"Titanik"ning halokati: haqiqat va taxminlar
Dunyoga juda
ma’lum va mashur bo’lgan ushbu kema ixtirochisi Tomas Edryus eng dahshatli
halokat yuz bersa ham "Titanik” uch kecha-kunduz cho’kmasdan, suv yuzida
turishi mumkinligi haqida odamlarni ishontirgan edi. Ammo "Titanik”ning
okean bo’ylab birinchi va oxirgi safarining qatnashchisi sifatida salkam uch
ming sayyohlar ishtirokida o’zining bu fikri noto’g’ri ekanligini tan oldi…
Keling, hammasini bir boshidan hikoya qilaylik.
Keksa dengizchi Morgan Robertson
1896-yilning kech kuzi, yomg’irli oqshomida Londondagi nashriyotlardan biriga
tashrif buyuradi. Ishi unchalik yurishmasdan, inqiroz holatiga kelib qolgan
nashriyot xo’jayni kechki mehmonni yoqtirmasdan, unga eshikni lang ochib,”Behudalik”
nomli fantastik romanini bosib chiqarish to’g’risidagi taklifiga istar-istamas
rozi bo’ladi. Sobiq matrosning ushbu romanni juda ulkan bir kema halokati
to’g’risida yozilgan bo’lib, ushbu kitob 1912-yillning yozigacha nashriyotda
daraomad keltirmasdan kitob javonlarida chang bosib yotadi…
Belfastdagi Harlland and Uolt
kemasozlik kompaniyasi 1912-yil 2-aprelda XX asr fan va texnikasining katta
yutug’i va mo’jizasi, deb atalgan juda ulkan "Titanik” kemasini suvga
tushiradi. Uning qurilishiga
17 mingdan ko’proq ishchilar qatnashib, hozirgi narxda hisoblaganda bir yarim
milliard funt sterling mablag’ sarflanadi. Tagi qo’shqavatli, atrofi qalin
po’lat quyulmalar bilan himoyalangan, o’n oltita geometric suv o’tkazmaydigan
qurilmasi bo’lib, bir soatda 8 ming tonna suvni chiqarib tashlash qobiliyatiga
ega bo’lgan bu ulkan kemani hech kim cho’kib ketadi, deb o’ylamasdi. Bu boroda
uning ixtirochisi Tomas Edryusning fikri bilan yuqorida tanishdingiz.
Bu ulkan kemani Xudoning o’zi cho’ktirgani
qo’ymaydi,- deydi katta ishonch bilan safarga chiqish arafasida jurnalistlarga
qarata "Titanik”ning kapitani Edvard Jon Smit.Uch restoran, ikkita
oshxona, pivo bari, turk hammomi, gimnastika zali,otda sayr qiladigan manej,
tennis va golf maydonlari, bog’i, konsert zali va alohida telegrafi bo’lgan va
3300 kishiga mo’ljallangan "Titanik” kemasi kichik roq shaharchaga
o’xshardi.Shuning uchun ham uning chiptalari arzon emasdi. Birinchi toifa
kayutasining chiptasi 25 ming funt sterling tursa, kayutalyuksariniki 100-150
ming turardi.
"Titanik”
1912-yil 10-aprelda 2358 yo’lovchi bilan Angliyaning Sautgemptonidan
chiqib, Nyu-Nork sari yo’l oladi.
Yuqori palubada Britaniya va Amerika
aristoktarsarining nufuzli vakillari, umumiy mulki 100 miliard dollardan oshiq
bo’lgan 25 nafar millionerlar joy olishadi. ”Titanik”ning lyuks-kayutalariga
AQSH Prezidenti Taftning qo’riqchisi mayor Archi Batti yosh katta univermag
xo’jayini Straus rafiqasi Idoy bilan, Angliyaning taniqli publisti Uilyam Sted,
rassom Frank Mille, kema ixtirochisi Tomas Endryus, "Titanik” xo’jayini
Bryus Ismey va boshqalar joylashishadi.
Kemaning birinchi radisti Jon Fillips va
uning yordamchisi Gorald Brayd 14-aprel kuni kechqurun "katta yer” bilan
aloqaga chiqmoqchi bo’lib turishganida yaqindagi kemalardan birida to’satdan
"Ehtiyot bo’ling, Aysberg! Ehtiyot bo’ling, Aysberg!”, degan xabarni
eshitib qolishadi. Filipps bu haqda zudlik bilan kema xotini Bryus Ismey va
kapitan Smitga xabar qiladi. Bunday holda kemani janubroqqa burush yoki
tezligini pasaytirish zarur edi. Biroq kapitan kursni o’zgartirmasdan, tezlikni
pasaytirmasdan to’g’ri ketaverishga buyruq beradi. 14-aprel, soat 2330.
Kemaning old va yon tomonlariga negadir navbatchilar qo’yilmagan,
"Titanik”da kemaning oldini yoritadigan kuchli yoritkich (projector)
qo’yish ko’zda tutilmagan.Kema nazoratchilari Hilari Frederik Flit va Redjinald
Li sovuq tunda qaltirab, oldinga, qorong’ulik tomon tikilishadi. Ularga binokl
berishmagan, lekin shunday bo’lsada, oysiz tunda ular oldindan ko’z
uzishmaydi. Ehtimol, shu sababli ular "Titanik”ning yon tomonlariga yaqin
kelib qolgan muz qoyalari va ro’paradagi muz uyumlarini oldindan ko’rishmaydi.
Bu paytda kema 22,5 uzel (soatiga 45 kmdan ko’proq) tezlik bilan ketayotgan
edi.
Soat 23.40. Flit "Titanik”dan 400
metrcha oldinda ulkan muz qatlamini ko’rib qoladi.”Kurs bo’yicha to’g’rida Aysberg!”
qichqiradi u va uch marta qo’ng’iroq chaladi. Katta ofiser Uilyam Meerdok
"Chapga, chapga bur!” deya shoshilinch buyruq berib, kemaning mashina
qismiga qarata "Orqaga, orqaga!” deya qichqiradi. Keyinchalik ma’lum
bo’lishicha, ana shu noto’g’ri buyruqlar berilmasa, "Titanik” ulkan muz
qatlamiga urilib, nari borsa kemaning old qismi jiddiy shikastlanib, to’qnashuv
tufayli ko’plab kishlar jarohatlanishi, lekin kema cho’kmasdan omon qolishi
mumkin edi. Ammo buyruq berilib bo’ldi. Buyruq bo’yicha kema buriladi va
shu sababli muz qoyasi kemaning old tomoniga emas, "Titanik”ning o’ng
tomoni, pastki qismiga zarb bilan uriladi. Kemaning tashqi qatlami 100 metr
uzunlikda konserva qutisidek kesilib, palubaga muz bo’lakchalari yomg’iri
yog’iladi. Bo’layotgan voqealariga hali tushinib yetmagan, oldinda ularni
qanday halokat kutayotganini xayoliga keltirmagan yo’lovchilar bir–birlariga
muz bo’lakchalarini otib o’ynashadi, ayrimlari esa o’zlari ichayotgan
ichimliklarga muz parchalarini tashlab, uni sovutmoqchi bo’lishadi..
Xullas, kemada ko’tarinki kayfiyat
hukumron edi …
Shu orada halokatning oldi olinganday
bo’ldi. Buroq kemaning isitish bo’linmasiga kirgan kuchli suv oqimi o’t
yoquvchilarning ustiga yopiriladi. Ikki minutdan so’ng kemanning bir qismi muz
aralash suvga to’ladi. Kemaga kuch bilan suv kirishi davom etar va kema
qismlarini birin ketin to’ldrib, 3-toifadagi kayutalargacha yetib keladi. Kema
10 daqiqa ichida 3 ming tonnadan oshiqroq suvni "yutib”, uning
mexanizmlari birin – ketin ishdan chiqa boshlaydi. Biroq radistlar halokat
to’g’risida xabar tarqatishmas, buning uchun ularga hozircha tegishli buyruq
berilmagan edi. ”Titanik”ning halokati to’g’risidagi SOS xabarini
birinchilardan bo’lib, "Frankfurt” va "Karpatiya” kemalari eshitishadi.
Kema ixtirochisi Tomas Edryus uni ko’zdan kechirib, o’z mehnati mahsuliga o’lim
hukmi chiqaradi: ”Uch soatga qolar qolmas kema g’arq bo’ladi” deydi u afsus
bilan.
Soat 00:15. Suvga
birinchi qutqaruv qayiqlari tushiriladi. Ular bor yo’g’i 20 dona. Demak,
yo’lovchilarning ko’pi bilan uchdan birini qutqarish mumkin. Lekin bunga
kemadagi vahima va shoshma – shosharlik o’z ta’sirini o’tkazdi.Shu
sababli ham birinchi qayiq 65 kishi o’rniga 28 kishini olib tezda jo’nab
qoladi. Ikkinchisi 20 va uchunchisi 12 kishi bilan ketib qoladi.
Soat 01:00. Kemada qo’rquv va vahima
avjiga chiqadi. Shu sababli qayiqlarga oldin ayollar va bolalarni tushurish
uchun harbiylar, hatto qurol ishlatishga ham majbur bo’lishadi. Biroq, faqat
o’z jonini o’ylovchi, qo’rqoq va nomardlar oldin qochishadi. Masalan,
"Titanik” xo’jayini Bryus Ismey o’zidan oldin qutqaruv qayig’iga
chiqayotgan bolali ayolni suvga itarib yuborib, birinchi qayiq bilan jo’nab
qoladi. 1908-yilgi olimpiadaning qilichbozlik musobaqasi bo’yicha chimpioni,
millioner Kosa Daff Grdon uchunchi qayiq boshqaruvchilarini shoshiltirib,
o’zining jonini tezroq qutqazish maqsadida ularga katta pul va’da qilib, 65
kishi o’rniga 12 kishi bilan suzib ketadi. Lekin hamma ham bunday
qilmaydi.Kemadagi ko’pchilik ajal yaqinlashib qolganiga qaramasdan,
oliyjanoblik qilib faqat o’zini o’ylamasdan, ajal changalidan boshqalarni ham
tezroq chiqishiga yordamlashadi. Masalan, millioner Isidor Straus qayiqqa
o’tirish to’g’risidagi taklifni qat’iy rad etib, o’zining o’rniga begona ayolni
o’tqazadi. Hayratlanarlisi shuki, cho’kayotgan kemaga uning xotini Ida Straus
ham qaytib chiqib, eridan bir qadam ham jilmay, uning yonida hayot bilan
vidolashadi. Amerikaning o’sha paytdagi eng boy kishisi 47 yoshli Jeykob Jon
Astor ham qayiqqa o’tirgach, qayiqqa sig’may qolgan bolali ayolni ko’rib qolib,
unga joy beradi va qayiqdagi xotini bilan quyuq xayirlashib, "Titanik”ka
qaytib chiqadi va kema bilan okean qa’riga g’arq bo’ladi. Shuningdek, kemadagi
millionerlardan Artur Reyson, Frensis Millet, Klarens Mur va mayor Archi Vatt
xotinlarini qutqaruv qayig’iga tushirib, hech narsa bo’lmaganday, bamaylixotir
kemaning chekish xonasiga yo’l olishadi va u yerda kema ixtirochisi Tomas
Endryusni so’ngi marta ko’rishadi. Shunisi hayratlanarliki, kema va shu kema
bilan o’zlari ham halokat sari borishayotganini bilgan holda ekipaj a’zolari va
kema xizmatchilari o’z vazifalarini sidqidildan vijdonan bajarar, hech kim ish
joyini tashlab ketmas edi. Jumladan, kema kuzatuvchilari xushmuomilalik bilan
yo’lovchilarga murojaat qilar, ularga qutqaruv kiyimlarini kiyishga
yordamlashar, ko’mirchilar, o’t yoquvchilar, machinist va mexaniklar hech narsa
bo’lmagandek, bemalol o’z ishlarini davom ettirishardi. Kema orkestri derijyor
Uolles Xartli boshchiligia kema halokatiga 20 minut qolguncha musiqa chalishni
davom ettirib, shu zaylda kema bilan birga halok bo’lishadi.
Soat 01.00. Suvga yana 11 ta
qutqaruv qayiqlari tushiriladi. Endi ular deyarli to’lib ketardi. Biroq, kemada
yana 1600 kishi bor.Ularning faqat yuzga yaqinini qutqarish mumkin.
Soat 02.00. "Titanik” 45 gradusga
egilib qoladi va kema po’latlari yuqori bosimga chidash bermay, qozon qismida
kuchli portlash yuz beradi. Kema bo’laklarga bo`linib ketib, uning old qismi
600 metr chamasi otilib ketadi. Orqa qismi esa suv ustiga esa 20 qavatli uy
baravari ko’tarilib, so’ngra cho’kib ketadi.
Soat 02.20. Muz aralash tubsiz
suvlik o’z zamonasining eng ulkan, eng katta va eng qimmat turadigan, XX
asrning mo’jizasi hisoblangan "Titanik” kemasini yutib yuboradi…
"Titanik halokatidan 3 soat keyin
voqea joyiga yetib kelgan "Karpatiya” kemasi 18 – aprel kuni mahalliy
vaqti bilan soat 9.00da halokatdan omon qolgan yo’lovchilar bilan
Nyu-York portiga yetib keladi.
May oyida jahon ommaviy axborot vositalari
Londonda "Titanik” halokatiga bog’liq sud bo’lib o’tayotganligini xabar
qilishadi. Tergov jarayonida aniqlanishicha, "Titanik”da bo’lgan 2358
kishidan 868 nafari qutqariladi. Ulardan 202 nafari birinchi toifali kayuta
yo’lovchilari bo’lsa, 114 nafari ikkinchi va 325 nafari uchinchi toifali kayuta
yo’lovchilari bo’lishgan.Qutqarilganlarning mutloq ko’pchiligi ayollar va
bolalar bo’lib, erkaklar 79 nafarni tashkil etgan.Sud yuzdan ortiq guvohlarni
so’roq qilishi natijasida "Titanik” halokatining asosiy sababi uning
tezligi, degan xulosaga keldi.Shu bilan bu halokat tarixiga nuqta qo’ysa ham
bo’lardi.Lekin ushbu tarix bilan shug’ullanuvchi bir qator mutaxassislar bunga
shoshilishmayapdi…
Xuddi shu yerda
hikoyamizning boshida aytilgan keksa dengizchi Morgan Robertsonning
"Behudalik” romani to’grisida batafsilroq so’z yuritishga
o’shaydi.”Titanik” halokatidan 16 yil oldin bosmadan chiqqan ushbu kitob kema
halokatidan so’ng bir ikki oy ichida son – sanoqsiz nusxada qayta -qayta chop
etilib, butun dunyoga tarqalib ketdi.Chunki romanda "Titanik”ka o’xshash
"Titan” nomli juda ulkan kema birinchi safaridayoq katta muz qatlamiga
urilib, suvga cho’kib ketib, 1500 nafar kishilar hayotiga zomin bo’lganligi
qiziqarli tilda hikoya qilinadi.
Shunisi qiziqki, kitobdagi
"Titan” bilan hayotdagi "Titanik”ning deyarli hamma belgilari bir –
biriga juda mos keladi.Halokat joyi – Shimoliy Atlanta, vaqti aprelning
o’rtalari. Hatto kemalarning texnik ko’rsatgichlari ham bir – biridan juda kam
farq qiladi. O’zingiz o’ylab ko’ring, kitobdagi "Titan”ning uzunligi
hayotdagi "Titanik”dan bor yo’g’i 9 metr qisqa bo’lsa, eni 0.8 metrga farq
qiladi, xolos.Kemalarning maksimal tezligi esa bir xil – 25 mil. Va nihoyat
”Titan”ning motori 50 ming ot kuchiga ega bo’lsa,” Titanik”niki 55 ming ot
kuchiga ega bo’lgan. Ularning suv sig’im quvvati ham deyarli bir xil
(kitobdagisi 60 ming tonna, hayotdagisi 66 ming tonna) bo’lgan. Shunisi
qiziqki, keksa dengizchi Robertson o’z kitobida 16 yildan so’ng safarga
chiqadigan kemaning ichini butun mayda – chuydalarigacha batafsil ko’rsatadi.
Jumladan, unda 765 ta kayuta mavjudligi (muallif faqat uchtaga adashgan)
baseynlar, otda sayr qiladigan manej, tennis kortlari va bog’lar. Kitobda qayt
etilishicha, "Titan”da Yevropa va Amerikaning eng badavlat kishilari
safarga chiqishadi va buning uchun ular sarflangan mablag’larining cheki
bo’lmaydi. Ajabo, o’xshashlikni qarang …
"Titanik”ning halokatidan so’ng uning
sabablari to’g’risda faraz va taxminlar juda ko’payib ketdi.Uning ayrimlariga
to’xtalamiz.
"Ishonch bilan aytish mumkinki,
"Titanik”ning halokati boshqa kema kompaniyalarining asosiy raqobatchini
yo’ldan olib tashlash borasidagi sodir etilgan katta jinoyatchidanboshqa narsa
emas.Raqiblar "Titanik” kema kompaniyasidagi bir qator mansaborlarni sotib
olib, kema halokatini tashkillashtirishgan”, deydi nemis jurnalisti Volf
Shneyder. Lekin kompaniya mansabdorlarning sotilgani to’g’risida hech qanday
dalil – isbot topgan emas.shu bilan birga Sneyderning fikri ham asossiz emasga
o’xshaydi.Chunki XX asrning boshlarida juda ko’p kema halokatlari sodir
etilgan.Masalan, 1904-yil 15-iyunda sayohatchilar uchun mo’ljallangan
"General Slokum” kemasi Nyu-York yaqinida halokatga uchrab, kemada yong’in
chiqadi va 1030 kishi halok bo’ladi.Natijada yo’lovchilar tashish
bo’yicha kema transportining obro’si yanada tushib ketadi.Ana shu obro’ni
ko’tarish, suv transportiga yo’lovchilar ishonchini oshirish uchun qulay, keng,
katta va tezyurar kema zarur bo’lib, "Titanik” ana shu borada boshqalarga
o’rnak bo’lishiga mo’ljallanayotgan edi. Shu tufayli tabiiyki, uning ham
dushmanlari yo’q emasdi.Shneyderning yozishicha, qorong’u tunda, ko’plab
muzlik qoyalar qalqib turgan hududga, binoklsiz kema kuzatuvchisi bilan juda
katta tezikda kirib kelish va besh marta ogohlantirilgandan so’ng ham tezlikni
pasaytirmaslik dushmanlarga sotilgan shaxslarning jinoyatidan boshqa narsa
emas. Bulardan tashqari, "Titanik” jo’nashiga sanoqli daqiqalar qolganda
50 nafarga yaqin nufuzli yo’lovchilar turli arzimas bahonalar bilan undan
shoshilinch ravishda tushib qolganligi, ushbu kemani halokati to’g’risidagi
chaqiriqni birinchi bo’lib qabul qilgan va unga yaqin turgan "Frankfut”
kemasi kapitani, "Kutinglar, hozir yetib boramiz”, deb javob bersada,
yordamga kelmaganligi yoki ayrim yo’lovchilar kema halokatga uchrab, qutqaruv
ishlari davom etayotganda ularning kemasi yonidan chiroqlarini o’chirib bir
kema (ayrmlar uni "Frankfurt” deyishmoqda) to’xtamasdan o’tib ketganligi,
"Titanik” halokatining haqiqiy sabablarini aniqlash bo’yicha ayrim
davlatlarning 90 yildan buyon qilayotgan urinishlari turli to’siqlarga uchrab,
bu boradagi ishlar ketma- ket to’xtatilayotgani, bularning hammasi bu halokat
orqasida qandaydir sir borligini bildiradi.Vaqt oliy hakam deydilar.Vaqti
kelib, XX asr fan texnikasning ulkan yutug’i hisoblangan "Titanik”
kemasi halokating haqiqiy sabablari aniqlanib, hozircha ochilmay turgan
sirlardan jahon jamoatchiligi voqif bo’ladi, degan umiddamiz.
Maqolani foydali yoki qiziqarli deb hisoblasangiz ijtimoiy tarmoqlardagi do`stlaringizga matnni belgilab tavsiya qiling!
Agarda Siz maqolada xatoni uchratgan bo'lsangiz, unda xato matnni belgilab, CTRL + ENTER klavishasini bosing va sayt ma'muriga xabarnoma jo'nating.