Qaysi fan nimani o`rganadi? 

43 254

Arnitologiya– qushlarni o`rganuvchi fan.
Demografiya(yunoncha demos  - xalq, aholi) – aholining takror barpo bo`lishi qonuniyatlarini o`rganuvchi ijtimoiy geografik fan.
Fenologiya– yil fasllarining almashinishi va ob-havoning o`zgarishi munosabati bilan organic va anooqganik tabiatning mavsumiy o`zgarish borishini o`rganadigan fan.
Futurologiya– Yer va inson kelajagini ilmiy bashorat qiluvchi fan.
Geodeziya(lotincha geo – yer, dezis – o`lchayman) – Yer yuzasidagi o`lchash ishlarini o`rganadigan va shu yo`l bilan geodezik asboblarning tuzilishini, ishlatilishini, ishlatilishini hamda undan foydalanish yo`llarini o`rganadigan fan.
Geoikonika– Yer tasvirining umumiy nazariyasini va undan ilmiy amaliyotda foydalanishni o`rganuvchi fan.
Geologiya– planetamizning qattiq qatlamlari haqidagi fandir. Bu fan litosferaning tuzilishini, uni tashkil qiluvchi tog` jinslarining tarkibini va litosferaning ichida hamda uning ustida sodir bo`ladigan hodisalarni tekshiradi. Geologiya atamasini birinchi Norvegiyalik olim M.P.Esholt 1657-yilda fanga kiritdi.
Geomorfologiya– Yer sathi shakllarini, ularning hosil bo`lish yo`llarini, davrini o`rganadigan fandir. U relyefni tekshiradi va o`rganadi.
Gidrologiya– Gidrosferadagi suvlarni va ularning xususiyatlarni o`rganuvchi fan.
Glyatsiologiya– muzliklardagi suv boyliklaridan to`g`ri foydalanish uchun muzlik rejimini va tashqi va ichki jarayonlarini o`rganadigan fan.
Hiyonosfera– qor va muzliklarni o`rganadigan fan.
Limnologiya– Yer yuzidagi mavjud ko`llarning tuzilishini, xossalarini o`rganuvchi fan.
Litologiya– cho`kindi tog` jinslarini o`rganadi.
Paleogeografiya– Yer yuzasi tabiatining rivojlanish tarixini o`rganuvchi fan.
Paleontologiya– (paleo … va yunoncha ontos – jonzot va logos – so`z, fan, ta`limot) – o`tgan davrlardagi o`simlik va hayvonot olami, ularning rivojlanish qonuniyatlarini yerning tarixi bilan bo`g`liq holda o`rganadigan fan.
Petrografiya– tog` jinslari haqidagi fan.
Potomologiya– daryolarni o`rganuvchi fan.
Semiotika– kartografik belgilar sistemasini o`rganuvchi fan.
Siyosiy geografiya – ijtimoiy geografiyaning bir bo`limi bo`lib, jamiyatda siyosiy hayotning hududiy etilishi qonuniyatlarini o`rganadi. 
Talmatologiya– botqoqliklarni o`rganuvchi fan.
Tektonika– Yer ichida sodir bo`layotgan jarayonlar natijasida yer po`stida ro`y baradigan harakatlarni o`rganadi.
Topografiya– Yer yuzasining uncha katta bo`lmagan hududlarini yoki joylarini to`la to`kis o`rganish uchun geodezik asboblar yordamida plan va kartalarini yaratish usullarini va foydalanish yo`llarini o`rganuvchi fan.
Toponimika– geografik nomlarning paydo bo`lishi, rivojlanishi, o`zgarishi va to`g`ri yozilishini o`rganuvchi fan.

Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.