Mongoliya haqida qiziqarli dalillar
Ushbu betakror mamlakat haqidagi ma’lumotlar siz uchun ham qiziqmi?
4. Ko‘pchilik insonlar osmondan yulduz uchayotgan payti tilak aytsa, uning amalga oshishiga qattiq ishonadilar. Mo‘g‘ullar esa qulayotgan yulduzni tez orda sodir bo‘lajak o‘lim timsoli deya ko‘rishadi. Shu sababli tilak aytish o‘rniga pichirlab duo qiladilar.
5. Mo‘g‘ullar juda ham irimchi xalq bo‘lib, agar birov boshqa bir insonning oyog‘ini bosib olguday bo‘lsa darhol uning qo‘lini ham siqib qo‘yishi kerak ekan. Yo‘qsa, ular bir-birlariga dushman bo‘lib qolishar emish. Aytganday, ularning aytishlaricha, yopiq bino ichida chalingan hushtak orqali inson o‘ziga xavf chaqirib olarkan.
7. Mongoliyaning eng mashhur joylaridan biri - Chingizxonning ulkan haykalidir. Uning balandligi 40 metrga teng bo‘lib, dunyodagi eng katta otliq haykal ham shu yerda, Mongoliya asoschisiga bag‘ishlab o‘rnatilgan.
9. Mo‘g‘ul oilalarida o‘g‘il dunyoga kelsa uning kuchli jangchi bo‘lishi niyat qiladilar. Sumoning asl vatani Yaponiya bo‘lsa ham, bu sport turida eng kuchli bo‘lgan insonlar mo‘g‘ullar sanaladi.
10. Hudud katta tarixga ega bo‘lish bilan birga rivojlanayotgan mamlakatlardan biri hamdir. Ayni paytda ushbu mamlakatning har to‘rtinchi fuqarosi internetdan faol ravishda foydalanadi.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.