarmog'ining milliy segmentini rivojlantirish, foydali va yangi manbaalar miqdorini oshirish, yangi ma`lumotlar yaratish borasida barcha qiziquvchilarga sifatli manbaalarni ishlab chiqarish, ta`limning sifat va samaradorligini oshirishga xizmat qilishdan iborat.

TARAFLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Foydalanuvchi tomonidan yuklangan ma`lumotlar sayt ma'muriyati moderatsiyasidan o'tkaziladi. Sayt ma'muriyati tomonidan tasdiqlangandan so'ng, ma`lumotlar ko'rish uchun saytda ochiq bo'ladi. Sayt ma'muriyati quyida keltirilgan sabablarga ko'ra, ma`lumotlarni nashr qilish uchun tasdiqdan o'tkazmaslik huquqiga ega:
  • O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va Qonunlariga zid bo'lsa (zo'ravonlik va millatlararo nizo va boshqalarga da'vat etishga qaratilgan);
  • Normativ bo'lmagan leksikadan iborat bo'lsa;
  • Muloqotda ishtirokchilarni haqorat qilish;
  • Axloqiy va ijtimoiy qadriyatlarga zid bo'lgan, jumladan, pornografik, shahvoniy va odobsiz ma`lumotlar (odob-axloq qoidalariga zid) mavjud bo'lsa;
  • Sayt ma'muriyati ilgari nashr qilish uchun tasdiqlangan ma`lumotlarni o'chirish huquqiga ega.
  • Sayt ma'muriyati tomonidan kontentni moderatsiya qilish bo'yicha da'vo va shikoyatlar qabul qilinmaydi.
  • geografiya.uz saytida mualliflik huquqlarini poymol etuvchi materiallar nashr qilingan taqdirda, sayt ma'muriyati tomonidan materiallar huquq egasining murojaatidan so'ng o'chiriladi.
  • Ma`lumot joylashtiruvchi foydalanuvchi O`zbekiston Respublikasining "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida"gi Qonuniga qat`iy amal qilishi lozim. 
  • Ilmiy, pedagogik, psixologik, madaniy, shuningdek, sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi ma`lumotlar qo'llab-quvvatlanadi.
Ma`lumotlarni joylashtirishning texnik shartlari: 
  • geografiya.uz saytiga yuklanadigan ma`lumotlar avtorizatsiyadan keyin saytga joylashtiriladi. 
  • Ma`lumotlarga ilova tariqasida joylashtiriladigan rasmlar sifatli va hajmi 50 Kbaytdan oshmasligi lozim. 
  • geografiya.uz Ma'muriyati xizmatni texnik jihatdan qo'llab-quvvatlashi va Foydalanuvchilarning geografiya.uz dan foydalanish jarayonida yuzaga keladigan barcha masalalar bo'yicha murojaat qilishlari uchun oddiy muloqot usulini taqdim etadi. O`z navbatida, ma'muriyat bilan qayta aloqa vositasi faoliyat yuritadi. 
 
QO`LLANMANI YUKLAB OLING! QOLLANMA.pdf [441.7 Kb] (yuklab olingan: 50)   

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.