Qiziqarli dalillar 

6 744

• Temir 5000 daraja haroratda bug'lanib ketadi. 
• Saudiya Arabistoni davlati hududidan bitta ham daryo o'rin olmagan. 
• Gretsiya davlatining madhiyasi 158 usulda yangrashi mumkin. 
• Yapon olimlarining aniqlashicha, odamning tishi qanchalik ko'p to'kilsa, xotirasi shunchalik past bo'ladi.
• Indoneziya tarkibida 17 ming 508 ta orol mavjud.
• Dunyodagi eng iliq dengiz deb Qizil dengiz tan olingan. 
• Gugurt dastlab 1820 yillarda Yevropada paydo bo'lgan. Ammo u o'ta xavfli bo'lib, arzimagan ishqalanish oqibatida ham yonib ketishi mumkin edi. Hozirgi ko'rinishdagi, ya'ni havfsiz gugurt donachalari esa ilk marotaba 1855 yili Shveytsiyada ishlab chiqarilgan.
• Dunyodagi eng keng ko'cha Braziliyada joylashgan bo'lib kengligi 250 metrga boradi.
• Janubiy Amerika qit'asida okean bilan chegaradosh bo'lmagan ikki davlat mavjud. Ulardan biri Boliviya bo'lsa, ikkinchisi Paragvaydir.
• 1930-1931-yillarda sobiq ittifoq inqilobiy taqvimiga muvofiq, fevral oyi 30 kundan iborat bo'lgan. 
• Jahon internet to'ridagi eng katta oldi-sotdi portali esa www.eBay.com hisoblanadi. Mazkur saytning 168 mln. nafar foydalanuvchisi bor. 
• Dunyodagi eng toza suvga ega bo'lgan dengiz Antarktidadagi Ueddela dengizidir. 
• Evropa qit'asida odam yashamaydigan xilvat joyni topa olmaysiz. 
• Yaponiya taxminan 3900 oroldan tashkil topgan. 
• Mongoliya poytaxti Ulan-Bator dunyodagi eng sovuq poytaxt hisoblanadi. 
• Nauru rasmiy poytaxtga ega bo'lmagan yagona davlatdir. 
• Karib oroli davlatlari ichida temir yo'lga ega bo'lgan birgina davlat Kubadir. 
• AQShning 23 ta shtati okean bilan chegaradosh. 
• Er sharining 97 foiz suvi okeanlar hisobiga to'g'ri keladi. 
• Afrikadagi eng issiq davlat Tripoli hisoblanadi. 
• Janubiy Amerikadagi o'rmonlarning deyarli yarmi Argentinada joylashgan. 
• Rossiya dunyoda kinoteatrlar ko'pligi bo'yicha birinchi o'rinda turadi. 
• Andorra dunyodagi pochta xizmati tekin bo'lgan yagona davlatdir. 
• 672 raqami Antarktidaning xalqaro telefon kodi hisoblanadi. Garchi aholi doimiy yashamasa-da, ushbu muzliklar mamlakatiga ham telefon kodi ajratilgan.
• Oyda Mirzo Ulug‘bek nomidagi krater bor.
• Futbol to‘pining an’anaviy oq-qora ko‘rinishi u oq-qora televizion ekranlarda yaxshi aks etishi uchun o‘ylab topilgan.
• Sportning shaxmat va boks turlari qo‘shilishidan paydo bo‘lgan shaxboks o‘yini bo‘yicha jahon chempionatlari o‘tkazilib turiladi.
• 1849 yili senator David Atchison faqatgina 1 kunga AQSh prezidenti lavozimini o‘taydi, shunda u bu kunning asosiy qismini... uxlab o‘tkazadi.
• Misrda jala 200 yilda bir marotaba quyadi.
• Pyotr I ning bo‘yi taxminan 213 sm. ni tashkil etgan.
• Ochiq ko‘zlar bilan aksa urish mumkin emas.
• Ayollar erkaklarga qaraganda 2 marta ko‘p kiprik qoqishar ekan.
• Jazoirda "siyoh ko‘li” bor. Uning suvi bilan qog‘ozga yozsa bo‘ladi.
• Insonda 20 ta sut tishi bo‘ladi.
• Marsga hali inson qadami yetmagan bo‘lsa-da, ushbu sayyoraning o‘z bayrog‘i bor.
• Har yili 14 martda Pi kuni nishonlanadi. Amerika bu sana 3.14 (uchinchi oyning o‘n to‘rtinchi kuni) deb yoziladi.
• Boliviyada professional dengizchilar tayyorlaydigan maxsus maktab bor. Qizig‘i, Boliviyaning dengizga chiqish yo‘li yo‘q.
• Tennisning oyoqda o‘ynaladigan turi ham bor va u "futboltennis” deb ataladi.
Orifjon Madvaliyev

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.